saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko`rsatgichiga egadir,
hatto turmush
tajribasida to`plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham
mumkin. Chunki, yirik yozuvchilar, vrachlar, o`qituvchilar, ruhoniylar,
savdogarlar uzluksiz ravishda kishilar bilan muomalaga kirishishlari natijasida
ularning ichki dunyosi va xulq-atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada
qurollangandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko`pmi psixologik
bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir-birlarini tushunishlari,
ta’sir o`tkazishlari, xulq-atvor oqibatini oldindan bashorat qilish, kishining
yakkahol xususiyatlarini hisobga olgan holda ko`rsatishni ta’kidlab o`tishning
o`zi kifoya.
Endi kundalik turmushning psixologik bilimlari bilan
ilmiy psixologik
bilimlar o`rtasidagi tafovutni oladigan bo`lsak, kundalik turmushga oid psixologik
bilimlar, dastavval, yaqqol va alohida olingan holat, vaziyatni o`z ichiga qamrab
oladi. Masalan, sinchkov bola o`z muddaosiga yetish uchun otasiga, onasiga,
buvasiga, opasi hamda akasiga har xil uslub bilan ta’sir o`tkazadi, turlicha
vositalardan foydalanadi. U ko`zlangan maqsadiga erishish uchun katta yoshdagi
odamlarning individual-tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutadi.
Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar aniq vaziyatga qaratilganligi, biror
shaxsga yo`natirilganligi bilan ilmiy psixologik bilimlardan farq qiladi.
Ilmiy psixologiya esa muayyan metodlar, vositalar, uslublar, usullar,
operatsiyalar yordamida ma’lumotlar to`plash va ularni umumlashtirishga
intiladi,
izlanyotgan ob’ektning xususiyati, holati, munosabati, bog`lanishi kabilarni aks
ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta’riflar,
qonuniyatlar, xossalar yordamida
psixologik mexanizmlar kashf qilishga harakat qiladi.
Odatda shaxsning xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xislatlari, xulq-
atvorlari, xatti-harakatlari bo`yicha turmush sharoitidagi bilan fan olamidagilar
o`zaro o`xshab ketsada, lekin ilmiy psixologik mazmun, mohiyat,
mantiqan
izchilligi bilan keskin ajralib turadi. Yuqorida yuritilgan mulohazalar kundalik
turmush tajribasida to`planadigan psixologik bilimlar bilan ilmiy bilimlar
orasidagi dastlabki farqni sharxlashga yo`naltirilganligi bois alohida ahamiyat
kasb etadi. Lekin shu narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, turmush oid amaliy
psixologik bilimlarga asoslanmasdan turib, ilmiy psixologik nazariyalarni yaratish
mumkin emas. Holbuki shunday ekan, amaliy bilimlar genetik kelib chiqishi
nuqtai nazaridan birlamchi hisoblanadi Shu narsani alohida ta’kidlab o`tish
zarurki, kundalik turmush psixologik bilimlari aksariyat hollarda sezgirlik,
topqirlik xususiyati asosida intuitiv tarzda namoyon bo`lishi kuzatiladi.
Shuning
uchun
bunday
psixologik bilimlar mahsus uslublar
yordamida qabul qilinadi, ammo mantiqiy tahlil qilinmasdan turib to`g`ridan-
to`g`ri muomala tizimiga o`tiladi. Turmushda uchraydigan go`daklarning har xil
shakldagi harxashalari va ularning maqsadga erishish
istaklari kundalik hayotiy
tajribalari, sinovlarida toblanadi, sezgir bolalar katta yoshdagi odamlarning zaif
va mustahkam tomonlarini puxta o`rganadilar, bu borada muayyan qarorga
kelganlaridan so`ng har qaysi shaxsga yakkahol yondashishini amaliyotga tatbiq
qilib ko`radilar. Ana shu tariqa amaliy psixologik bilimlar ma’lum tizimga
kiritiladi, ularning barqaror xususiyat kasb etganlari esa turmushda qo`llanila
7
boshlanadi. Buning uchun o`zgalarga ta’sir o`tkazish usuli, ularda ichki
imkoniyatga ishonch tuyg`usini uyg`otish, ta’sirga beriluvchanlikni
kuchaytiruvchi motivlar tabiatini chuqur tahlil qilish kerak. Hayotiy psixologik
bilimlarning ilmiy psixologik bilimlardan farqi shundan iboratki, ilmiy jihatdan
asoslangan bilimlar anglashilgan, mantiqiy puxta,
oqilonalik xususiyatiga
ega bo`ladi. Ilmiy psixologik bilimlar faraz va g`oyalarni ilgari surish daqiqasidan
boshlaboq shakllana boradi, ulardan kelib chiqadigan oqibatlarni mantiqan
tekshirish bilan yakunlanadi. Bunda ham olg`a surilgan g`oyalar tekshirish
jarayonida biron-bir tasdiq yoki inkor ma’nosiga erishsagina ilmiy psixologik
bilimlar tizimiga kiritiladi.
Hayotiy isixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlar bilan qiyoslanishni
davom ettirsak, unda ular o`rtasidagi tafovutlar yanada yaqqolroq ko`zga tashlana
boshlaydi, masalan keksa avlod tomonidan yaratilgan turmush psixologiyasini
yosh avlod to`g`ridan-to`g`ri qabul qila olmaydi. Har bir
yosh yakkahol ravishda
hayotiy psixologik bilimlarni shaxsiy tajribasidan o`tkazganidan keyingina
ularnipg to`g`riligiga ishonch hosil qiladi. Ana shu boisdan
keksa avlod bilan yosh
avlod o`rtasida yuz beradigan nizolar, tushunmovchiliklar uzluksiz, to`xtovsiz
ravishda davom etayotganligi sababli abadiyat konuniyatlariga aylanib ketgandir.
Ilmiy psixologik bilimlar bundan farqni o`laroq tajribalarda, ilmiy tushunchalar va
qonuniyatlarda yanada oydinlashadi, so`z va alomatlar orqali, nutq yordamida
muayyan yozma nutq manbalarida qoldiriladi. Shuning uchun ularniig yoyilish
ko`lami keng, tarqalish sur’ati tszdir. Kundalik turmushda to`planadigan
psixologik bilimlar kuzatishlar, mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan
qarorga kelishlar zamiriga quriladi. Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish,
sinash, tajriba (eksperiment) o`tkazish orqali bir
voqelikni bir necha marta
takroran tekshirishlar yordamida umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush
psixologiyasining materiallari tabiiy ravishda ro`y bergan vaziyat, holat, voqelik
kabilarni tahlil hilish natijasida yuzaga kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng
qamrovli tajriba ma’lumotlariga tayanadi. Tajribalar esa bir necha bosqichlardan,
qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar tabiiy ko`rinishini kutib o`tirmasdan,
balki zarur sharoit yaratiladi.
Shu faktni yana bir marotaba ta’kidlash o`rinliki, ilmiy psixologiyada
katta hajmdagi materiallar, shu jumladan, qonuniyatlar, xususiyatlar
umumlashtiriladi, insonning ichki imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, qobiliyati
yuzasidan umuminsoniy tavsifga ega bo`lgan teran xulosalar chiqariladi. Buning
natijasida odam psixikasini aniqlash, bashorat qilish, ayrim ruhiy nuqsonlarni
tuzatsh, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug`iladi, bu esa
ijtimoiy, ijtimoiy psixologik bog`lanishlar mohiyatini oqilona tavsiflash uchun
xizmat qiladi. Ijtimoiy va yakkahol turmush og`irliklari va tashvishlarini
kamaytirish, aqliy hamda jismoniy zo`riqishlarni pasaytirish, shaxslararo
nizolarni bartaraf etish singari sa’y-harakatlarni faqat ilmiy psixologik
materiallarga asoslangan xolda oshirish mumkin.
Shuning uchun psixologiyaning turli sohalarida (yosh psixologiyasi,
pedagogik psixologiya. tibbiyot psixologiyasi, sotsial psixologiya va boshqalar)
o`tkazilgan tadqiqot
ishlari ilmiy asosda psixika, psixik holat, psixik hodisa, psixik
8