O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


II.3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning asosiy shakllari, xususiyatlari



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165
pul va banklar

 
II.3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning asosiy shakllari, xususiyatlari
 
Hisob – kitoblar shakli deganda huquqiy me‘yorlarda ko‗zda tutilgan 
hisoblashuv hujjatlarining turi va hujjat aylanishi tartibi bilan farq qiladigan 
mablag‘larni naqd pulsiz o‗tkazish shartlari tushuniladi. 
Hisob - kitob operasiyalari banklar tomonidan korxona uchun ochilgan 
hisob varaqlaridan mijoz bilan hisob – kitob xizmati ko‗rsatish yuzasidan tuzilgan 
shartnomaga asosan amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013 yil 26 
apreldagi 9/1 – sonli «O‗zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar 
to‗g‘risida Nizom»ga asosan xo‗jalik yurituvchi subyektlar o‗rtasidagi naqd pulsiz 
hisob – kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 
- to‗lov topshiriqnoma;
- to‗lov talabnoma; 
- akkreditivga ariza;
- inkasso topshiriqnoma;
- hisob – kitob cheki; 
- plastik kartochkalar bilan hisoblashish 

Korxonalar o‗ziga qulay bo‗lgan hisob – kitob shaklini erkin tanlashi 
mumkin. Hisob – kitoblarning qaysi shaklini qo‗llash mumkinligini, to‗lovning 
to‗lash tartibi, to‗lovchi bilan mablag‘ oluvchi o‗rtasida tuziladigan shartnomada 
ko‗rsatiladi. 
Yuqoridagi shakllar bo‗yicha qo‗llaniladigan hujjatlar Markaziy bankning 
quyidagi talablari va andozalariga mos kelishi lozim: 
- hisob-kitob hujjatining raqami; 
- hujjat to‗ldirilgan sana, oy, yil; 
- to‗lovchining nomi; 
- to‗lovchining hisob varaq raqami; 
- soliq to‗lovchisining identifikasiya raqami (chek va akkreditivlarda 
ko‗rsatilmaydi); 
- to‗lovchi bank nomi; 
- to‗lovchi bank kodi; 
- oluvchining nomi; 
- oluvchining hisob raqami; 
- oluvchi bank nomi; 
- oluvchi bank kodi; 


27 
- to‗lov summasi miqdori (yozuvda ham ko‗rsatiladi); 
- to‗lovning maqsadi (cheklarda ko‗rsatilmaydi); 
Bulardan tashqari hisob-kitob cheklarida qo‗shimcha ravishda quyidagilar 
ko‗rsatiladi; 
- chekning seriyasi va raqami; 
- jismoniy shaxs pasportining seriyasi va raqami; 
- chekning oxirgi amal qilish sanasi 
Shu kabi akkreditiv bo‗yicha arizada quyidagilar qo‗shimcha ravishda 
ko‗rsatiladi; 
-amal qilish mudatti; 
- akkreditiv ochilayotgan shartnoma raqami va sanasi; 
- buyurtma raqami; 
- buyurtma sanasi; 
- tovar yoki xizmatning nomi; 
- akkreditiv bo‗yicha to‗lovni amalga oshirishda asos bo‗lgan hujjatning turi; 
-qo‗shimcha shartlar.
Hujjatlar imzo qo‗yish huquqiga ega bo‗lgan mansabdor shaxslarning o‗z 
qo‗li bilan qo‗ygan imzosi va korxona muhri mavjud bo‗lganda qabul qilinadi. 
Hujjatlarni bo‗yash, chizish va tozalashga yo‗l qo‗yilmaydi.
Naqd pulsiz hisob – kitob shakllarining muhim turlaridan biri to‗lov 
topshiriqnoma hisoblanadi. 
To‗lov topshiriqnoma mijoz o‗z hisobvarag‘idan unga xizmat ko‗rsatuvchi 
bankka ma‘lum bir summani boshqa mijozning hisobvarag‘iga o‗tkazish 
to‗g‘risidagi topshirig‘idir. 
Topshiriqnomalar bilan tovarlar, ish, xizmatlar va boshqa to‗lovlar bo‗yicha 
hisob – kitoblar amalga oshiriladi. 
Topshiriqnomalar bank tomonidan to‗lovchi hisob varag‘ida 
mablag‘lar bo‗lgandagina (agar shartnoma va boshqa me‘yoriy hujjatlarda 
boshqalar ko‗zda tutilgan bo‗lmasa) qabul qilinadi. 
To‗lov topshiriqnomalari bankga to‗lovchi va oluvchiga bitta bank xizmat 
qilsa 3 nusxada (bank uchun, to‗lovni oluvchi va to‗lovchiga) taqdim etiladi, agar 
har xil banklar xizmat qilsa 4 nusxada tuziladi.
Elektron to‗lovlar tizimi orqali olingan elektron to‗lov topshiriqnoma 
mablag‘larni oluvchi bankda 2 nusxada qabul qilinadi:
- bir nusxasi bankning kunlik hujjatlariga tikiladi. 
- ikkinchi nusxasi mablag‘lar oluvchining shaxsiy hisob varag‘idan olingan 
ko‗chirmaga ilova qilinadi.
To‗lov topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil 
bo‗lishi kerak, ular mos kelmagan xolda to‗lov topshiriqnoma ijro uchun qabul 
qilinmaydi (byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo‗yicha fondlar bo‗yicha 
to‗lovlar bundan mustasno). 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə