O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


muomiladagi pul miqdori = Yalpi milliy maxsulot



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165
pul va banklar

muomiladagi pul miqdori = Yalpi milliy maxsulot
Pul aylanishi soni
xolida aniqlanadi.
Pulning aylanish tezligi - pul muomala va to`lov vositasi sifatida amal 
qilgandagi uning harakat ko`rsatkichidir. Uning miqdorini hisoblash qiyin, shuning 
uchun uni hisob-kitob qilishda bilvosita ma`lumotlardan foydalaniladi. 
Monetar siyosat:
xarakatdagi pul miqdorini belgilash, uni qat‘iy nazorat 
qilish; tijorat banklari faoliyatini ko‗zatib borish: kredit emissiyasini bajarib 
borish; davlat oltin – valyuta zaxirasini yaratish va foydalanishni ko‗zda tutadi.
Davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo‗yicha chora – tadbirlar ko‗rish orqali 
mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan siyosat 
fiskal siyosat deyiladi. 


22 
Fiskal siyosat
ning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun 
davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy 
barqarorlikni ta‘minlashdan iboratdir. 
Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bo‗linadi. Avtomatik deganda 
hukumat tomonidan qo‗shimcha chora – tabirlar belgilamay mavjud iqtisodiy 
mexanizm orqali iqtisodiy o‗zgarishlarga moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq 
tuzilmalarini iqtisodiy kon‘yuktura o‗zgarishiga bog‘liqligi va boshqalar. 
Diskretsion
(lotincha dissrecio – o‗z qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat 
davlat tomonidan yalpi milliy maxsulotning real hajmiga, bandlik, iflyatsiya va 
iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatish maqsadida davlat tomonidan aniq chora – 
tadbirlarni belgilash tushuniladi. Doimiy amal qiluvchi qonunlar, qoidalar,
me‘yorlarga qo‗shimcha ravishda yoki ularni o‗zgartirish bo‗yicha tezkor tarzda 
majburiy chora – tadbirlar ko‗riladi (soliq reformasi va boshqalar). 
Umuman olganda fiskal siyosat ijtimoiy himoya usullarini, byudjet 
daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarini oshirish 
siyosati, narx – navoni pasaytirishga ta‘sir ko‗rsatish kabi chora – tadbirlarni o‗z 
ichiga oladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə