O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə34/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Shaxsiy hayot daxlsizligi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 27-moddasida “Har kim o`z sha'ni va obro`siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o`tkazish yoki uni ko`zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so`zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas” deyilgan.
Bu normada, ya'ni:
-shaxsning sha'ni va qadr-qimmati;
-nomulkiy huquqlarni qo`riqlash va hurmat qilish;
-shaxsiy xayot;
-turar - joy daxlsizligini ta'minlashga qaratilgan.
Sha'n va qadr-qimmat faqat insonga xos sifat bo`lib, u insonga tug`ilganidan qo`lga kiritadigan ajralmas va boshqalarga o`tkazib bo`lmaydigan huquqi hisoblanadi, ya'ni ma'naviy dunyosini tavsiflaydigan nomoddiy boyliklardan biri hisoblanadi.
Shaxs sha'ni – deganda shaxs yurish turishiga nisbatan o`zga shaxslarni bergan ma'naviy-axloqiy bahosi tushuniladi.
Qadr-qimmat – shaxsning jamiyatdagi o`rniga, shaxsiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, dunyoqarashiga qarab o`z-o`zini ichki boholashidir.
Shu bois u ijtimoiy fikr bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin. Shunga qaramasdan, shaxsning qadr-qimmati, shaxsni ichki o`zini-o`zi baholash mezoni va jamiyatning unga bergan bahosi o`zaro biri-biriga bog`langan mezonlardandir. Shuning uchun ham insonning sha'n va qadr-qimmati katta ijtimoiy ahamiyatga ega qonun tomonidan himoya qilinadi.
Qonunlarda fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlash ma'muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sifatida baholanib, bunday harakatlar tuhmat yoki haqorat deb e'tirof etiladi va Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeks yoki Jinoyat Kodeksi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Konstitutsiyaga muvofiq hech kim O`zbekiston Respublikasida shaxslarni turar joyini qonunda ko`rsatilmagan hollarda shaxsning ruxsatisiz turar joyga kirishga, tintuv o`tkazish yoki uni ko`zdan kechirishi mumkin emas. Faqat prokurorning ruxsati bilan jinoyatga aloqadorligi mavjud deb gumon qilinayotgan turar joyda yuqoridagi hatti-harakatlarni amalga oshirish mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 28-moddasida"O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko`chish, O`zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir" deb mustahkamlangan.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə