O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Taqqoslash elementlari sifatida faqat narxni belgilaydigan va



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Taqqoslash elementlari sifatida faqat narxni belgilaydigan va 
analoglar narxiga jiddiy ta‟sir ko„rsatishga qodir bo„lgan 
elementlar quyidagilar orasidan olinadi: 
1. Mulkiy huquqlar 
1.
Obyektning ijara shartnomasi bo‗yicha qo‗shimcha yuklamalari; 
2.
Servitutlar va ijtimoiy qo‗shimcha yuklamalar; 
3.
Obyekt tarkibidagi yer uchastkasiga bo‗lgan huquqlar. 
2. Moliyalash shartlari

1.
Sotuvchining xaridorni imtiyozli kreditlashi; 


2.
Pul mablag‗lari ekvivalenti bilan to‗lov. 
 
3. Alohida shartlar 
1. Sotuv narxining ijara stavkasi bilan bozorga oid bo‗lmagan 
aloqasi; 
2. Rivojlanish uchun subsidiya yoki imtiyozlar. 
4. Bozor shartlari 
1. Narxlarning vaqtda o‗zgarishi; 


263 
2. Taklif narxining bitim narxidan farqi. 
5. Joylashgan yeri 
1.
Hududning nufuzliligi; 
2.
Ishga oid faollik va hayot ta‘minoti markazlariga yaqinlik;
 
3.
Obyektga (transportda va piyoda) yetishning qulayligi;
 
4.
Atrof-muhit sifati (rekreatsiya va ekologiya) ;
 
5.
Obyekt atrofidagi imoratlarning holati.
 
6. Jismoniy tavsiflar 
1.
Yer uchastkasining tavsifi;
 
2.
Hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv tavsifi ;
 
3.
Imoratlarning eskirishi va ularni ta‘mirlashga bo‗lgan ehtiyoj.
 
7. Iqtisodiy tavsiflar 
1. Eng maqbul va eng samarali foydalanish shartlariga obyektning 
muvofiqligi ; 
2. Resurslarni tejash va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish 
imkoniyatlari. 
8. Servis va qo„shimcha elementlar
1. Aloqa va kommunal xizmatlar bilan ta‘minlanganlik ; 
2. 
Muhandislik 
va 
energetik 
kommunikatsiyalarga 
yer 
uchastkasining ulanish imkoniyatlari; 
3. Avtotransport uchun to‗xtash joyi va (yoki) garaj mavjudligi; 
4. Xavfsizlik tizimining holati; 
5. Ko‗chmas mulk tarkibida qo‗shimcha uskunalar mavjudligi. 
Tuzatishlar har bir taqqoslash elementi bo‗yicha alohida – analog 
narxining oldingi, tuzatish kiritilgan qiymatiga nisbatan kiritiladi. 
Tuzatishlar kiritish ketma-ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
*
taqqoslash 
elementlarining 
birinchi 
guruhidan 
to‗rtinchi 
guruhigacha tuzatishlar doim ko‗rsatilgan ketma-ketlikda kiritiladi, har 
bir tuzatishdan keyin taqqoslanayotgan obyektning sotuv narxi qaytadan 
hisoblanadi (keyingi tuzatishlarga o‗tilgunga qadar);
*
keyingi (taqqoslash elementlarining to‗rtinchi guruhidan keyin) 
tuzatishlarni kiritish istalgan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Bunda, 
avval foizli tuzatishlar, so‗ngra qiymatga oid tuzatishlar kiritiladi.


264 
Analog va baholash obyekti uchun taqqoslash birligi sifatida qaysi 
birliklar haqida bozorga oid axborot mavjud bo‗lsa, shu birliklardan 
foydalaniladi.
Yaxshilanmagan yer uchastkasi uchun solishtirma tavsiflar 
(solishtirma narxlar)dan foydalaniladi:
*
yer uchastkasi maydoni birligi narxi: kvadrat metr; ―sotix‖ (100 
kv. m); gektar (10 000 kv. m);
*
uzunlik birligi narxi: pogon metri;
*
mazkur turdagi funksional foydalanish uchun standart bo‗lgan 
maydonli uchastka narxi.
Baholash obyektining yakuniy qiymati quyidagi formula bo‗yicha 
aniqlanadi: 
S = 
Ped. x Sed., 
bu yerda: 
S – baholash obyektining yakuniy qiymati; 
Ped. – baholash obyekti taqqoslash birligining umumiy 
ko‗rsatkichi (jami yuza, jami hajm, jami uzunlik va h.k.); 
Sed. – yagona qiymatga keltirilgan (tuzatishlar kiritilgan) 
analoglarning taqqoslash birligi qiymati. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə