O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
 
UO„K: 332.72 
KBK: 65.422.5 
 
ISBN 978-9943-13-812-5 © «IQTISOD-MOLIYA», 2019 
©Toshkent moliya insituti, 2019 
 



 
 
KIRISH 
 
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va bozor islohotlarining 
rivojlanishi, mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish 
jarayonlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‗chmas mulk va 
unga nisbatan huquqlar qiymatini baholash bo‗yicha yangi faoliyat 
turining shakllanishiga olib keldi. Mulk obyektlarini baholash faoliyati 
iqtisodiyotni isloh qilish va huquqiy davlat qurishning ajralmas qismiga 
aylandi.
Ko‗chmas mulk qiymatini baholashning maqsad va vazifalarini, 
yondashuv va usullarini, shuningdek, mulk turlarini baholashning o‗ziga 
xos xususiyatlarini mukammal o‗rganish baholash faoliyatini nafaqat 
bozor infratuzilmasinining asosiy tarmog‗i sifatida, balki amaliy iqtisod 
fanining ilmiy-uslubiy yo‗nalishi sifatida tushunish imkonini beradi.
Respublikamizda ko‗chmas mulk qiymatini baholash xizmatlariga 
bo‗lgan talab bozor iqtisodiyotiga o‗tishning dastlabki kunlaridan paydo 
bo‗ldi. Davlat ko‗chmas mulkini xususiylashtirishning kengayishi, 
korxonalar ustav sarmoyasiga kiritiladigan ko‗chmas mulkning 
ko‗payishi, ko‗chmas mulk garovi ostida kreditlashning rivojlanishi va 
birinchi 
navbatda 
mulkdorlar 
sinfini 
shakllantirish 
hamda 
rivojlantirishga yo‗naltirilgan ko‗chmas mulk bilan bajariladigan uni 
sotish va sotib olish, ijara, sug‗urta, merosxo‗rlik huquqining bajarilishi, 
sud hukmining ijro etilishi kabi fuqarolik-huquqiy operatsiyalar o‗z 
vaqtida baholash tuzilmalarining obyektni baholash uchun majburiy 
tarzda ishtiroki bilan amalga oshiriladi. 
Bozor islohotlarini amalga oshirish yillarida amal qilgan ko‗chmas 
mulk obyektlarini baholash faoliyati O‗zbekiston Respublikasi 
iqtisodiyotini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi 
talablari bo‗yicha isloh qilish modelining o‗ziga xos xususiyatlari va 
xorijiy mamlakatlarda baholash ishlarining ko‗p yillik tajribasini 
inobatga oluvchi mustahkam ilmiy-uslubiy asosda rivojlantirish 
zarurligini taqozo etadi. 



Mamlakatimizda baholash faoliyati mutaxassislarini tayyorlash 
bilan band bo‗lgan o‗quv muassasalari tomonidan mulkchilikning turli 
obyektlarini baholash sohasidagi ta‘lim dasturlari faol ishlab 
chiqilmoqda. Shu bilan birga, hozirgacha baholash faoliyatini 
boshlayotgan mutaxassislar hamda ―Baholash ishi‖, ―Ko‗chmas mulk 
qiymatini baholash‖ va ―Tadbirkorlik va biznes asoslari‖ kurslari 
bo‗yicha ta‘lim olayotgan talabalar uchun fani bo‗yicha ko‗chmas mulk 
qiymatini baholashga respublikamizda shakllangan yondashuvlarning 
o‗ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi o‗quv adabiyotlari yetarli emas. 
Shuning uchun e‘tiboringizga havola etilayotgan mazkur darslik turli 
xildagi ko‗chmas mulklar qiymatini baholash bo‗yicha amaldagi 
manbalardan keng foydalanish asosida baholash ishlarining izchilligi va 
muayyan tartibida bayon etilgan. 
―Ko‗chmas mulk qiymatini baholash‖ fani bo‗yicha ushbu darslik 
5A231501-―Baholash 
ishi 
va 
riyeltorlik 
(obyektlar 
bo‗yicha)‖ 
magistratura mutaxassisligining malaka talablari va Oliy va o‗rta 
maxsus, kasb-hunar ta‘limi yo‗nalishlari bo‗yicha O‗quv-uslubiy 
birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2016-yil 09- 
yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma‘qullangan Fan dasturi asosida 
ishlab chiqilgan. Hozirda barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning samarali 
o‗sishi mulkchilik munosabatlari rivojlanishini ta‘minlashda ahamiyatli 
bo‗lgan ko‗chmas mulk qiymatini baholovchi mutaxassislarga ham 
ko‗pdan bog‗liq bo‗lgani uchun fanning o‗rni oliy malakali kadrlarni 
tayyorlashda beqiyosdir. Fanni o‗rganish asosida talabalarda ko‗chmas 
mulk 
qiymatini 
baholash 
bo‗yicha zaruriy nazariy bilimlar 
shakllantiriladi va amaliy ko‗nikmalar hosil qilinadi. 
 
Mazkur o‗quv qo‗llanmani tayyorlashda chet ellik olimlar N. 
Orduey, Dj. Fridman, Dj. K. Ekkert, S.V. Gribovskiy, A.G. Gryaznova, 
T.G. Kasyanenko, G.I. Mikerin, M.A. Fedotova, Ye.I. Tarasevich
1
va 
1
Дж. Фридман, Н. Ордуэй. Анализ и оценка приносящей доход недвижимости. Пер. с англ. Академия 
народного хозяйства при Правительстве Российской Федерации. -М: Дело Лтд, 1995.; Организация оценки и 
налогооблажения недвижимости / Под ред. Джозефа К. Эккерта. В 2х томах. -М.: РОО, 1997.; Грибовский 
К.В. Методология оценки коммерческой недвижимости. - СПб.: Изд-во СПбГУЭФ, 1998.; Касяненко Т.Г., 
Махавикова Г.А., Эсипов В.Е., Мирзажанов С.К. Оценка недвижимости: учебное пособие. - М.: КНОРУС, 
2010. - 752 с.; Микерин Г.И., Гребенников В.Г., Нейман Е.И. Методологические основы оценки стоимости 
имущества. -М.: ИНТЕРРЕКЛАМА, 2003.- 688 с.; Оценка недвижимости: Учебник / Под ред. А.Г. Грязновой 



boshqalar tomonidan ko‗chmas mulk qiymatini baholash sohasida nashr 
etilgan ishlardan keng foydalanildi. Darslikning ayrim bo‗limlarini 
tayyorlashda vatanimiz olim va mutaxassislari I.J. Abdurahmonov, B.B. 
Berkinov, V.U. Yodgorov, O.T. Islomov, A.N. Kravchenko, A.M. 
Mirxoshimov, K.A. Plaxtiy, K.B. G‗aniyev, N.J. To‗ychiyev, Sh.Sh. 
Shoxa‘zamiy
2
va boshqalarning turli xildagi ko‗chmas mulk qiymatini 
baholash sohasidagi ilmiy va amaliy ishlari natijalari inobatga olindi. 
Mazkur darslikni tayyorlashda o‗z fikr-mulohazalarini bildirgan 
olimlar: professor B.B. Berkinovga, professor A.N. Djabriyevga va 
professor Sh.Sh. Shoxa‘zamiyga hamda Toshkent moliya institutining 
―Baholash ishi va investitsiyalar‖ kafedrasining a‘zolariga o‗zimning 
chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. 
Turli xildagi ko‗chmas mulkni baholash bo‗yicha amaliy 
tavsiyalarni tayyorlashda N.F. Muxiddinov rahbarligidagi ―MIDLAND 
CONSULTING‖ MCHJ baholash tashkiloti tomonidan to‗plangan 
baholash ishlari bo‗yicha ko‗p yillik tajriba ham hisobga olindi. Muallif, 
ushbu darslikning shakli, tarkibiy tuzilishi va mazmun-mohiyati 
yuzasidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalarni minnatdorchilik bilan 
qabul qiladi. e-mail: 
metro8368@mail.ru
 
 
и М.А. Федотовой. -М.: Финансы и статистика. 2003.; Тарасевич Е.И. Оценка недвижимости. СПб.: 
СПбГТУ, 1999. 
2
Абдурахмонов И.Ю. Оценка недвижимости: введение в практику оценки стоимости зданий и сооружений. 
-Т.: ‖НОРМА‖, 2011. -448 с.; Alimov R.X, Berkinov B.B., Kravchenko A.N., Xodiyev B.Yu. / O‗z FA Akademigi 
G‗ulomov S.S. tahriri ostida. Ko‗chmas mulkni baholash. -T.: ―Fan‖, 2005. -231 b.; Ганиев К.Б., Ганиева Г.И. 
Оценка недвижимости: Учебное пособие - Ташкент, КОНСАУДИТИНФОРМ-НАШР, 2010. -232 с.; 
To‗ychiyev N.J., Mirxoshimov A.M., Plaxtiy K.A. Ko‗chmas mulkni baholash asoslari. O‗quv qo‗llanma. – T.: 
Adolat, 2000.; Shoxa‘zamiy Sh.Sh. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari. – T.: ―Iqtisod-moliya‖, 2015. – 464 
b. 




Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə