O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/94
tarix08.06.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#116037
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.Tasvirlarni saqlash usullari haqida umumiy tushuncha.
2.Tasvirlarni saqlash usullarining turkumlanishi.
3. Tasvirlarni kompyuter xotirasida saqlash formatlari.


32 
4.Tasvirlarni saqlashning tarkibiy tuzilishi.
5.Tasvirlarni saqlashning aralash usullari. 
 
2.2 Rang modellari. Additiv, subtraktiv, persepsion (RGB,CMY,CMYK,HSV) 
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan 
birinchisi 
qo`shiluvchi ranglar tizimi
deb ataladi. Xonadagi bir nechta chiroqlarni 
yoqsak, ular taratayotgan yorug`liklar qo`shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu 
chiroqlar turli rangda bo`lsa, bu ranglar qo`shilib, xona ulardan ko`ra yorqinroq 
(ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglarni uchta asosiy rang: 
qizil
(Red), 
yashil
(Green) va 
ko`k
(Blue) ranglarni turli nisbatda qo`shish bilan yaratish mumkin. Bu 
ranglarning nomlaridan qo`shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan:
2.4-rasm. RGB ranglari.
Bu ranglarning har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo`lishi mumkin. 
Natijada 256*256*256 ta (o`n olti milliondan ko`proq) ranglar hosil qilish mumkin. 
Masalan, yashil va ko`k ranglar qo`shilganda havo rang (ingliz tilida 
Cyan
deb 
ataladi), 
qizil
va 
ko`k
ranglar qo`shilganda pushti (
Magenta
), 
qizil
va 
yashil
ranglar 
qo`shilib sariq (
Yellow
) ranglar paydo bo`ladi. Uchta asosiy rang qo`shilganda oq 
rang chiqadi. Qo`shiluvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori 
ekranidagi tasvirlarning ranglari hosil qilinadi. Rasm darslaridan bilamizki, oq 
qog`ozni bir necha rangdagi bo`yoqlar bilan bo`yasak, bu ranglar qo`shilib, 
to`qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog`ozni bo`yasak, qog`oz qizil 
rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va bu ranglar tizimi ayriluvchi 
ranglar tizimi deb ataladi.[16] 


33 
Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan. 
Bu uchta rang oq qog`ozga surtilganda qog`oz qora rangga kiradi. Lekin toza 
bo`yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan 
qora rang biron bir bo`yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun 
ayiriluvchi ranglar tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham 
ishlatiladi. Natijada qora ranglar ko`p bo`lgan tasvirlarni yaratishda boshqa 
rangdagi bo`yoqlarning sarflanishi ham keskin kamayadi. Ranglarning bu tizimidan 
rangli printerlarda, plotterlarda hamda nashriyotning bosma mashinalarida 
foydalaniladi. Bu tizim undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo`lib, 
CMYK 
(Cyan, Magenta, Yellow, Black)
deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda 
ko`rsatiladi. 
CMYK
rang moduli 
subtraktiv
modulga tegishli bo`lib, u nashrni chop 
etishga tayyorlashda qo`llaniladi. 
CMYK
rang komponentlari sifatida, asosan oq 
rangdan ayirish natijasida hosil bo`lgan quyidagi ranglar xizmat qiladi: 
— havorang (cyan) = oq — qizil = yashil + ko`k; 
— to`q qizil {magenta) = oq — yashil = qizil+ko`k; 
— sariq (yellow) = oq — ko`k = qizil+yashil. 
Bu metod original tasvirni chop etishda ranglarning tabiiy qabul qilinishiga mos 
keladi. Havorang, to`q qizil va sariq ranglar qo`shimcha hisoblanadi, chunki ular 
asosiy ranglarni to`ldiradi. Amalda qo`shimcha ranglarni bir-biriga qo`shgan bilan 
qora rangni bermaydi. Shuning uchun rangli modulga yana bir komponent — qora 
rang kiritilgan. Natijada rangli modul abbreviaturasida to`rtinchi harf paydo bo`ldi: 
CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black). Kompyuter tasvirini poligrafik uskunada 
chop etish uchun ranglarni CMYK moduli komponentlariga mos keluvchi 
tarkiblarga ajratish kerak. Bu jarayon ranglarni ajratish deyiladi. Oqibatda har bir 
komponentning original to`rtta tasviri hosil qilinadi. 
2.5-rasm. CMYR ranglari.


34 
PhotoShopda asosan dizaynerlar ishlashadi. Ular uchun qulay va tushunarli 
bo`lgan ranglar tizimi ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri 
HSB
deb ataladi. Bu nom
2.6-rasm. HSB ranglari.
ingliz tilidagi 
Hue
(Rang turi), 
Saturation
(Rang to`yinganligi) 
Brightness
(Rang 
yorqinligi) so`zlaridan olingan. HSB rang moduli insonning ranglarni maksimal 
qabul qilish xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U rassom 
A.N.Mansellning ranglar aylanasi asosida yaratilgan. Bu tizimda ranglar palitrasi 
doira shaklida qurilgan bo`lib, har bir rangga uchta parametr mos keladi. Bu 
parametrlarning birinchisi kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi. Asosiy ranglar 
doira chegarasi bo`lgan aylanada joylashgan. Ularni tanlash uchun aylanadagi
nuqtaga mos keladigan markaziy burchak (0 dan 360 gradusgacha bo`lgan qiymatni 
qabul qiladi) qiymati kiritiladi. 0° ga qizil, 120°R ga yashil, 240° ga ko`k rang mos 
keladi. Ikkilamchi ranglar: sariq (60°), havorang(120°) va pushti (240°) lar asosiy 
ranglar orasida joylashgan. Bu ranglar bir-biri bilan qo`shilib, yangi ranglar paydo 
bo`ladi.
Masalan, ko`k rang (240°) bilan pushti rang (300°) orasida siyohrang (270°) 
joylashgan. Bdrinchi parametr rangning to`yinganligini bildiradi. Bu parametr 0 dan 
100 gacha bo`lgan qiymatni qabul qiladi. Bu parametming qiymati kamaygani sari 
rangning torangga aylanib qoladi. Bu parametrga mos keladigan ranglar tanlangan burchakning 
radiusi bo`yicha joylashgan bo`ladi. Bu radius bo`ylab harakatlanganda doira 
chegarasi, ya’ni aylanada tanlangan rang to`yinganligi kamayib borib oq rangga 
aylanadi. Rangning uchinchi parametri tanlangan rangning yorqinligini bildiradi va 
0 dan 100 gacha bo`lgan qiymatlarni qabul qiladi. Masalan, oq rang tanlangan 


35 
bo`lsin. Uning yorqinligi 100 (foiz) ga teng bo`lsa, u oqligicha qoladi. Yorqinlik 0 
ga teng qilib olinsa, oq rang qora rangga aylanib qoladi. 50 ga teng bo`lsa, kulrang, 
25 ga teng bo`lsa, to`q kul rang, 75 ga teng bo`lsa, och kul rangga aylanadi. Bu 
tizimning yaxshi tomoni unda bir-birini to`ldiruvchi va bir-biriga yaqin bo`lgan 
ranglar yaqqol ko`rinib turadi. Bir-birini to`ldiruvchi ranglar deb doiraning bitta 
diametrida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ranglarga aytiladi. Masalan, qizil va 
havo rang; va ko`k; yashil va pushti ranglar; shuningdek, oq va qora ranglar bir-
birini to`ldiruvchi ranglar hisoblanadi. To`ldiruvchi ranglardan biri fon uchun olinsa, 
ikkinchisi chiziqlar chizish, matn yozish uchun ishlatiladi. Bunda chiziq va yozuvlar 
fonda yaqqol ko`rinib turadi. Matnning biron qismini ajratish uchun matnning asosiy 
rangiga yaqinroq rang tanlanadi. Ranglar ikki turga ajratiladi. Ulardan birinchi iliq 
ranglar, ikkinchisi esa sovuq ranglar deb ataladi. Iliq ranglarga tarkibida qizil va 
sariq ranglar ko`proq bo`lgan ranglar, sovuq ranglarga tarkibida ko`k va siyoh 
ranglar ko`proq bo`lgan ranglar kiradi. Ayniqsa, ularga qora va kul ranglar aralashsa, 
ular yanada sovuqlashadi.
2.7-rasm. Iliq va sovuq ranglar.
Iliq va sovuq ranglar orasidagi yashil va binafsha ranglar neytral ranglar 
hisoblanadi. Iliq ranglar odamning kayfiyatini ko`taradi. Sovuq ranglar esa ruhiyatga 
yomon ta`sir qiladi. Dizayn bilan jiddiy shug`ullanishni istaganlar iliq, sovuq, 
neytral ranglarni va ular bilan ishlashni yaxshi bilib olishlari kerak.[16]
 


36 
CIE Lab
rang moduli. 1920-yilda 
CIE Lab
{
Communication Internationale de 
FEclairage
— xalqaro komissiya, L,a,b — bu sistemada koordinata o`qlarining 
ifodalanishi} rang fazoviy moduli ishlab chiqildi. Sistema apparatga bog`liq 
bo`lmaganligi uchun ko`p hollarda qurilmalar orasida ma’lumotni o`tkazish uchun 
qo`llaniladi. 
CIE Lab
modulida ixtiyoriy rang quyidagicha aniqlanadi; yorug`lik (
L

va uning xromatik komponentlari: 
a
-parametri yashil rangdan qizil ranggacha 
o`zgarish diapazonini, 
b
-parametri ko`k rangdan sariq ranggacha o`zgarish 
diapazonini tashkil qiladi.
2.8-rasm. CIE Lab ranglar.
CIE Lab
modulida ranglarni qamrab olish imkoniyati texnik qurilmalar 
(monitor, printer) imkoniyatlaridan yuqori bo`lganligi sababli tasvirni chiqarishdan 
oldin uni o`zgartirishga to`g`ri keladi. Bu modul rangli fotokimyoviy va poligrafik 
jarayonlarni bir-biriga bog`lash uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu modul 
Adobe Photoshop dasturida standart sifatida qabul qilingan. 

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə