O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə42/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi- deganda shaxslarga maxsus tibbiy bilimlarga ega malakali shifokorlar yordamida tibbiyot muassasalarida yoki tibbiy xizmat ko`rsatish mumkin bo`lgan joylarda maxsus kerakli tibbiy yordam olish bilan ifodalanadi.
O`zbekistonda har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 40-moddasi).
“O`zbekiston Respublikasi fuqarolari sog`liqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar fuqarolarning sog`lig`i saqlanishini ta'minlaydi. Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qat'i nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi” deb mustahkamlangan “Fuqarolarining sog`lig`ini saqlash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi qonunining 13-moddasida.
Fuqarolar sog`liqini saqlash huquqi quyidagilarda nomoyon bo`ladi:
1) fuqarolarning sog`liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta'minlash;
2) fuqarolarning sog`lom turmush tarzini shakllantirish;
3) davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog`lig`ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Mamlakatimizda fuqarolarning sog`lig`ini saqlashning davlat tomonidan belgilangan asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- sog`liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
- aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo`la olishi;
- profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi;
- sog`liqini yo`qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi;
- tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi.
O`zbekiston Respublikasida sog`liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari yig`indisidan iborat yagona sog`liqni saqlash tizimi amal qiladi.
O`zbekiston Respublikasida bu sohada, shuningdek, “OITS bilan kasallanishning oldini olish to`g`risida”gi qonun, “Aholining sil kasalligidan muhofaza qilish to`g`risida”gi qonun, “Davlat sanitariya nazorati to`g`risida”gi qonun, “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to`g`risida”gi qonun va ular asosida qabul qilingan boshqa huquqiy xujjatlar muhim o`rin egallaydi.
Shaxsning barkamol bo`lishida bilim olish huquqi katta ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.» deyilgandir.
Ta'lim- bu davlat tomonidan qat'iy o`rnatilgan ta'lim me'yorlarini o`rganish bo`lib, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari yo`lida, aniq maqsadga qaratilgan ta'lim tarbiya jarayonidir.11
Ta'lim inson turmush tarzining ajralmas elementidir. Unga nafaqat moddiy jihatdan ta'minlanish vositasi, balki salomatlik hamda jamiyat hayotida muntazam ishtirok etish vositasi sifatida ham qaraladi. Ta'lim har qanday rivojlangan jamiyatning asosi hisoblanadi. Madaniyat ta'limsiz mavjud bo`lmaydi. Bu jamiyatda adolatsizlik va tengsizlikni bartaraf etishning vositalaridan biridir.
O`zbekiston respublikasi qonunchiligida xususan, 1997 yil 29 avgustdagi “Ta'lim to`g`risida”gi qonunda bilim olish huquqi jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O`zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanishi mustahkamlangan.
Qonunga ko`ra ta'limning quyidagi turlari mavjud: maktabgacha ta'lim; umumiy o`rta ta'lim; o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim.
Bilim olish huquqi:
davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish;
ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o`qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to`lov evaziga kasb-hunar o`rgatish;
barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o`quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo`lishi;
oilada yoki o`zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o`tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o`tish huquqini berish orqali ta'minlanadi.
“Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, iloji bo`lsa oldin tarbiya, so`ngra ta'lim berilishi lozim.Uyda, oilasida yaxshi tarbiya ko`rgan bola ixlos va ishonch bilan ta'lim olishga, ilm-fanni o`rganishga intiladi.
Agar yoshlarda ma'naviy kamolot zarur bo`lsa, ularda ishtiyoq sust bo`ladi. Ana shularni hisobga olib, Forobiy avval yoshlarni tarbiyalab, mehnat qilishga va kasb-hunarni o`rgatib, keyin ta'lim berish lozim.”12
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida umumiy ta'limni davlat tomonidan bepulligi kafolatlab qo`yilgan. Bu esa bir tomondan aholining ta'lim olshga bo`lgan ijtimoiy ehtiyojini qondirishda bosh huquqiy asos va ancha insonparvar, demokratik xususiyat kasb etadi.
Jahonda sanoqli davlatlarda mavjud bo`lgan kadrlar tayyorlash sohasida maxsus dastur, ya'ni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Oliy Majlis tomonidan qabul qilinib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning zamon talablariga javob beradigan tizimini shakllantirish va rivojlantirish, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa sharoitlarni yaratishni o`z oldiga maqsad qilib quygan va kadrlar tayyorlashda ta'limning uzluksizligiga katta e'tibor berildi. Mamlakatimizda savodxonlik darajasi ancha yuqori bo`lib, bu ko`rsatkich 97,7 % ni tashkil etadi. Ayni vaqtda jahonda savodsizlikka qarshi kurash hali davom etayotganini hisobga olsak, O`zbekistonda bu sohada qudratli moddiy-texnik baza mavjudligini e'tiborga olish lozim. Albatta, jamiyatda yalpi savodlilik ko`lamini oshirish bu umum ta'lim muassasalari(maktablar) gardaniga tushadi. Hozirgi vaqtda O`zbekistonda jami 9 mingdan ortiq umum ta'lim muassasalari, ya'ni maktablar faoliyat ko`rsatmoqda.
Konstitutsiyaning 42-moddasida berilishicha, “Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g`amxo`rlik qiladi.” Konstitutsiyamiz madaniy boyliklarimizdan har bir kishining foydalanish huquqini kafolatlaydi. Madaniyat deganda inson tomonidan yaratilgan barcha boyliklar, yutuqlar yig`indisi tushuniladi va u ijtimoiy hayotda universal xususiyatga ega.
Madaniyatning tarkibiy qismlarini fan, ta'lim va san'at tashkil qiladi. Adabiy, musiqiy, badiiy asarlar va xalq eposi, ilmiy nazariya va hunarlar madaniyat fenomeniga kiradi. Har bir madaniyat elementi xalq hayotining u yoki bu ko`rinishini o`zida aks ettiradi. Har birimizning san'at, kino, adabiyot, musiqa dunyosidan bahramand bo`lish huquqimiz asosiy qonunimizda mustahkamlanadi. Barcha uchun teatr, muzey, kutubxona va arxitektura yodgorliklari eshiklari hech bir to`siqsiz ochiqdir. Har bir shaxs istagan fan va texnika sohasi bilan shug`ullanishi mumkin. Buni davlatimiz huquqiy, tashkiliy, moddiy va siyosiy jihatdan kafolatlaydi.13

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə