O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


III bob. Pul muomilasini tashkil qilish va pul massasi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   165
pul va banklar

III bob. Pul muomilasini tashkil qilish va pul massasi 
III.1. Pul muomalasi qonuni va uning mohiyati 
Pul muоmalasi
– bu pullarning mamlakatning ichki iqtisоdiy aylanishi, tashqi 
iqtisоdiy alоqalar tizimidagi, tоvarlar va хizmatlarning sоtilishiga, shuningdek, uy 
хo‗jaligidagi tоvarsiz to‗lоvlarga хizmat ko‗rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz 
shakllardagi harakatidir. Tоvar ishlab chiqarish pul muоmalasining оb`ektiv negizi 
bo‗lib, undagi tоvar оlami tоvarlarning ikki turiga: tоvarlarning o‗ziga va tоvar-
pullarga bo‗linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar yordamida 
tоvarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muоmalasi jarayoni amalga 
оshiriladi. 
Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan. Tovar 
muomilasini taminlash pul miqdoriga ko‗p jihatdan bog‘liq. 
Pul muomilasi qonuni
- muomila uchun zarur bo‗lgan pul miqdorini 
belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o‗zida aks ettiradigan qonundir. Bu 
qonunga ko‗ra muomila davrida muomilaga zarur bo‗lgan pul miqdori barcha 
tovarlar summasiga to‗g‘ri proporsional pul aylanishi tezligiga teskari proporsional 
o‗zgaradi. 
Xozirgi sharoitda muomila uchun zurur bo‗lgan pul miqdoriga quyidagi 
omillar ta‘sir etadi.
1.
Sotiladigan tovarlar miqdori (ko‗p bo‗lsa ko‗p va aksincha). 
2.
Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo‗lsa ko‗p va aksincha). 
3.
Kreditni rivojlanish darjasi (rivojlangan bo‗lsa naqd pul kam talab 
etiladi). 
4.
Naqd pulsiz xisob kitoblarni rivojlanish darajasi. 
5.
Pulni aylanish tezligi. 
Muomila uchun zurur bo‗lgan pul miqdorini yuqoridagi omillarni hisobga 
olgan holda quyidagi formulada ifodalash mumin. 
STVXM – ShKVNPXKB + MBTM - ShBBKTM 
MUZBPM = -------------------------------------------------------------- 
PMVTVSO‗AT 
Bunda: MUZBPM – muomila uchun zarur bo‗lgan pul miqdori
STVXM – sotiladigan tovar va xizmatlar miqdori
ShKVNPXKB – shundan kreditga va naqd pulsiz hisob – kitoblar bo‗yicha 
MBTM – majburiyatlar bo‗yicha to‗lovlar miqdori 
ShBBKTM – shundan bir – birini qoplaydigan to‗lovlar miqdori
PMVTVSO‗AT – pulning muomila va to‗lov vositasi sifatida o‗rtacha aylanish 
tezligi. 


35 
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish 
rivoji va shart-sharoitlariga bog‘liq bo`lgan turli xil omillar ta`sir ko`rsatadi. 
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omil - bu 
tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar 
bahosiga to`g‘ri proportsional, ya`ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi 
muomalaga ko`p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta`sir qiluvchi ikkinchi 
omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta`sir 
ko`rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul 
miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. 
Muomila uchun zurur bo‗lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi 
xomcho‗ti hamda aholi daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng 
foydalaniladi.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi 
choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: 
-iste`mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko`p tovar sotilsa, 
shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi; 
- naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish 
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga 
putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi 
tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya`ni inflyatsiya bo`lishiga yoki pul tanqisligiga 
(yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va 
qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni xo`jalikning pulga bo`lgan 
ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. 
Amaliyotda ko`proq uchraydigan xol bu aylanmada xo`jalikka kerak bo`lganidan 
ko`proq pulning bo`lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul birligi xarid 
qobiliyatining tushishiga olib keladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə