O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə40/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

5. Iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari
Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari ichida iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar muhim rol egallaydi.
Bular inson hayotining eng muhim jabhalarida, jumladan, mulkdor bo`lish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish, dam olish, ijtimoiy ta'minot olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish va ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat, yutuklaridan foydalanish huquqlaridir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida, ya'ni “Xar bir shaxs mulkdor bo`lishga xaqli. Bankga qo`yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi” deb belgilangan.
Mulk huquqi har kimning o`ziga tegishli mol-mulk o`z hohishiga ko`ra, o`z manfaatini ko`zlab egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishni anglatadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi hamda yer va boshqa tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish zarur. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyannig 55-moddasida ko`rsatilganidek, ular davlat muhofazasidadir.
Sobiq Ittifoq davrida davlat monopoliyasi hukmron bo`lgan barcha moddiy va nomoddiy ne'matlar xalk mulki deb hisoblangan, aslida esa uning egasi davlat edi. Usha davrda xom ashyo tarqatish, ishlab chiqarish jabhalari hammasi davlat tomonidan rejalashtirilgan. Shu rejalar asosida moddiy boyliklar iqtisodiy va madaniy rivojlanishni har bir korxona uchun davlat rejalashtirib bergan. O`sha davrda shaxslar xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanishi umuman man etilgan edi. Chunki, bu sotsialistik ishlab chiqarish prinsiplariga to`g`ri kelmas edi. Konstitutsiyada fuqarolarning shaxsiy mulklarining obyekti deb ularning mehnat jamg`armalari, turar joylari, uy-ruzg`or buyumlari, yordamchi xo`jalik asMAVZU-uskunalari va shaxsiy buyumlari tan olinar edi.
Mulk huquqiga oid konstitutsiyaviy normalarni rivojlanishi uchun va uning huquqiy mexanizmini yaratishga dior bir qancha qonunlar qabul qilindi “Mulkchilik” to`g`risidagi, “Fuqarolik kodeksi”, “Ijara to`g`risida”gi, “Valutani tartibga solish to`g`risida”gi, “Qimmatli qog`ozlar va fond birja lari to`g`risida”gi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolati to`g`risida”gi “ Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi va boshqalar shular jumlasidandir.
O`zbekiston Respublikasida ayni vaqtda mulkning xususiy va ommaviy (davlat) shakllari mavjud va bular bir xilda kafolatlanadi.
O`zbekiston Respublikasida barcha mulkdorlarning huquq va erkinliklari himoya etiladi. Mulkning barcha shakllari daxlsiz va qonun bilan qo`riqlanadi. O`zbekiston Respublikasida jamg`arma, omonatlar barcha tijorat banklari tomonidan qabul qilinishi mumkin.
O`zbekiston respublikasida bank omonatchilari bo`lib, O`zbekiston Respublika fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar hisoblanadi. Bank omonatining sir tutilishi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlanganidek, insonlarning iqtisodiy huquqlari sirasiga kiradi. Bank tomonidan omonat sirlari saqlashga oid munosabatlar O`zbekiston Respublikasini “Bank va bank faoliyati to`g`risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.
Fuqarolarning mulklari davlat ehtiyojlari uchun, faqatgina qonunda belgilangan asoslarda va tartibda barcha xarajatlarini koplash sharti bilan olinishi mumkin. Mulkdor fakat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
O`zbekistonda har bir inson meros qoldirish huquqiga ega ekanligi O`zbekiston Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanadi.
Meros ikki yo`l bilan qonun va vasiyat yo`li bilan qoldiriladi.
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi 1120-moddasida “har bir shaxs o`z mulkini to`laligicha yoki mulkning ma'lum bir qismini bir kishiga yoki davlatga yohud o`zini-o`zi boshqarish organlariga meros qoldirishi, o`zining vasiyatnomasini har qanday vaqtda o`zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin” deyilgan. Davlat vasiyatnomaning sir tutilishi kafolatlaydi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37- moddasida “Xar bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə