O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167
Sub‟ekt prinsipi

Ushbu prinsip insonning avtonom, tashabbuskor shaxs, 
o‗zini va atrof olamni ma‘lum chegarada o‗zgartirishga moyil tarzda 
qaraydi.Zamonaviy tadqiqotlar S.L.Rubinshteyn tomonidan ishlab chiqilgan 
tushuncha, ya‘ni sub‘ekt kategoriyasini shaxs psixologiyasi sohasida 
kuchaytirishga olib keldi. Sub‘ekt- har bir kishida individual bo‗lgan, o‗ta 
faol, yaxlit va avtonomlikka ega inson.Sub‘ekt uchun atrof olam faqatgina 
ta‘sir ko‗rsatuvchilar tizimi emas, balki harakatlanish va bilish ob‘ekti 
hamdir.Sub‘ekt tabiiy, sotsial, ijtimoiy, individual sifatlar birligidan iborat 
bo‗lib, inson tushunchasiga nisbatan ancha keng tushuncha. 
SHaxs-nisbatan torroq tushuncha bo‗lib, sotsial ahamiyatga ega bo‗lgan 
sifatlar majmuiga ega bo‗lgan inson individini ifodalaydi. Inson o‗zini atrof 
olamdan ajrata oladigan va o‗zini bilish va mulohazalash ob‘ekti sifatida 
qarama-qarshi qo‗yadigan tabiiy va sotsiallikning birligi sifatida tarkib 
topadi. Inson sub‘ekt sifatida muammolarni echishga ijodiy yondashadigan, 
tashabbuskor, erkinlikka ega, shaxsiy maqsadlarni amalga oshiruvchi faolligi 
bilan ajralib turadi.
Determinizm prinsipi
har qanday psixik jarayonlarning sabablarini 
shartlovchi g‗oyalarga asoslanadi.U tashqi ta‘sirlar tufayli chaqiriladigan 
ob‘ektiv kuzatiladigan hodisalarni ichki sabablarni determinantlashtiruvchi 
antitezis sifatida shakllanadi.
Metodologiya, nazariya va eksperiment birligi prinsipi
. Ushbu 
prinsip nazariy farazlarni kauzal (sababiy) yoki korrelyasion bog‗liqligi, 
nazariy konstruktlar va ularning oqibatlari-operatsional o‗lchovlar ishonchli 
tekshiruvini amalga oshiriladi.
 
Ilmiy nazariyani yaratish zarurati olimlarni axborotlarni tizimli qabul 
qilish, bir vaqtni o‗zida ilgari surilayotgan psixologik qonuniyatlar asosida 
inson xulq-atvorini bashorat qilishga undaydi

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə