O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə58/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Davlat tuzilishi - davlatning ma'muriy-hududiy bo`linish tamoyillari va tuzilishini hamda ma'muriy hududiy birliklarning yuridik maqomini, davlatning markaziiy organlari bilan mazkur organlarning joylardagi mahalliy organlar bilan o`zaro munosabatlari qanday xususiyatlardan iborat ekanligini qamrab oluvchi tushunchadir.
Milliy-davlat tuzilishi - davlatning tuzilishi, uning ma'muriy-hududiy bo`linishi, davlat bilan uning tarkibiy qismlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, davlat va uning tarkibiy qismlarining huquqiy holati, ularning vakolatlari xarakteri va hajmidan iborat ekanligi tushuniladi.21[21]
Ma'muriy – hududiy tuzilish – davlat tuzilishi tushunchasining tarkibiy qismi bo`lib, davlat o`z vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun, muayyan cheklangan hududini ma'lum bir hududiy (ma'muriy-hududiy) bo`laklarga bo`linishini tushunish lozim. Ushbu hududiy bo`laklarda davlat apparati mahalliy organlarining strukturasi tuziladi. Shuning uchun davlatning hududiy tuzilishini, ma'muriy-hududiy tuzilish deb ataymiz.
Davlatni hududiy jihatdan tashkilashtirish o`z maqsadi va vazifalariga ko`ra nafaqat ma'muriy-hududiy, balki:
iqtisodiy-hududiy (masalan, erkin savdo qiluvchi zonalar);
harbiy-hududiy (masalan, O`zbekistonda tashkil etilgan Toshkent, Markaziy, Shimoliy, Janubiy, Farbiy, Sharqiy harbiy okruglar);
siyosiy-hududiy (masalan, barqarorlikni saqlash va etnik masalalarni hal qilish uchun ajratiladigan mintaqalar);
ekologik-hududiy (masalan, Orol va Orol bo`yi ekologik inqiroz holatidagi alohida muhofozaga muhtoj bo`lgan yer kengligining quruqlik qismi va suv akvatoriyasi) shakllarda namoyon bo`lishi mumkin.22[22]
Federativ davlatlarda ma'muriy – hududiy birliklar o`zining muayyan hokimiyat organlari tizimiga, Konstitutsiya va qonunchiligiga, shuningdek, hududiy ramzlariga ega bo`ladi.
Ma'muriy – hududiy birlik – davlat ma'muriy –hududiy tuzilishi tizimining mustaqil tarkibiy qismi bo`lib, bir necha pog`anada tashkil etilishi mumkin. Masalan, O`zbekiston Respublikasi ham ko`p pog`onali ma'muriy hududiy tuzilishga ega (viloyat, tuman, qishloq yoki ovul).
Tegishli ma'muriy hududdni alohida ma'muriy-hududiy birlik sifatida e'tirof etish uchun faqat davlat hokimiyati mahalliy organlarni tashkil etish bilan chegaralanmasdan, balki mahalliy hududning iqtisodiy-madaniy rivojlanganligi darajasi, aholining hududiy uyushishi bilan ham bog`liqdir.
Davlat ichki tuzilishiga, uning tarkibiy qismlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlariga, davlatning markaziy va mahalliy hokimiyat organlari o`rtasidagi
munosabatlarga, ma'muriy-hududiy birliklarning yuridik mavqeiga ko`ra, davlat tuzilishi odatda uch shaklga bo`linadi:
● unitar;
federativ;
● konfederativ;
Unitar (fransuzcha «unitaire» - “yagona”) davlat tarkibida hech qanday davlat tuzilmalari mavjud bo`lmagan yaxlit davlatdir. Hozir jahonda eng ko`p tarqalgan davlat tuzilish shakllaridan biridir. Ular qatoriga Italiya, Yaponiya, Ukraina va boshqalar kiradi. Unitar davlatlar huquqiy jihatdan teng bo`lgan ma'muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, regionlar, guberniya, grafliklarga) bo`linadi. O`zbekiston Respublikasi ham unitar davlat hisoblanadi.
Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma'muriy-hududiy bo`linishga ( Masalan: O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar) ega bo`ladi. Biroq mazkur hududiy qismlar davlat tuzilmasi alomatlariga ega emas. Unitar davlatlar qo`yidagi huquqiy belgilarga ega:
● unitar davlatlarda yagona davlat hokimiyati oliy organlar tizimi mavjudligi
● yagona Konstitutsiya va qonunchilik tizimiga egaligi.
yagona fuqarolikka
● unitar davlatlar yagona bo`linmas va daxlsiz hududga ega bo`lishi
Barcha unitar davlatlarga xos bo`lgan markazlashtirish turli shakl va darajalarda namoyon bo`lishi mumkin. Ba'zi mamlakatlarda umuman mahalliy idorlar mavjud bo`lmay, ma'muriy-hududiy o`lkalar markaziy hokimiyat tayinlaydigan vakillar tomonidan boshqariladi. Boshqa davlatlarda esa mahalliy idoralar tuzilib (jumladan, vakillik organlari tuziladi) ular markaziy hokimiyat oldida (bevosita yoki bilvosita) hisobot beradilar.
Markaziy hokimiyat bilan mahalliy hokimiyat idoralari o`rtasidagi munosabatning xususiyatlaridan kelib chiqib, unitar davlatlar markazlashgan, nisbiy markazlashgan va markazlashmagan turlarga bo`linadi.
Markazlashgan unitar davlatlarda ma'muriy-hududiy birliklarni boshqarish davlat hokimiyati markaziy organlari tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Bunda markazdan tayinlanadigan mansabdor shaxslar tegishli ma'muriy hududni boshqaradi. Bunga xorijdan misol tariqasida Indoneziya davlatini keltirish mumkin.
Nisbiy markazlashgan unitar davlatlarda ma'muriy-hududiy birliklarni boshqarish bir vaqtni o`zida markazdan tayinlanadigan mansabdor shaxslar hamda mahalliy vakillik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunga Fransiya mahalliy boshqaruvidagi markazdan tayinlanadigan prefektlar va munitsipal Kengashlarni misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasini ham aynan shu turdagi unitar davlatlar qatoriga kiritamiz. Bunga isbot tariqasida Prezidentimiz I.A.Karimov 1999-2000 yillarda bo`lib o`tgan viloyatlar va Qoraqolpog`iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashuvlarida ma'muriy-hududiy tuzilishni to`g`ri tashkil etish, joylardagi vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining huquqiy vakollatlarini oshirish Konstitutsiyamizda belgilangan imperativ shartlarni amaliy tadbiq qilishga olib kelishini bir necha bor uqtirib o`tganlarini keltirib o`tish mumkin23[23].
Markazlashmagan unitar davlatlarda esa ma'muriy hududiy birliklar ancha mustaqil bo`lib, markazga umuman bo`ysunmaydi hamda boshqaruv to`la-to`kis mahalliy vakillik organlari vakolat doirasiga kiritiladi.(Buyuk Britaniya grafliklaridagi mahalliy boshqaruvni saylab qo`yiladigan organlar amalga oshiradi.)
Unitar davlatlar yana tarkibidagi ma'muriy hududiy birliklarining huquqiy maqomi va xususiyatlariga ko`ra:
Oddiy unitar davlat. Bunday davlatlarning ma'muriy hududiy tuzilishi sodda bo`lib, ma'muriy hududiy birliklar bevosita markazga bo`ysunadi va huquqiy maqomi, nomlanishi hamda ijtimoiy tarkibi jihatdan aksariyat hollarda bir xil bo`lishi kuzataladi. Ularning tarkibida hududiy avtonomiyalar mavjud bo`lmaydi.
Murakkab unitar davlat. Ko`pchilik unitar davlatlarda bir yoki bir necha ma'muriy-hududiy birliklarga, o`lkalarga imtiyozli huquqiy maqom beriladi. Bunday unitar davlat ma'muriy avtonomiyaga ega bo`ladi. Qayd etilgan davlat tuzilishi shakli hududiy o`lkalarning maxsus manfatlariga e'tibor berish zarur bo`lgan hollarda qo`l keladi. Bunday holat alohida millatning o`z taqdirini o`zi belgilashi, etnik va milliy kamsitilishini oldini olish, ozchilikni tashkil etuvchi millatlarning madaniyatini saqlab qolish va hokazolarda kuzatiladi. Mazkur avtonomiyalarda o`zini-o`zi boshqarish huquqi mamlakat aholisining boshqa qismiga qaraganda bir muncha kengroq bo`ladi. Lekin ularning mustaqilligi markaziy hokimiyat belgilagan doiradagina saqlab qolinadi. Amaliyotda ayrim hollarda bunday avtonomiyalar mustaqillik uchun kurash olib borishishlari kuzatilib, aksariyat hollarda ayanchli oqibatlar, jumladan fuqarolik urushlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə