O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko`rib chiqilishi shart



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə39/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Taklif
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko`rib chiqilishi shart”ligi mustahkamlangan.
Vakolatli organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat kilish - bu fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining amaliy shakllaridan biri bo`lib, bu huquq - fuqarolarning siyosiy faolligini, namoyon kilish ijtimoiy ishlarga qiziqishini, shuningdek o`zlarini huquqlarini himoya qilishning muhim vositalaridan biridir. Shu bilan birga fuqarolarning murojaatlari jamiyat hayotidagi joriy masalalarni hal qilish uchun zarur axborot manbai, davlat apparatini aholi bilan muloqotini mustahkamlash usuli va yo`li sifatida ham katta ahamiyatga ega.
Ushbu munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2002 yil 11 mayda O`zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida"gi Qonuni qabul qilindi. Unda fuqarolarning murojaatlari huquqini belgilaydigan asosiy qoidalar, shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqish muddati va tartibi belgilangan.
Fuqarolarning murojaatlari mazmuniga ko`ra uch shaklda bo`ladi.

  1. 1) Taklif;

  2. 2) Ariza;

  3. 3) Shikoyat.

Taklif-fuqarolarning davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini yaxshilashga qaratilgan murojaatlaridir.
Ariza - fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro`yobga chiqarish to`g`risida iltimos bayon etilgan murojaatlardir.
Shikoyat - davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari yoxud qarorlari tufayli fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash talab qilingan murojaatlardir.
Fuqarolarning takliflari taklif tushgan kundan e'tiboran bir oy muddat ichida ko`rib chiqiladi, qo`shimcha o`rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo`lib, bu haqda taklif kiritgan shaxsga ma'lum qilinadi.
Arizalar va shikoyatlar davlat organiga, jamoaat birlashmasiga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan kundan e'tiboran bir oy muddat ichida hal etiladi, ular masalani mohiyatan hal etishlari, qo`shimcha o`rganishlar va tekshirishni talab qilmaydigan masalalarni esa 15 kundan kechiktirmay hal etishlari shart.
Ariza yoki shikoyat hal etish uchun maxsus tekshiruvlar o`tkazish, qo`shimcha materiallarni so`rab olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko`rish zarur bo`lsa, tegishli organ, korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki rahbarining o`rinbosari ariza yoki shikoyatni hal etish muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan oshmasligi lozim bo`lib, bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma'lum qilinadi. Bunda murojaatni ko`rib chiqish umumiy muddati ikki oydan oshmasligi kerak.
Ko`rib chikilayotgan huquqni to`liq ta'minlanishi birinchi navbatda boshqarish madaniyati darajasi, vakolatli davlat organlari xizmatchilarining mas'uliyati va ongi bilan boglik.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə