O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə61/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Konfederatsiya. Xorijiy maamlakatlarning hududiy davlat tuzilishi shakllari ichida xalqaro shartnomalar asosida tashkil topgan tuzilmalar ham mavjud. Bunday davlat-hududiy tuzilmalarni konfederatsiya deb atashadi.
Konfederatsiya bu - ma'lum bir vazifani bajarish uchun birlashgan mustaqil davlatlar ittifoqidir. Konfederatsiya Federatsiyadan farq qilgan xolda, u ittifoq davlati emas, balki davlatlar ittifoqi hisoblanadi. Konfederatsiya iqtisodiy, siyosiy, harbiy, bojxona va boshqa maqsadlarda tuzilishi mumkin.
Konfederatsiya o`z oldiga ko`ygan maqsadiga erishish uchun va a'zo davlatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish uchun oliy organlar tuzishi mumkin, biroq bu organlar a'zo davlatlarning hukumatlari bilan muloqotda bo`ladi, bevosita aholiga murojaat qilish huquqiga ega emas.
Konfederatsiya federatsiyaga nisbatan uncha mustahkam emas, chunki u odatda biron-bir masalalani hal etish ehtiyoji orqali tashkil etiladi. Tarixda ham konfederatsiyalar uncha ko`p bo`lmagan, bo`lganlari ham keyinchalik yo federatsiyaga aylanishgan, yoki alohida-alohida unitar davlatlarga bo`linib ketishgan.
Undan tashqari jahon amaliyotida davlatlarning hamkorlik shakllari ham mavjuddir. Ularga qo`yidagilar kiradi: hamdo`stlik, hamjamiyat, ittifoqlar, uniyalar, protektorat.
2. Ma'muriy-hududiy tuzilishi prinsiplari
Har qanday davlat o`z ma'muriy hududiy tuzilishini hal etishda turli xil omillar, shart- sharoitlarni inobatga olmasdan iloji yo`q. Shuning uchun tashkil etilayotgan har qanday ma'muriy hududiy birlik ma'lum bir prinsipial ahamiyatga ega bo`lgan qonuniyatlar, ustuvor ko`rsatkichlar asosida shakllantirilishi kerak. Ushbu ma'muriy - hududiy tuzilish prinsiplariga:
● Iqtisodiy prinsip;
Siyosiy prinsip;
● Milliy - madaniy prinsip;
● fuqarolarning huquq va erkinliklarini bir xilda ta'minlash.
● davlat apparatini ommaga yaqinlashtirish.
Iqtisodiy prinsip. Tashkil etilayotgan ma'muriy-hududiy birlikning iqtisodiy potensialini inobatga olish lozim. Bunda tegishli hudud sanoati, qishloq xo`jaligini rivojlanganlik darajasi, shuningdek, mahalliy hudud transportining salohiyati inobatga olinadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə