O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov


-modul. Kompyuter grafikasi turlari



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/94
tarix08.06.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#116037
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

2-modul. Kompyuter grafikasi turlari. 
 
Ikki о`lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi: 

rastrli grafika;

vektorli grafika;

fraktal grafika. 
Rastr
so`zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo`lib, lotin tilidagi 
rastrum -
xaskash, omoch
so`zidan olingan. Rastrli grafikada tasvir qatorlar va 
ustunlarga bo`linadi, tasvirning mayda bo`laklari – 
piksellardan
iborat bo`ladi. 
Rastrlar zichligi
deganda uzunlik birligiga mos keladigan piksellar soni 
tushuniladi va 
dpi
(
dots per inch
– bir dyuymdagi nuqtalar) da o`lchanadi. 
Masalan, 3200x2400 o`lchamli tasviri 300 dpi zichlikda chop etish uchun 
11x8 dyuym
2
о`lchamli qog`oz kerak bo`ladi. 1 dyuym=300 bo`lsa, 1dyuym
2
=90.000 (3200*2400)/9000 =85,3 bu esa taxminan 11x8 dyuym

ga teng. 
Tasvirlarni oddiy grafik shakllar yordamida yaratish 
vektor grafikasining
asosini tashkil etadi. Vektor grafikasida tasvir 
chiziqlardan
tashkil topadi.
Fraktal
so`zi lotincha 
fractus
so`zidan olingan bo`lib, 
maydalangan, bo`lib 
chiqilgan
degan ma’noni bildiradi. 
Fraktallar
deb o`ziga o`xshash qismlardan iborat 
bo`lgan geometrik shakllarga aytiladi. Fraktal atamasi fanga 1975-yili kiritilgan 
bo`lib, ular yordamida daraxtlar, o`rmonlar, bulutlar, mavjlanayotgan dengiz
alanga va tutun, oqayotgan suyuqlik kabi tasvirlarni yaratish mumkin. Fraktallardan 
virtual borliq, animatsiya, kompyuter o`yinlari va matematik modellashtirishda keng 
foydalaniladi. (2.1-rasm) 


29 
2.1-rasm. Fraktal tasvirlarning ko`rinishi. 
Yuqorida keltirilgan 
rastr, vektor
va 
fraktal
grafikalari o`rtasidagi 
asosiy farq
nurning displey ekrandan o`tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli 
trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo`ylab bir marta 
chopib o`tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. 
Demak, vektorli grafikaning 
asosiy elementi
— 
chiziqdir
.
Vektorli grafika
bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni 
yaratishga mo`ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik 
byurolarida va nashriyotlarda qo`llaniladi.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi 
nuqtalar majmuasidan
vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (
pixels
) deb ataladi. Rastr — bu ekranning 
butun maydonini qoplovchi 
piksellar matritsasidir
. Demak, rastrli grafikaning 
asosiy elementi nuqtadan iborat. Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan 
tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam holdagina yaratiladi. 
Ko`pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. 
Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan ko`pgina grafik muxarrirlar asosan 
tasvirlarga ishlov berishga mo`ljallangan. Internet tizimida ko`proq rastrli tasvirlar 
qo`llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jihozlash 
emas, balki uni 
dasturlashdir
, ya’ni bunda tasvirlar 
formulalar yordamida
ko`riladi. 
Fraktal grafika odatda o`
yin dasturlarida
qo`llaniladi.
Tasvirlarni arxivlash
uchun yanada ko`proq imkoniyatlar mavjud. Birinchidan 
matnning sifatini pasaytirib bo`lmaydi, unda ba’zi belgilarning tushib qolishiga yo`l 
qo`yib bo`lmaydi. Rostdan ham, agar Nodirning ismini ozgina qisqartirib, Nodi deb 
ketsak, Nodir bizdan astoydil xafa bo`ladi. Tasvirlarda esa ko`z ilg`amaydigan 


30 
elementlarni tashlab ketsa ham bo`ladi, ya’ni tasvir sifatining bir qadar 
yomonlashishiga yo`l qo`ysa bo`ladi.
Ikkinchi tomondan, kompyuter alifbosida bor-yo`g`i 256 ta belgi bo`lsa, rasm 
elementlari – piksellarning ranglari bir necha milliard qiymatdan birini qabul qilishi 
mumkin. Boshqa tomondan eng katta rasmlarda ham ko`pi bilan bir necha million 
piksel bo`lishi mumkin. Bu esa rasm lug`atini tuzish uchun keng imkoniyatlar ochib 
beradi. Rasmdagi piksellar sonining kattaligi ham undan ko`plab takrorlanadigan 
piksellar ketma-ketliklarini topishga imkon beradi. Misol sifatida keltirilgan osmon 
o`par binoning rasmining asosiy qismini ko`m-ko`k osmon tashkil etadi.(2.2-rasm) 
Unda esa takrorlanadigan piksellar juda ko`p. Natijada rasm hajmi yuz barobargacha 
va undan ko`proq kamayishi mumkin. 

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə