O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Fuqarolarning siyosiy huquqlari va demokratik erkinliklari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə37/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

4 Fuqarolarning siyosiy huquqlari va demokratik erkinliklari
Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy manfaatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy jarayon va davlat hokimiyatining amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, O`zbekiston barcha fuqarolarning munosib turmushini ta'minlashga qaratilgan bo`lishi kerak”.8
Siyosiy huquq va erkinliklar o`z tabiatiga ko`ra inson tug`ilganidanoq ega bo`ladigan va uzviy hisoblangan asosiy shaxsiy huquqlardan farkli ularok, davlat fuqaroligiga ega bo`lishi bilan bog`liqdir. Bu farqlar Konstitutsiyalarda shaxsiy huquqlar “har kim”, siyosiy huquqlar “fuqarolar” deb aniq yo`naltirilganligida o`z ifodasini topgan.
Siyosiy huquqlarning fuqarolik bilan bog`likligi, uni demokratik davlatlarda har bir fuqarolarni tabiiy huquqlari hisoblanmasdan va ular davlat tomonidan berilgan xosila, ikkinchi darajali huquqlar deb tushunish tug`ri emas. Aynan ularning ushbu xarakteriga ko`ra ham bu huquqlarni davlat tomonidan berilgan va o`rnatilgan huquqlar sifatida qaralishi mumkin emas. Davlat ularni insonlarning shaxsiy huquqlari singari tan oladi, ularga rioya etadi va muhofaza qiladi.
Saylov huquqi passiv va faol turlariga bo`linadi.
Saylash huquqi faol huquq xisoblanadi. Saylash huquqiga 18 yoshga tulgan fuqarolar ega bo`ladilar va ular ushbu huquq orqali harakatdagi qonunchilikka muvofiq u yoki bu lavozimga nomzodni ilgari surishi mumkin. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotganlar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
Passiv saylov huquqi davlat hokimiyati organi yoki mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlariga saylanish huquqi xisoblanadi. Passiv saylov huquqi davlat hokimiyati organi yoki mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organining xarakteriga bog`liq ravishda turli yoshlarda qo`lga kiritiladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo`lmagan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 25 yoshga, mahalliy vakillik organlariga 21 yoshga to`lgan shaxslargina saylanish huquqiga ega bo`ladilar.
O`zbekiston Respublikasida saylovlar umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida O`zbekisiton Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladideyiladi. Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi huquqiy-demokratik davlatning muhim prinsiplaridan biri bo`lib xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyatining vakillik organlariga va o`zini-o`zi boshqarish organlariga saylanish va saylash, shuningdek referendumda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. O`z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Demokratiyaning asosiy shakllaridan biri bu- davlat va jamiyat hayotining muhim muammolarini umumxalq muhokamasida o`z yechimini topishi- referendum hisoblanadi.
1994 yil 5 mayda O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi qonuni qabul qilindi. Unga ko`ra:
Saylov huquqi fuqarolarning referendumlarda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi.
Saylovchilar qayerda bo`lishlaridan qat'i nazar, ularga referendumlarda, O`zbekiston Respublikasi Pezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovlarida bevosita qatnashish huquqi kafolatlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida ko`rsatilishicha: Fuqarolar o`z ijtimoiy faolliklarini O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig`ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat havfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o`tkazilishini to`xtatish yoki ta'qiqlash huquqiga ega”.
Fuqarolarning o`z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, yig`ilishlar va namoyishlar yo`li bilan amalga oshirish huquqlarini O`zbekiston Respublikasi tan oladi va kafolatlaydi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə