O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Diniy tashkilotlar va birlashmalarning huquqiy maqomi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə56/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

6. Diniy tashkilotlar va birlashmalarning huquqiy maqomi
O`zbekiston tarixida ilk bora, 1991 yil iyun oyida (01.05.1998 y. yangi tahrirda qabul qilindi) “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida” qonun qabul qilingan edi. Ushbu qonunni qabul qilishdan maqsad har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e'tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat'i nazar, fuqarolarning tengligini ta'minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat edi.
O`zbekistonda islom dini bilan bir qatorda pravoslavlar, yahudiylar, baptistlar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, bahoichilar, krishnaitlar, buddistlar, xristian-presvitorianlari singari bir qancha din va mazhablar mavjud.
Ulardan har birining o`ziga xos va mos tartib-qoidalari hayot tarzi, dunyoqarashi, talab va ehtiyojlari mavjud. Ana shunday xilma-xillikdan va haqiqiy demokratik tamoyillardan kelib chiqib O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega”, degan qoida kiritilgan (31-modda).
Davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi munosabat masalasiga esa quyidagi moddada aniqlik kiritilgan: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi” (61-modda).
Konstitutsion normalar davlat va din o`rtasidagi munosabatlar masalasidagi ikki jihati yaqqol ajralib turadi.
Birinchisi, din - jamiyatda insonparvarlik ruhiyatini shakllanishida, yuksak madaniyat va ma'naviyat quroli, beqiyos axloqiy tarbiyasi, insonlarni kamtarinlik, kamsuqumlikka, halollik, poklikka undashi kabi kadriyatlarni barcha milliy qadriyatlar katorida teng huquqli qadriyat sifatida tan olinganligi bo`lsa.
Ikkinchidan, dindan g`arazlik yo`lida foydalanish, diniy omillardan foydalanib siyosatga, davlat ishiga aralashishni, hokimiyatga intilish kabi holatlarni qat'iy man etilishidir.
Musulmonlar hayotida qutlug` kunlar hisoblangan Qurbon va Ramazon hayitlari kunlarini ham doimiy suratda bayram qilish va ularni dam olish kunlari deb e'lon qilinishi ham yosh mustaqil davlatimizning tarixida alohida bir sahifani ochdi.
Mustaqillik tufayli davlat musulmonlarga iltifot va muruvvat ko`rsata boshladi. O`zbekiston musulmonlari bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatiga erishdilar. Hozirga qadar 30 mingga yaqin O`zbekiston musulmonlari ana shu muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib qaytish sharafiga muyassar bo`ldilar.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan bu ishlar, musulmonlarga ko`rsatilayotgan muruvvatning maqsadi diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash va uni yanada rivojlantirish, xalqimizni barkamol qilish va komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgandir.
Dinning ulug` qadriyatlaridan biri shundaki, u millatlararo mojarolar, qonli to`qnashuvlar qattiq qoralanadi, turli dindagi va millatdagi odamlarning o`zaro birodar, ahil bo`lib tinch-totuv hayot kechirishga, barcha dindorlar milliy totuvlikda yashashga da'vat etiladi.
Bugungi kunda respublikada turli millatdagi din vakillarning hech qanday to`siqlarsiz o`z dinlariga e'tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sobiq Ittifoq davrida respublikamizda bor-yo`g`i 89 ta masjid va ikkita madrasa faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, hozir O`zbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida rasmiy ro`yxatdan o`tgan 1871 dan ortiq masjid faoliyat ko`rsatib turibdi.
Shuningdek, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari ham o`zlari e'tiqod qilayotgan dinlarida erkin ibodat qilmoqdalar. Bugun respublikamizda 15 turdagi 186 dan ziyod noislomiy diniy tashkilotlar rasman faoliyat ko`rsatmoqda.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi Qonunning 9-moddasi asosida, Markaziy boshqaruv organi hisoblangan O`zbekiston Musulmonlar idorasiga qarashli Toshkent islom instituti, “Ko`kaldosh”, “Mir-Arab” madrasasi, “Xadichai Kubro” ayollar diniy o`quv yurti kabi, 11 ta diniy o`quv yurti faoliyat ko`rsatmoqda.
Bulardan tashqari, Rus Pravoslav Cherkovining Toshkent va O`rta Osiyo Yeparxiyasining Toshkent rus pravoslav seminariyasi hamda O`zbekiston To`liq Yevangel-Xristianlar Markazining Samarqand protestant diniy seminariyasi ishlab turibdi 18[18].
Bugungi kunda Respublikada amalga oshirilayotgan keng ko`lamli demokratik islohotlar hamda inson huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan izchil siyosat fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi bo`lgan jamoat tashkilotlarining o`rni va ahamiyatini tobora oshirmoqda.
Zero, jamoat tashkilotlari o`z maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda respublikada o`tkazilayotgan keng ko`lamli islohotlar ga munosib hissa qo`shib kelmoqdalar.
Hozirgi kunda jamoat va nodavlat tashkilotlari oldiga katta vazifalar turibdi. Zotan, yangi jamiyat barpo etish jarayonida xalqning bevosita faol ishtirokini ta'minlash aynan nodavlat notijorat tashkilotlari zimmasiga tushadi. Buning uchun ular yangi davr talablariga mos ish uslubi va shakllarini ildam qat'iyat bilan o`zlashtirishlari, ko`proq tashabbus, tashkilotchilik ko`rsatib faoliyat yuritishlari taqozo etiladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə