O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


muomaladan pul olish operatsiyasi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165
pul va banklar

muomaladan pul olish operatsiyasi
deyiladi. Naqd pullar aylanishini 
mamlakatimiz misolida quyidagicha ifodalash mumkin: 
1. Markaziy bank buyurtmasiga ko‗ra, pul fabrikasida ishlab chiqarilgan naqd 
pullarni Markaziy bank va uning muassasalariga mahsus inkassatorlar apparati 
orqali yetkazib berish. 
2. Markaziy bank tijorat banklari buyurtmalariga va pul – kredit siyosati 
ko‗rsatgichlariga asosan tijorat banklariga inkassatorlar orqali naqd pullar yetkazib 
berish. Markaziy bank Hisob – kitob markazlari kassasidan faqat o‗z mijozlariga 
qonunchilikda belgilangan to‗lovlar uchunnaqd pullar berish. 
3. Tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan o‗zlari xizmat 
ko‗rsatayotgan korxona va tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan to‗lovlarni 
amalga oshirish uchun naqd pullar berish. 
4. Korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi
stipendiya, pensiya va boshqa ijtimoiy nafaqalar berish, shuningdek qonunchilikda 
ko‗zda tutilgan boshqa to‗lovlarni amalga oshirish. 
5. Aholi tomonidan korxona va tashkilotlardan naqd pullarga tovarlar va 
qimmatli qog'ozlar, lotyereya biletlari harid qilish, ko‗rsatilgan turli madaniy va 
maishiy xizmatlar, transport, sug'urta, kommunal to‗lovlari, jarima va ustamalar 
hamda boshqa majburiy to‗lovlarni amalga oshirish. 


38 
6. Korxona va tashkilotlar tomonidan naqd pul tushumlarini tijorat bank 
kassalariga topshirish (inkassaciya qilish). 
7. Jismoniy shahslar tomonidan tijorat banklaridan naqd pulda kreditlar, 
omonatlardagi pul qo‗yilmalari, dividend va naqd puldagi boshqa daromadlarini 
olish. 
8. Jismoniy shahslar tomonidan tijorat banklariga naqd pulda 
kreditlarni 
qaytarish, omonatlar qo‗yish va boshqa to‗lovlarni amalga oshirish. 
9. Tijorat banklari tomonidan muomalaga yaroqsiz va ortiqcha naqd pullarni 
Markaziy bankka topshirish.
2-chizma 
Yuqoridagi chizmaning 4 va 5–bosqichlar naqd pullarning bankdan 
tashqari aylanmasini o‗z ichiga oladi, ya'ni naqd pullarning bu harakati banklarni 
chetlab o‗tadi. Naqd pullarning bu aylanmasining ma'lum qismi, aholi va xo‗jalik 
sub'ektlari tomonidan amalga oshiriladigan noqonuniy faoliyat turi hisoblanadi. 
Shuning uchun dunyoning barcha mamlakatlarida naqd pullarning bankdan 
tashqari aylanmasiga barham berish uchun ko‗plab ishlar amalga oshirilmoqda. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə