O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Shaxsiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə32/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

3. Shaxsiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari
Yashash huquqi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 3-moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlari mustahkamlangan. Shuningdek, fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro Paktning 6-moddasida "Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Bu huquq qonun tomonidan himoya qilinadi. Hech kim o`zboshimchalik bilan hayotdan mahrum qilinishi mumkin emas" deyilgan.
Inson – bioijtimoiy mavjudot bo`lib, tabiat mahsuli sifatida biologik tirik organizm hamda jamiyat mahsuli sifatida shaxs bo`lib shakllanadi. Yashash huquqi aynan insonlarning biologik mavjudligini saqlashga bo`lgan huquqidir.
Shu bois huquq tomonidan qo`riqlanadigan ijtimoiy qadriyatlar qatorida inson, uning shaxsi bilan bog`liq xususiyatlari ijtimoiy ma'noda tengi yo`q, biologik ma'noda takrorlanmas, tabiat va jamiyat ijodining mahsuli sifatida markaziy o`rinni egallaydi. Insonning har qanday tirik mavjudotlar kabi fizilogik va psixologik tuzilishi, ayniqsa, uning jamiyat hayotidagi ishtiroki, ijtimoiy munosabatlarning yaratuvchisi va ishtirokchisi, subyekti ekanligi bois ham uinng hayoti oliy darajada muqaddas hisoblanadi hamda u muhofaza qilinadi.5
Har bir insonning yashash huquqi o`z navbatida tabiiy huquqlar qatoridan joy olib, uni ta'minlash uchun davlat tomonidan:

  • - har bir insonning hayoti xavfsizligini kafolatlovchi qonunchilik tizimini shakllantirish;

  • - insonning biologik mavjudligini saqlab qolish uchun yetarlicha iste'mol mahsulotlari (oziq-ovqat) bilan ta'minlash choralarini ko`rish;

  • - ekologik toza atrof tabiiy muhitni yaratish;

  • - sog`liqni saqlash tizimini mustahkamlash va rivojlantirish kabi muhim tadbirlarni amalga oshirilishi kerak.

Yashash huquqi kafolatlarini ta'minlash maqsadida davlat tomonidan fuqarolarning sog`lig`ini saqlashga jiddiy e'tibor berilmoqda. Uning uchun sog`liqni saqlashning yagona tizimi yaratilgan bo`lib, bu tizim sog`liqni saqlash sohasidagi qonunchilikni ham o`z ichiga olgan.
O`zbekistonda sog`liqni saqlash hamda onalik va bolalikka katta e'tibor berilmoqda. Buning uchun qator davlat dasturlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilgan. Ularning asosiy vazifasi bolalar o`limining oldini olish, ekologiyani yaxshilash, jismoniy va sog`lom avlodni ustirish, onalik va bolalikni himoya qilish uchun zarur shart –sharoitlarni yaratishni ko`zlaydi.
Insonlarning yashash huquqini ta'minlash va muxofaza qilish jinoyat huquqi qonunchiligida rivojlantirilib, unda inson hayotini muhofaza qilishga doir o`nlab jinoiy huquqiy choralar tizimi mustahkamlangan. Undin tashqari jinoyat huquqi qonunchiligida avf etish instituti ham mavjud.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə