O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165
pul va banklar

To‘lov talabnoma
– bu mablag‘ oluvchining begilangan summani to‗lovchi 
tomonidan bank orqali to‗lashi to‗g‘risidagi talabini o‗z ichiga olgan hisob – kitob 
hujjatidir.


28 
Talabnomalar yuklab jo‗natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‗rsatilgan 
xizmatlar, shuningdek tomonlar shartnomasida ko‗zda tutilgan boshqa to‗lovlar 
uchun qo‗yilishi mumkin.
Talabnomalar tomonlar o‗rtasida tuzilgan shartnomaga asosan akseptli va 
akseptsiz bo‗lishi mumkin.
Bank tomonidan to‗lovchilarga talabnomalarni quyidagi akseptlash tartibi va 
muddati belgilangan: 
- bir hudud ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni bankka kelib 
tushgan kunidan tashqari 3 ish kunida;
- boshqa hududlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalar bankka kelib 
tushgan kunidan tashqari 5 ish kunida;
- to‗lovchining asosli iltimosiga ko‗ra 10 ish kunigacha.
Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda akseptlashni rad etmasa 
talabnoma akseptlangan hisoblanadi.
To‗lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar yetarli bo‗lmaganda talabnoma 
to‗lovini bank qisman amalga oshiradi. Qolgan summadagi talabnoma 2 – 
kartotekaga joylashtiriladi, bunda talabnomaning orqa tomonida to‗langan summa 
yozib ko‗rsatiladi. 
Talabnoma akseptlashdan qisman bosh tortganda to‗lovchi tomonidan 
akseptlangan summa bo‗yicha to‗lovlar amalga oshriladi, mablag‘lar bo‗lmaganda 
esa 2–kartotekaga joylashtiriladi. Talabnomaning dastlabki summasi aylanaga 
olinadi va yoniga to‗lovchi aktseptlagan talabnoma summasi qo‗yiladi. Bunda 
bank to‗lovchi tomonidan akseptlashni qisman rad qilganligi to‗g‘risida mablag‘lar
oluvchining bankiga yozma ravishda xabar berishi shart. 
Akseptsiz to‗lanadigan to‗lov talabnomalari to‗lovchilarning hisob 
varaqlaridan mablag‘larni aktseptsiz hisobdan chiqarishda quyidagi xollarda 
amalga oshiriladi.
a) elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu xolda talabnoma
ajratilgan elektr va issiqlik energiyasi uchun maxsulot yetkazib beruvchi 
tomonidan bevosita iste‘molchiga xizmat ko‗rsatuvchi bankka qo‗yiladi.
b) qarzdor tomonidan talabnoma da‘vo summasi tan olinganligi haqida javob 
xatining asl nusxasi ilova qilinganda;
v) qonunchilikda to‗g‘ridan – to‗g‘ri ko‗zda tutilgan boshqa xollarda.
O‗lchov asboblari ko‗rsatkichlari va amaldagi tariflar asosida yozilgan elektr 
va issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda «To‗lov maqsadi» grafasida 
«O‗lchov asboblari ko‗rsatkichlari» yoki «tarif asosida» degan yozuv ko‗rsatiladi.
Talabnomaning yuqori burchagiga «Akseptsiz» degan so‗z yoziladi yoki
yozuv yozilgan muhr qo‗yiladi. Bank ilova qilingan hujjatlarning talabnomada 
ko‗rsatilgan rekvizitlariga mosligini tekshiradi.
To‗lovchining bankida amaliyot (operasiyaon) kuni davomida kelib tushgan 
aktseptsiz to‗lanadigan talabnomalar shu kunning o‗zidayoq to‗lanadi. Yuqorida 
ta‘kidlanganidek, agar to‗lovchining hisob varag‘ida mablag‘lar mavjud yoki 
yetarli bo‗lmasa talabnomaning to‗lanmagan summasi ikkinchi kartotekadagi 
hisobvaraqlarga joylashtiriladi. 


29 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə