O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə36/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Vijdon erkinligi- har bir inson o`zi hohlagan diniga e'tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmasligi va dinga nisbatan betaraf bo`lishi, shuningdek, dinga qarshi bo`lishligi bilan ifodalanadi. Bu xudoning borligini yoki yo`qligini e'tirof etish bilan bog`liq.
1998 yil 30 aprelda (yangi tahrirdagi) "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida" gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bu hujjat O`zbekistonda shaxs erkinligini haqiqiy ma'noda ta'minlovchi qonun akti bo`lib, vijdon erkinligini amalga oshirish borasida yangicha tartib qoidalarni belgilab berdi. Ushbu qonuning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e'tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat'i nazar, fuqarolarning tengligini ta'minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat.
Vatanimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida" gi qonunda har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e'tiqod huquqi, dinga munosabati, fuqarolarning tengligi, diniy tashkilotlarning faoliyati demokratik va huquqiy davlat qurish tamoyillari nuqtai nazaridan aniq chizgilar berilgan.
Ushbu qonunning 3-moddasida fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi mustahkamlangan bo`lib, vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Fuqaro o`zining dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta'lim olishga o`z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo`l qo`yilmaydi.
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o`qitishga yo`l qo`yilmaydi.
Dinga e'tiqod qilish yoki o`zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta'minlash uchun zarur bo`lgan darajadagina cheklanishi mumkin.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy e'tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar.
O`zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo`l qo`yilmaydi.
Qonunning 5-moddasida diniy tashkilotlarga quyidagicha ta'rif berilgan: O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e'tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko`ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o`quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e'tirof etiladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə