O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


bera  boshlaydilar.  Kichik  maktab



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

 

bera  boshlaydilar.  Kichik  maktab



 

yoshidagi  o’quvchining  o’quv 

faoliyati  jarayonida

 

o’zidagi  xulq-atvorni



 

va

 

faoliyatni  o’zi  gomonidan 

muvofiqlashtiryash  qobiliyati



 

rivojlanadi,



 

ongli  ravishda  bir  fikrga  kela  olish 

qobiliyati  rivojlanadi,  o’z  faoliyatini  o’zi  uyushtirishga  hamda  bilim  olishi 

jarayoniga  bo’lgan  qiziqishining  qaror  topishiga  yordam  beradi.  O’quvchi  xulq 

atvorining  motivlashtirishi  ham  o’zgaradi.  Bunda  do’stlari  va  jamoaning  fikrlari 

asosiy  motivlar  bo’lib  qoladi.  Axloqiy  his  tuyg’ular  va  shaxsning  irodaviy 

xususiyatlari 

shakllanadi.



 

5-6 


yoshlarda 

ko’zga 


tashlangan 

bolalarning 

xususiyatlari yillar davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi, o’smirlik davrining 

boshlariga  kelib,  juda  ko’pgina  shaxsiy  fazilatlar  shakllanib  bo’ladi.  Bolalarning 

individualliklari  ularning  bilish  jarayonida  ham  ko’rinadi.  Bu  davrda  bolalarning 

bilimlari kuchayadi  va  chuqurlashadi,  ko’nikma  va  malakalari  takomillashadi. 3-4 

sinflarga  borib,  aksariyat  bolalarda  umumiy  va  maxsus  layoqatlar  ko’zga 

tashlanadi.  Kichik  maktab  davrida  hayot  uchun  nihoyatda  ahamiyatli  bo’lgan 

muvaffaqiyatga  erishish  motivi  mustahkamlanadi,  bu  esa  o’z-o’zidan  boshqa 

layoqatlarni  jadal  rivojlanishiga  olib  keladi.  Bu  yoshdagi  bolalarda  idrok,  diqqat, 

xotira, tafakkur va nutq to’liq shakllanib bo’lgani uchun ham ularga ta’lim berishda 

kattalarga  qo’llaniladigan  uslublardan  foydalanish  mumkin.  Kichik  maktab 




56 

 

yoshidagi  bolalar  psixik  rivojlanishiga  ularning  atrofidagi  odamlar,  ota-onasi, 



ayniqsa,  o’qituvchi  bilan  bo’ladigan  munosabati  orqali  erishish  mumkin.  3-4 

sinflarga  borib  bola  uchun  uning  o’rtoqlari  bilan  munosabatining  ham  ahamiyati 

ortadi.  Bu  munosabatlardan  kattalar  ta’lim-tarbiya  maqsadlarida  foydalanishlari 

mumkin.  Bu  yoshdagi  bolalar  soatlab  yolgiz  holda  sevimli  maxshulotlari  bilan 

shug’ullanishlari  mumkin  va  shu  asosda  ularda  mehnatsevarlik  va  mustaqillik 

fazilatlari shakllanadi.  

Takrorlash va muhokama qiljsh uchun savollar: 

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o’ziga xos psixologik 

xususiyatlari. 

1.

 



Maktabga ijtimoiy -psixologik moslashuv yo’llari qanday? 

2.

 



Bolalar  intellektual  rivojlanishida  kichik  maktab  davrining 

ahamiyati. 

3.

 

O’quv jarayoni davomida yuzaga keladigan muammolar; 



4.

 

Kichik  maktab  davridagi  bolalar  shaxsi  rivojida  yuzaga  keladigan 



yangilanishlar. 


Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə