O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   165
pul va banklar

Plastik kartochkalar
tegishli bankda kartochka egasining hisob varagi 
mavjudligini tasdiqlovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib 
olish huquqini beruvchi, shaxsi belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to‗lov 
vositasini o‗zida ifoda etadi. 
Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi 
tadbirkorlar bir tomondan, maxsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat 


32 
ko‗rsatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ikkinchi 
tomondan, o‗rtasida bo‗ladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarda, shuningdek naqd 
pul berish punktlari (terminal) va bankomatlardan naqd pul olishda qo‗llaniladi. 
Plastik kartochkalar bo‗yicha xizmat ko‗rsatish shartnoma asosida amalga 
oshirilib, shartnoma quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- tomonlarning nomlari;
- shartnoma mavzusi; 
- tomonlarning xuquq va majburiyatlari;
- tomonlarning javobgarligi; 
- hisob – kitoblarni o‗tkazish shartlari;
- shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
- nizolarni hal qilish tartibi; 
- tomonlarning yuridik manzili. 
Plastik kartochkalar quyidagi belgilari bo‗yicha guruhlanadi: 
1.
Aloqadorligi bo‗yicha 
a) shaxsiy – bu jismoniy shaxsga beriladigan plastik kartochkalar; 
b) oilaviy – bu shaxsiy kartochka egasining ishonchnomasi asosida oilada 
foydalanuvchiga beriladigan plastik kartochka; 
v) korparativ – bu yuridik shaxslarga xizmat ko‗rsatish uchun mo‗ljallangan 
plastik kartochka bo‗lib ulardan ish xaqi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan 
boshqa to‗lovlarni, shuningdek naqd pullarni to‗lashda foydalanish taqiqlanadi. 
2. Bajaradigan vazifalariga ko‗ra: 
a).debet – kartochkasidan foydalanish uning egasiga emitent bilan mijoz 
o‗rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq o‗zining kartochkasidagi pul 
mablag‘laridan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to‗lash yoki naqd pul 
mablag‘larini olishda (korparativ kartochkalardan tashqari) foydalanish imkonini 
beradi. 
b). Kredit – kartochkasidan foydalanish uning egasiga, emitent bilan to‗zilgan 
shatnoma shartlariga muvofiq emitent tomonidan tovarlar, ishlar, xizmatlar xaqini 
to‗lash yoki pul mablag‘larini olish uchun (korporativ kartochkalardan tashqari) 
berilgan kredit liniyasi miqdorida operasiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. 
v). elektron xamyon – jismoniy shaxslarning kartochkasi bo‗lib undan 
foydalanish uning egasiga plastik kartochkadagi qoldiq mablag‘lar doirasida 
tovarlar, ishlar va xizmatlarga xaq to‗lash yoki pul mablag‘larini olishga imkon 
beradi. 
Plastik kartochkalarni tegishli shaxslarga biriktirishda quyidagi rekvizitlar 
bo‗lishi shart: 
- identifikasiya belgilari (kartani raqami, seriyasi va boshqalar); 
- bank – emitentning kodi;
- hisobvaraq raqami va kartochka egasining familiyasi, ismi, otasining ismi 
(tashkilotning nomi); 
- kartochkaning amal qilish muddati.
Plastik kartochkalardan foydalanib operasiyalarni amalga oshirishda tuzilgan 
hujjatlar rekvizitlari plastik kartochkalar rekvizitlari bilan kartochka egalarining 


33 
bank hisob varaqlari, shuningdek korxona identifikatorlari, naqd pul berish 
punklari, bankomatlar va tashkilotlarning bank hisob varaqlari kartasidagi 
muvofiqlikni belgilashga imkon beruvchi tomonlar o‗rtasida kelishib olingan 
belgilarni o‗z ichiga olishi kerak. 
Xulosa qilib aytganda, pul aylanishi - naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi 
pul belgilarining uzluksiz harakat jarayonidir. Qiymatning o‗zidan ajralganlik 
hоzirgi pul aylanishining o‗ziga хоs хususiyati hisоblanadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə