O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 2.3rasm
2.3 Bakteriya ko‘payish turlari
 
Ko`payish deb mikroorganizm hujayra sonining oshishiga aytiladi.
Ko`payish ko`ndalangiga bo`linish yo`li bilan, ba'zan esa kurtaklanib yoki 
spora hosil qilib amalga oshadi. Umuman, prokariotlarning ko`payishi jinssiz 
binar bo`linib ko`payishidir. Ko`payish jarayoni hujayraning uzayishidan, 
nukleoidning ikkiga bo`linishidan boshlanadi. Nukleoid-superspirallashgan, 
zich joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi). 
Mikroorganizmlarda ham DNKning replikatsiyasi, DNK-polimeraza fermenti 
orqali amalga oshadi. DNK ning replikatsiyasi, bir vaqtning o`zida, qarama-
qarshi yo`nalishda ketadi va u ikkilanib qiz hujayralarga o`tadi. Qiz 
hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayranikidek bo`ladi. Replikatsiyasi 
bakteriya hujayrasining ko`payishiga ketadigan vaqtning 80% ni egallaydi. 
DNK replikatsiyasidan so`ng, hujayralararo to`siq hosil bo`ladi. Bu 
murakkab jarayondir. Avvalo hujayraning ikki tomonidan sitoplazmatik 
membrananing ikki qavati o`sadi, so`ngra, ular orasida peptidoglikan 
(murein) sintezlanadi va nihoyat to`siq hosil bo`ladi. To`siq ikki qavat 
sitoplazmatik membrana va peptidoglikandan iborat. DNK replikatsiyasi 
davomida va bo`luvchi to`siq hosil bo`lishi vaqtida hujayra uzluksiz o`sadi. 
Bu vaqtda hujayra devorining peptidoglikani, sitoplazmatik membranasi, 
yangi ribosomalar va boshqa organellalar, birikmalar, xullas, sitoplazmadagi 
birikmalar hosil bo`ladi. Bo`linishning oxirgi stadiyasida qiz hujayralar bir-
biridan ajraladi. Ba'zan esa bo`linish jarayoni oxirigacha bormay, bakteriya 
hujayralarining zanjiri hosil bo`ladi.
2.3rasm
 


27 
Tayoqchasimon bakteriyalar bo`linishidan oldin u bo`yiga o`sadi va 
ikkiga bo`lina boshlaydi. Tayoqcha o`rtadan sal torayadi va ikkiga bo`linadi. 
Agar hujayra ikki bir xil bo`laklarga bo`linsa, bunga izomorf bo`linish 
(izoteng) deyiladi. Ko`pincha geteromorf bo`linish kuzatiladi.
Agar xivchinli hujayra bo`linsa, qiz hujayrada ko`pincha xivchinlar 
bo`lmaydi ular ona hujayrada qoladi. Keyinchalik qiz hujayradan hivchin 
o`sadi. Demak, ona hujayra birlamchi hujayra devori, fimbriylar, 
hivchinlarga ega bo`ladi. Speroxitlar, rikketsiylar, ba'zi achitqilar, 
zamburug`lar, sodda hayvonlar (protistlar) ko`ndalangiga bo`linibko`payadi. 
Miksobakteriyalar "tortilib" ("peretyajka" hosil qilib) ko`payadi. Avval 
hujayra bo`linadigan joydan torayadi, so`ngra hujayra deaori ikki tomonidan 
hujayraning ichki tomoniga qarab bo`rtadi va oxirida ikkiga bo`linadi. Qiz 
hujayra o`zisitoplazmatik membranasi bo`lgan holda, hujayra devorini 
vaqtincha saqlab qoladi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə