O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


II.2. Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165
pul va banklar

II.2. Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari
Ma‘lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik 
munosabatlar orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan 
resurslarni sotib olish, ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish va 
yetishtirilgan maxsulotlarni sotish jarayoni odatda korxona va tashkilotlar o‗rtasida 
olib boriladigan pullik munosabatlarga bog‘liq. 
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o‗rtasidagi va xo‗jaliklarni o‗z 
xodimlari bilan bo‗ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd pullik va naqd pulsiz 
shaklda olib boriladi. 
Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning harakati bankdan 
boshlanadi. Naqd pul bankdan chikkach korxona va tashkilotlar kassasi orqali 
aholi qo‗liga o‗tadi. Oldi – sotdi va to‗lov harakatlari bajarilgach u yana bankga
qaytadi. 
Mamlakatimizda naqd pul qo‗llaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi 
sub‘yektlar o‗rtasida bo‗ladi. 
1. Davlat va korxona, tashkilotlar, muassasalar o‗rtasida (ish haqi, tovar 
sotib olish, xizmat ko‗rsatish bo‗yicha to‗lovlar va boshqalar).
2. Davlat va aholi o‗rtasida (pensiya, nafaqa, byudjetga soliq to‗lovlari va 
boshqalar) 
3. Kredit tizimi va aholi o‗rtasida (qarz olish, uni qaytarish, pulni 
jamg‘armaga qo‗yish va olish, yutuqlarni olish va boshqalar) 
4. Korxona, tashkilot va muassasalar o‗rtasida cheklangan holdagi naqd pul 
bo‗yicha hisob – kitoblar, chunki ular o‗rtasidagi hisob – kitoblar asosan naqd 
pulsiz amalga oshiriladi. 


23 
Pulning naqd aylanishi – bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan 
to‗lovlar yig‘indisidir. Bu aylanish pul o‗zining to‗lov va muomila vositasi 
funktsiyalarini bajarishi bilan bog‘liq. 
Naqd pullar muomila vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar 
o‗rtasida hamda aholi o‗rtasidagi tovarlar sotib olinganda va sotishda qo‗llaniladi. 
Pul to‗lov vositasi sifatida ish xaqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi 
qurilish va boshqa maqsadlarga beriladigan kreditlar, sug‘urta to‗lov va 
qoplamalarini amalga oshirishda namoyon bo‗ladi. 
Undan tashqari naqd pulning aylanishi: 
- kommunal va maishiy xizmatlar uchun to‗lovlarda;
- soliq va boshqa yig‘imlar to‗lovida;
- «O‗zbekiston pochtasi» xizmatlari bo‗yicha to‗lovlarda;
- temir yo‗l, havo yo‗li va mahalliy transportga to‗lovlarda; 
- savdoda tovarlarni sotishda;
- qo‗yilmalarni qo‗yish va olishda;
- mehnat haqi, pensiya va nafaqalar to‗lovini amalga oshirishda va boshqa 
xolatlarda amalga oshiriladi. 
Shuni ta‘kidlash lozimki, pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi bir – biri bilan 
uzviy bog‘liq, chunki pul naqd pul aylanishidan naqd pulsiz aylanishga va 
aksincha aylanib doimiy harakatda bo‗lib, umumiy pul aylanishini ta‘minlaydi. 
Korxona, tashkilot va muassasalarning banklardagi hisob raqamlaridagi pul 
mablag‘lari quyidagi xollarda naqd pulga aylanadi: 
- Ishchi, xizmatchilarga ish haqi berishda ; 
- ko‗rsatilgan xizmat va ishlar uchun naqd pul to‗lovida;
- pensiya, nafaqa, har xil mukofotlar, sug‘urta qoplamasi to‗lovida;
- aholidan qishloq xo‗jalik maxsulotlari sotib olinganda;
- davlat zayomlari va lotoreya biletlari bo‗yicha to‗lovlarda;
- aholi banklardan o‗z jamg‘armalarini talab qilganda va boshqa hollarda.
O‗z navbatida naqd pullar quyidagi hollarda naqd pulsiz aylanishga 
tushadi: 
- uy– joy va kommunal xizmatlar uchun to‗lovlarda;
- har xil soliq va yigimlar, boj va jarimalar to‗lovlarida;
- aloqa tashkilotlariga to‗lovlarda ; 
- davlat zayomlari, lotoreya va boshqa uyinlardan tushumlar orqali;
-aholini yakka tartibdagi banklar bilan qurilish va boshqa kredit 
munosabatlari bo‗yicha to‗lovlarda;
- bolalar muassasalaridan foydalanish bo‗yicha to‗lovlarda;
- dam olish uylari va boshqa sog‘lomlashtirish muassasalaridan foydalanish 
bo‗yicha to‗lovlarda va boshqa hollarda.
Pulning naqd pullik aylanishga o‗tish jarayoni pul muomilasi uchun xatarliroq 
ekanligi tufayli Markaziy bank tomonidan u qattiq nazorat qilinadi. 
Naqd pullik munosabatlarning xususiyatlari yana shundaki, bir pul belgisi bir 
necha marta to‗lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Muomilada bo‗lgan naqd 
pul massasi ma‘lum bir davrda (oy, chorak, yillarda o‗zgarmas bo‗lib turgan holda 


24 
naqd pul aylanishi pulni aylanish tezligiga ko‗ra muomiladagi naqd pul miqdoridan 
bir necha marta ko‗p bo‗lishi mumkin va aksincha. 
Pul aylanishida to‗lov aylanishi bilan naqd pulsiz aylanishlar o‗rtasidagi farqni 
bilish lozim. To‗lov aylanishi deb pulning to‗lov vositasi sifatida harakati tufayli 
vujudga kelgan pul aylanishiga aytiladi. Naqd pulsiz aylanish to‗lov aylanishining 
tarkibiy qismi bo‗lib naqd pulsiz aylanish va naqd pul aylanishining pulning to‗lov 
vositasi funktsiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi. 
Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga 
to‗g‘ri keladi. 
Naqd pulsiz hisob – kitoblar deganda korxona va tashkilotlar tomonidan tovar 
ayirboshlash, xizmatlar ko‗rsatish va tovarsiz operasiyalar bo‗yicha bir – biriga 
bo‗lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablag‘larini 
schyotdan – schyotga o‗tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. 
Mamlakat iqtisodi rivojlanib borgan sari pul oborotida naqd pulsiz hisob – 
kitoblarning ulushi ortib boradi. 
Shu asosda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 
1998 yil 27 – iyunda №60 son bilan tasdiklangan «O‗zbekiston Respublikasida 
naqd pulsiz hisob – kitoblar to‗g‘risida» Nizom qabul qilingan va unga 2002 yilni 
12 yanvarida ayrim o‗zgartirishlar kiritilgan. 
Ushbu Nizom O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki, Banklar va bank faoliyati to‗g‘risidagi, O‗zbekiston 
Respublikasi korxonalari to‗g‘risidagi Qonunlari va O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining O‗zbekiston hududida naqd pulsiz hisob – kitoblarni tartibga 
soluvchi boshqa me‘yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika 
makonida hisob – kitoblarni uzluksiz bajarilishini ta‘minlashga mo‗ljallangan. 
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi: 
1.
Yalpi ichki maxsulot va milliy daromad xajmining ortib borishi. 
2.
Tovar aylanishi hajmini o‗sishi.
3.
Xo‗jalik subyektlari o‗rtasida hisob – kitob munosabatlarining oshishi. 
4.
Bank kreditining ayirboshlash jarayonidagi rolini o‗sishi. 
5.
Iqtisodiy alokalarni rivojlantirishda va hisob – kitoblarda elektron 
hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan keng ko‗lamda samarali foydalanishni 
oshishi. 
6.
Naqd pulning kuprok miqdorda oldi – sotdi bilan shug‘ullanuvchi 
ishbilarmonlar qo‗liga o‗tib ketganligi. 
7.
Pulning davlat gaznasidan chiqib yana qaytib kelishi jarayonlarida 
uzilishlarning paydo bo‗lishi. 
8.
Davlatning naqd pul yetishmasligi muammosiga duch kelishi va 
boshqalar.
Naqd bo‗lmagan pul harakati hajmining doimiy o‗sib borishi xalq xo‗jaligida 
muhim ahamiyatga ega va u quyidagilar bilan belgilanadi: 
- xo‗jalik sub‘yektlarining naqd pulga bo‗lgan ehtiyoji keskin qisqaradi; 
- o‗zaro hisob – kitoblarni amalga oshirish jarayonidagi muomila xarajatlari 
tejaladi; 


25 
- muomiladagi pul mablag‘larining xavfsizligi kamayadi; 
- hisob – kitoblarni banklar orqali amalga oshirilishi ularning xuquqiy jihatdan 
qonuniyligini ta‘minlaydi. 
- xo‗jalik hisob varag‘iga pul mablag‘larining kelib tushishi, ular yaratgan 
maxsulot yoki ko‗rsatgan xizmatlarnig ijtimoiy tan olinishi ta‘minlanadi; 
- xo‗jaliklar o‗rtasidagi aloqalarni mustaxkamlaydi, tovar – pul mablag‘lari 
xarakatini tezlashtiradi; 
- naqd pulga bo‗lgan talabni va shu bilan birga qog‘oz pullar emissiyasi va 
ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi; 
- hisob – kitoblarni banklar orqali o‗tishi lozim bo‗lgan soliqlar miqdorini 
to‗g‘ri aniqlash bo‗yicha nazoratni ta‘minlaydi; 
- muomilada naqd pul miqdorini kamayishi uning inflyasiya darajasini 
pasaytiradi va boshqalar. 
 
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etish va amalga oshirishni banklar olib 
boradi. Maxsus banklar xalq xo‗jaligi tarmoqlari korxonalariga hisob – kitob 
xizmatini ko‗rsatadi. Markaziy bank bu hisob – kitoblarni yuritish bo‗yicha tartib 
qoidalarni ishlab chiqadi. 
Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi unsurlarni o‗z ichiga oladi: 
- naqd pulsiz hisob – kitoblarni olib borish va amalga oshirishning asosiy 
tamoyillari; 
- hisob – kitob shakllari; 
- hisob – kitob hujjatlari; 
- to‗lov turi; 
- to‗lov navbati va manbalari; 
- hisob – kitob qatnashchilari; 
- hisob – kitob qatnashchilarining xuquq va majburiyatlari va boshqalar
Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: 
1. Korxona va tashkilotlar o‗z pul mablag‘larini (qarzga olganlarini ham) 
banklarda saqlashi zarur. 
2. Barcha naqd pulsiz hisob – kitoblarni bank orqali o‗tishi. 
3. Xo‗jalik sub‘yektlari hisob – kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni 
shartnoma orqali mustahkamlab qo‗yishlari. 
4. Xo‗jalik sub‘yektlarining hisob – kitoblar bo‗yicha shartnomaviy 
munosabatlariga bankni aralashmasligi. 
5. Tovarlar va xizmatlar uchun to‗lovlar to‗lovchining roziligi bilan amalga 
oshirilishi. 
6. To‗lovlar xo‗jalik subyektlarining hisob varaqasidagi mablag‘lari 
hisobidan, ba‘zida (agar korxona kredit olishi mumkin bo‗lsa) bank krediti 
hisobidan amalga oshirilishi. 
7. Mol yetkazib beruvchining hisob varag‘iga pul mablag‘larini o‗tkazish 
mazkur mablag‘larning mol sotib oluvchining hisob varagidan chiqarilgandan 
keyin amalga oshiriladi. 
8. To‗lovchi tegishli huquqga ega bo‗lsa to‗lovni qisman va to‗liq rad etishi. 


26 
Xo‗jalik sub‘yektlari pul mablag‘larini saqlash va hisob – kitoblar olib 
borish, kassa operasiyalarini amalga oshirish uchun tegishli bank bo‗linmalarida 
o‗zlarining hisob varaqlarini ochadi. 
Byudjet hisob varaqlari byudjet kassasini ijro etish operasiyalarini bajarish, 
to‗lovlarning tushumi va xarajatlarni aks etirish uchun ochiladi. 
Ssuda hisob varaqlari ma‘lum tartibda rasmiylashtiriladigan ssudalar 
(kreditlar) bo‗yicha ochiladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə