22
Fiskal siyosat
ning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun
davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy
barqarorlikni ta‘minlashdan iboratdir.
Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bo‗linadi. Avtomatik deganda
hukumat tomonidan qo‗shimcha chora – tabirlar
belgilamay mavjud iqtisodiy
mexanizm orqali iqtisodiy o‗zgarishlarga moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq
tuzilmalarini iqtisodiy kon‘yuktura o‗zgarishiga bog‘liqligi va boshqalar.
Diskretsion
(lotincha dissrecio – o‗z qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat
davlat tomonidan yalpi milliy
maxsulotning real hajmiga, bandlik, iflyatsiya va
iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatish maqsadida davlat tomonidan aniq chora –
tadbirlarni belgilash tushuniladi.
Doimiy amal qiluvchi qonunlar, qoidalar,
me‘yorlarga qo‗shimcha ravishda yoki ularni o‗zgartirish bo‗yicha
tezkor tarzda
majburiy chora – tadbirlar ko‗riladi (soliq reformasi va boshqalar).
Umuman olganda fiskal siyosat ijtimoiy himoya usullarini,
byudjet
daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarini oshirish
siyosati, narx – navoni pasaytirishga ta‘sir ko‗rsatish kabi chora – tadbirlarni o‗z
ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: