O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
 
 


7
I BOB 
________________________________________________________ 
SHAXS PSIXOLOGIYASI PREDMETI, MAQSADI VA
VAZIFALARI 
__________________________________________________________ 
1.
 SHAXS PSIXOLOGIYASINING METODOLOGIK PRINSIPLARI 
Reja: 
1.
SHaxs psixologiyasining predmeti 
2.
SHaxsni izohlashdagi o‗ziga xosliklar. 
3.
SHaxs metodologiyasining nazariy yondashuvlari va uni o‗rganish 
metodlari. 
 
Shaxs psixologiyasining predmeti 
SHaxs psixologiyasining predmetini tahlil qilishda qator masalalarni hal 
qilish zarur. Zamonaviy psixologiyada shaxsni o‗rganishning eng muhim 
xususiyatlarini ajratib ko‗rsatilgan: 
˗ 
shaxs fenomenologiyasining boyligi inson individual xususiyatlarining 
xilma xilligini ifodalanishi(ustanovok, qirralari, ehtiyoelar, emotsiyalar, 
qadriyatlar va boshq.) va bilish sohasini o‗rganish bilan bog‗liq;
˗ 
shaxs fanlararo o‗rganiladigan muammo bo‗lib, ushbu tushunchani
keng bilimlar sohasi tavsiflaydi. Uning alohida xususiyatlarini faqat 
psixologiya emas, balki falsafa, tarix, sotsiologiya va boshqa fanlar 
o‗rganadi;
˗ 
tadqiqot yo‗nalishida shaxs bir xil nizomga ega emas, u ham tadqiqot 
ob‘ekti, ham tadqiqot sub‘ekti bo‗lishi mumkin.
˗ 
shaxs psixologiyasi predmeti ijtimoiy aloqalar va munosabatlarda 
namoyon bo‗lishi va shakllanishini shartlovchi, xatti-harakat va harakatlarini 
belgilab beruvchi, ichki holatlari va psixik jarayonlarini tartibga soluvchi va 
shartlovchisidir. 
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha 
individ ajralmas, alohida zot degan ma‘no anglatadi), shaxs, individuallik 
(yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy 
sog‗lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‗q, oddiy 
malakalarni o‗zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. 
Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an‘ana tusiga kirib qolgan, 
chunki o‗sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, 
ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‗la oladi. Individ sifatida yorug‗ 
dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta‘sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, 
shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik 
chog‗idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga 


8
tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‗lib, u 
yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, 
muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a‘zolari, mahalla 
ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida 
(kishilarning og‗ushida, ularning qalb to‗risida) odamning bundan keyingi 
rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining 
xususiyatlariga mutlaqo bog‗liq bo‗lmagan har xil xususiyatli munosabatlar 
majmuasini vujudga keltiradi. 
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish 
hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda 
biron bir tanbeh berishning o‗zi kimgadir ruhiy hisni uyg‗otsa, boshqa 
birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. SHunday qilib, odamga ta‘sir 
qiluvchi barcha tashqi qo‗zg‗atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, 
faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, 
tarkiblari) tuzilishi yig‗indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha 
hosil bo‗ladi. 
SHaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning 
individualligidir, ya‘ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning 
shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. 
Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, 
hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‗indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson 
maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va 
shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‗xshash tarzda 
aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi 
qayg‗u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo‗lmovchi va boshqalarda 
takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo‗nalishi bilan 
izohlash mumkin. SHaxs o‗zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy 
turmushda faol ishtirok qilishi, ta‘lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan 
o‗zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir. 
SHaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‗liq degan 
nazariyaning namoyandalari bo‗lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, 
Angliya, Fransiya, Germaniya, SHvetsariya va boshqalar) psixologlari oqibat 
natijasida shaxsning tuzilishini o‗sha ikkita asosiy omillarga, ya‘ni biologik 
va ijtimoiy (sotsial) voqeliklarning ta‘siriga bog‗liq bo‗lgan tuzilishining 
mavjudligidan manfaatdordirlar.
Har bir shaxsning hayotda erishgan yutuqlari, baxtini xarakterlovchi 
ma‘lum mezonlar borki, uni o‗rganishda alohida fan yo‗nalishiga zarurat 
tug‗iladi. Bu esa insonning ijtimoiy faolligini ta‘minlovchi shaxs tushunchasi 
bilan xarakterlanadi. SHaxs faol faoliyat sub‘ekti bo‗lib, u hayotining barcha 
bosqichlarida shakllanib, rivojlanib boradi. 


9
SHaxsning qanday tarkib topishi uning yaxshi oila a‘zosi yoki ota-ona 
bo‗lishi, uning salomatligi ham hayotda egallaydigan karerasiga ham o‗z 
ta‘sirini o‗tkazadi.
SHaxs hayotda o‗zining imkoniyati va tanlovlarini cheklashi yoki 
kengaytirishi mumkin. U shaxsning boshqa insonlar bilan ma‘lum tajribalar 
almashuviga xalaqit berishi yoki boshqalar uchun ko‗proq xizmat qilishiga 
olib keladi. 
Hayotda shunday toifa insonlar uchraydiki, ular boshqalarni o‗ziga jalb 
eta oladigan yoqimli va xushmuomala bo‗ladilar. Bunday insonlar bilan 
do‗stlashishi, ular bilan do‗st, qo‗shni yoki hamkab bo‗lish xohishi paydo 
bo‗ladi.
Agar siz boshqaruvchi bo‗lsangiz, u holda uni xodim sifatda tanlagan 
bo‗lardingiz. Agar siz biror bir hayotiy qarorni qabul qilishga harakat 
qilsangiz munosabat o‗rnatayotgan kishingizni idrok etishingizga ko‗ra 
muomala o‗rnatasiz. Siz biladigan shunday mashhur insonlar borki, ular 
bilan munosabat o‗rnatish ba‘zan og‗ir kechadi. Bunday qiyofali insonlar 
dushmonona, tajovvuzkor, nodo‗stona, yoqimsiz yoki qiyin munosabat
o‗rnatuvchilardir. Siz ular bilan muomala qilishda, xodim sifatida tanlashda 
o‗zingizni chetga olasiz.
Bunday sharoitda siz shaxs haqida qanday xulosaga kelganingiz singari, 
boshqalar ham sizga xuddi shunday xulosalarga kelishlari shubhasiz.
Bunday o‗zaro o‗rinalmashuvchi mulohazalarga doimiy ravishda yangi 
insonlar bilan tanishish zarurat tug‗ilgan sotsial vaziyatlarda duch kelinadi. 
Bu esa shaxsning o‗ziga bo‗lgan xos xislatlarini aniqlashga olib keladi, 
masalan, tanishingiz kirishimli yoki tortinchoq. Bu faktorlarni tahlil eta olish 
shaxs haqidagi umumiy tasavvurlarga ega bo‗lishga etarlicha imkon beradi. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə