O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
SHaxsni izohlash
SHaxs psixologiyasining predmeti uni izohlashga nisbatan anchagina 
murakkab xarakterga ega, chunki insonlar xilma xil bo‗lganligi bois har xil 
vaziyatlarga qarab, o‗zgarib turadilar. SHu sababli shaxsni tushunarli tilda 
izohlash uchun mos aniqlik va izohga ega bo‗lish lozim. O‗z navbatida 
shaxsni mos tarzda izohlashga mos keladigan tilga ham ega bo‗lish kerak.
Oqibatda shaxsni o‗rganishning o‗ziga xos prinsiplari va baholash vositalari-
testlarni shakllantirishga olib keldi.
Psixologiyada shaxsni tushunishda uning xarakterlovchi bir qator 
tushunchalarni qo‗llashga olib keldi: 
№ 
Sifatlar 
1.
YOqimli- jizzaki 
2.
Tirishqoq- maqta nchoq 
3.
Quvnoq -surbet 


10
4.
Talabchant-hukmron 
5.
Xavotirlanuvchan -irodali 
6.
Qo‗zg‗aluvchan-betoqat 
7.
Ziyrak-beozor 
8.
Injiq-nekbin 
9.
O‗ziga ishongan -bardoshli 
10.
Jiddiy- bo‗shang 
11.
Zaharxanda- sezgir 
12.
Muloqotmand-hokisor 
13.
Sabr-bardoshli-ishonuvchan 
14.
Erkin –qasoskor 
 
1
-jadval. SHaxsni baholash sifatlarining namunasi
YUqorida keltirilgan xususiyatlarni mavjudlik holati va sizga 
yoqimliligi, siz erishishingiz zarur bo‗lganlarini ro‗yxatini tuzish talab etiladi.
Ushbu sifatlarni o‗qituvchi yoki ota-ona misolida va real baholashingiz 
mumkin bo‗ladi. Ushbu toifa sifatlarning kengaytirilgan varianti 300 ta 
sifatdan iborat ( Gough & Heilbrun , 1983 ) . Bu esa shaxsni yanada kengroq 
baholash imkoni beradi.
SHaxs psixologiyasida o‗rganiladigan asosiy muammolardan biri shaxs 
rivojlanishini tahlilidir. SHaxs psixologiyada tahlil qilishda uning hayotining 
barcha bosqichlari, ongsizlik ta‘sir ko‗rsatadimi yoki bolalikdan keyingi 
davrlarda shaxs sifatida o‗zgarish yuz beradimi? Ushbu tarzdagi savollarga 
javob izlash zarur bo‗ladi.
Mazkur masalalarni shaxs psixologiyasining metodologik masalalaridan 
hal etish uchun qator shaxs nazariyalarni ko‗rib chiqish zarur bo‗ladi.
SHaxsni o‗rganishga doir yondashuvlarning har bir muammoning 
o‗ziga xos boshqotirma sifatida uning hal etishga e‘tibor qaratganliklarini 
guvohi bo‗lamiz.
Hattoki, ayrim yondashuvlarni o‗rganish esa o‗nlab yillarni taqozo etadi.
SHaxs psixologiyasi esa mazkur masalalarga javob topishga intiladi.
Ongni o„rganish
. SHaxs muammosini o‗rganishga yondashuvning bir 
jihati uning 
ongini o„rganishga
yo‗nalganligidir. Psixologiya shaxsning 
ushbu jihatini o‗rganishda tabiiy fanlarning metodlarini modifikatsiya qilish 
asosida erishdi. 
V.Vund
va boshqa psixologlar inson tabiatini o‗rganishda
tabiiy-ilmiy fanlar ta‘sirida uni insonning aqlini o‗rganishda foydalandilar. 
Ushbu tadqiqotlarda psixik jarayonlar eksperimental o‗rganilgan bo‗lsa-da, 
ammo ularda cheklanishlar bor edi.

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə