O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


O’zlashtirmaslikning oldini olish uchun sindda o’tkaziladigan tadbirlar



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

O’zlashtirmaslikning oldini olish uchun sindda o’tkaziladigan tadbirlar

    Sinfda o’tkaziladigan tarbiyaviy ta’sir o’qituvchilar, ota – onalar, jamoatchilik 



va  o’quvchilar tashkilotlarining kuchlarini o’quvchilarning o’qish muvafaqqiyatiga 

tarbiyaning ta’sirini oshirish maqsadida birlashtirish bilan bog’liq. O’qishda 

qiynalayotgan bolalarga nisbatan qulay ahloqiy iqlim yaratish muhimdir. Bunda 

birinchi navbatda bolaning ustidan kulish, haqoratlashlariga yo’l qo’ymaslik, ta’sirini 

antipedagogik usullarga yo’l bermaslik zarur.  

     Bunday iqlim yakdil tashkil e’tilgan jamoadagina yaratish mumkin. Shuning 

uchun ham o’zlashtirmaslikning oldini olishning muhim tarbiyaviy ta’sirlaridan biri 

o’quvchilar jamoasida birdamlikni tarbiyalash, o’qishga nisbatan ijobiy munosabatni 

tarbiyalashda yoshlar tashkilotining rolini oshirish bo’yicha tadbirlar tashkil e’tish 

muhim hisoblanadi. 




57 

 

      Jamoa barcha tarbiyaviy kuchlarning maqsadga yo’naltirilgan ta’siri va 



birlashishi natijasida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi o’zini-o’zi tarbiyalashi va 

o’qishga qiziqishi oshadi. 

      O’quvchilarni o’zlashtirmaslik sabablari haqidagi psixologik pedagogik 

konsimum xulosasi bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiq, uy vazifalarini 

bajarishning oqilona yo’llarini ko’rsatish, uy vazifalarini bajarishga ketadigan vaqtni 

domo tahlil qilish zarur. 

       Boshlang’ich sinflarda o’quv ishlarini tashkil etish elementlarini egallash 

bo’yicha maxsus mashg’ulotlar tashkil e’tilishi maqsadga muvofiq. O’quvchilarning 

o’z kun tartibini oqilona tashkil e’tishga o’rgatish, uyda va maktabda mustaqil o’quv 

ishlarini asosiy bosqichlarini ajratish, kitob bilan to’g’ri ishlash, o’quv va mehnat 

topshiriqlarini bajarishda domiy o’z o’zini tekshirishni, amalga oshirishga qaratish 

lozim. Diqqat, xotira, tafakkur kabi bilish jarayonlarini rivojlantirish yo’llari bilan 

o’quvchilarni tushuntirish muhim. 

     Tarbiyaviy ishlar  vositasida o’zlashtirilmaslikning oldini olish sinf jamoasi 

hayotini shunday tashkil etish bilan bog’liqki, bunda har bir o’quvchi, ayniqsa, bo’sh 

o’zlashtiruvchi  o’quvchio’rtoqlari bilan doimiy aloqani his qiladi. Ular bilan 

muloqotga ehtiyoj sezadi. Bu esa sinfdan tashqari ishlarning har xil shakllarini tashkil 

etish va har xil o’quvchini maktabdagi o’zini o’zi boshqarish organlari tizimiga jalb 

etishni anglatadi. 

     Bunday ishlarni tashkil etishda o’g’il va qiz bolalarning qiziqishlari hisobga 

olinishi, o’quvchilarda mustaqillikni rivojlantirishga olib keladi.  Bu ishda 

o’quvchilarga ota onalari yordam berishi mumkin.  O’quv yili boshida bo’sh 

o’zlashtiruvchi o’quvchilar ota –  onalar bilan yaqin aloqa  o’rnatish uchun barcha 

chora tadbirlarini ishlab chiqish , ularning uylariga borish, farzandlari 

o’zlashtirmasliklarini oldini olish bo’yicha hamkorlikda  ishlarini ishlab chiqish 

lozim. Oilaning tarbiyaviy ta’siri mahsuldorligini oshirish maqsadida  ota –  onalar 

majlislarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va tarbiyasidagi ularning rolini 

oshirish haqidagi masalalarni muhokama qilish zarur. 




58 

 

      O’qishda orqada qolishning oldini olish  olish bo’yicha sinfdagi tadbirlar 



individual ishlar bilan olib borish  lozim. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning 

o’quv ishlarni oqilona rejalashtirish va tashkil etishda ko’nikma va malakalarini 

rivojlantirishga, muhimini ajratish ko’nikmasiga o’qishda o’z o’zini nazorat qilish uy 

vazifalarini bajarishga, oraliq va mustaqil ishni shakllantirishga e’tibor berish lozim. 

      Maxsus to’garaklardan ma’lum bo’lishicha boshlang’ich sinflarda uy 

vazifalarini bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni nisbatan ko’proq yordam yo’li bilan 

yechimda o’quvchilar qiynaladigan savollarni o’zlashtirishini,  albatta,  nazorat 

qilinishi zarur. Dars qoldirgan o’quvchining o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganligini 

nazorat qilish lozim. 


Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə