O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlarga



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə44/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlarga - mamlakatning Konstitutsiyasining o`zida bevosita mustahkamlangan kafolatlar kiradi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning X MAVZUining 43-46-moddalarida mustahkamlangan normalar.
Sudlar tomonidan huquq va erkinliklarni kafolatlash – fuqarolar huquq va erkinliklarini sudlar orqali himoya qilinishidir. Uning mazmunini:
- har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning g`ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan o`z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqi orqali o`z huquq va erkinliklarni himoya qilish.
Ombudsman faoliyati - O`zbekiston Respublikasining fuqarolarning huquq va erkinliklarining himoyasi sohasidaga qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) tomonidan ham amalga oshiriladi. Uning faoliyati O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 apreldagi “Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (OMBUDSMAN) to`g`risida”gi qonuniga muvofiq O`zbekiston Respublikasida davlat organlari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari to`g`risidagi amaldagi qonunchilikka rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini o`rnatadi. Vakil ko`rilayotgan masalalar bo`yicha xulosalar qabul qiladi. Xulosalar faqat tavsiyaviy xarakterga ega.
Hukumat faoliyati – hukumat tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chiqargan normativ huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Siyosiy kafolat- bu davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim. Ushbu tizim, mamlakatning olib borayotgan siyosiy maydondagi faoliyati orqali jamiyatda inson huquqlari va erkinliklarining buzilishidan himoya etish uchun xizmat qiladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini siyosiy kafolatlash quyidagilarga bog`liq:

  • - davlatning mamlakat miqyosida olib borayotgan siyosatining maqsadiga

  • - siyosiy plyuralizmga

  • - siyosiy mafkuraga

  • - inson huquqlarini himoya qilish holatiga

  • - ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə