O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165
pul va banklar

Inkasso topshiriqnomasi
– mablag‘lar oluvchining hisob varag‘iga 
to‗lovchining hisob varag‘idan so‗zsiz tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish 
to‗g‘risidagi bankka topshirigini anglatadi.
Inkasso topshiriqnomalarini quyidagilar taqdim qilishi mumkin: 
- soliq idoralari – soliqlar va davlat byudjetiga boshqa majburiy to‗lovlar, 
shuningdek O‗zbekiston Respublikasi byudjetidan tashqari pensiya jamg‘armasiga 
majburiy to‗lovlarga oid to‗lovlar va boqimandalarni undirib olishda; 
- O‗zavtodor konserni organlari – Respublika yo‗l fondiga muddati o‗tib 
ketgan to‗lovlar bo‗yicha mablag‘lar undirishda; 
- Bojxona organlari – o‗z muddatida to‗lanmagan bojxona to‗lovlari va 
jarimalarni unidirishda;
- sud ijrochilari va undiruvchilar - ijro hujjatlari bo‗yicha pul mablag‘larini 
undirishda;


31 
- qonunchilikka muvofiq boshqa organlar. 
Ijro hujjatlari deb quyidagilar tan olinadi:
a) sudlar tamonidan berilgan ijro varaqalari;
b) sud buyruqlari;
v) alimentlar to‗lash to‗g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar; 
g) notariuslarning ijro ustxatlari; 
d) mehnat nizolari bo‗yicha komissiya qarorlari asosida beriladigan 
guvoxnomalar;
ye) ma‘muriy buyruqbozlik to‗g‘risidagi ishlarni ko‗rib chiqish vakolatiga 
ega organlar. (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
j) sud ijrochilarining qarorlari;
z) qonunchilikda ko‗zda tutilgan xollarda boshqa organlarning hujjatlari.
Bank tomonidan ijro hujjatlari asosan qo‗yilgan hisob varaqlaridan pul 
mablag‘larini undirish uchun inkasso topshiriqnomalarini faqat ijro hujjatining asl 
nusxasi yoki uni dublikati ilova qilingan holda qabul qilinadi. Hujjatlarning 
nusxalari bo‗yicha to‗lovchilarning hisob varaqlaridan mablag‘larni hisobdan 
chiqarish taqiqlanadi.
Hisob – kitob cheki
– bu mijozning xizmat ko‗rsatuvchi bankka chek 
beruvchining hisob varag‘idan chek qabul qiluvchining hisob varag‘iga ma‘lum 
miqdordagi mablag‘larni utkazib berish uchun bankning maxsus blankasida 
bankka bergan topshirig‘idir. 
Chek blankalari tijorat banklari buyurtmasiga ko‗ra ularning faoliyati uchun 
yetarli bo‗lgan miqdorda Markaziy bank qoshidagi «Davlat belgisi» (Gosznak) 
korxonasida belgilangan shaklda tayyorlanadi. Bunda chek raqami va seriyasi, 
bank – emitentning nomi va firma belgisi tipografiya usulida yoziladi. 
Hisob – kitob cheklari fakat tovarlar, ish va xizmatlar uchun xo‗jalik 
subyektlari va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar o‗rtasidagi naqd 
pulsiz hisob – kitoblarda qo‗llaniladi. 
Chek shaklidan foydalanishni ustunliklari quyidagilar: 
-
hisoblashuvni tez bo‗lishi; 
-
hisob - kitobni kafolatlanganligi
-
debitorlik qarzlarni kamayishi;
-
mablag‘lar aylanishi tezlashuvi. 
Chek shaklning kamchiliklari quyidagilar: 
- cheklarni yirik hisob – kitoblarga rasmiylashtirilmasligi; 
- ularni rasmiylashtirishdagi murakkabliklar; 

chek 
orqali 
tovarlarni 
nominal 
qiymatida 
sotib 
olib
bo‗lmasligi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə