jarayon,
psixik funktsiya, psixik xususiyat, ijodiyot, faoliyat, ong, xulq, muomala
singari tushunchalar bo`yicha materiallar to`plab beradi, shuningdek, psixik aks
ettirishning (fizik, fiziologik, psixik, ong, o`zini o`zi anglash) moddiy asoslari,
mexanizmlari yuzasidan qonuniyat ochishga imkon yaratadi, hatto insonning
o`zligiii anglash va boshqarish sari yetaklaydi.
«Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so`zini o`zbek tiliga tarjima qilsak, u
«jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi
davrda «jon» tushunchasi o`rniga «psixika»ni qo`llashda davom etmoqdamiz.
Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni
bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungn kunda «jon»dan
kengroq
ko`lamga ega bo`lib, ham ko`zga ko`rinuvchi, ham ko`zga ko`rinmovchi
tomonlarini o`zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq,
muomala yaqqol namoyon bo`lish xususiyatiga ega bo`lsa, bilish jarayonlari,
psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada
mujassamlashgani uchun ular ko`zga ko`rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi
davrdagi taraqqiyoti ular o`rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi.
Psixika to`g`risida dastlabki tasavvurga ega bo`lish uchun dastavval psixik
hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda
psixik hodisalar deganda ichki,
sub’ekgiv tajriba faktlarniig namoyon bo`lishi tushuniladi, boshqacha so`z bilan
aytganda psixika hayotning sezgi, idrok
,
xotira, tafakkur. xayol kabi har biri
alohida olingan yaqqol shakllaridai iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajribaning o`zi
nimani anglatadiz Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg`ulari, uning nimalarnidir
esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki
xayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy
qismlaridir, ya’ni bularnipg hammasi sub’ektiv psixik hodisalar sanaladi.
Sub’ektiv hodisalarning asosiy xususiyati ularning bevosita sub’ektga
taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa,
albatta ana shu hodisalarni bir davrning o`zida tushunib ham turadi.
Inson intilsa,
ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo`layotganligini anglab
turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir
bo`lishidan tashqari, ular bevosita ko`z o`ngimizda namoyon bo`lib turadi. Umumiy
qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi,
odatda shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning
tomoshabini hisoblanadi.
Psixikaning turli shakllarda ko`rinishi, jumladan, psixik jarayonlar,
anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha psyche «jon»
somo «tana» ma’nosini anglatadi)
hodisalar, inson aql-zakovati va qo`lining
mo`’jizakorligi moddiy va ma’naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday
faktlarda, hodisalarda psixika namoyon bo`ladi, o`zining xususiyatlarini ajratadi,
faqat ular orqaligina psixikani o`rganish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda sub’ektning ichki kechinmalarining
tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning ob’ektiv shakllari (xulq-atvor, tana
harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali
psixikaning xususiyatlari, holatlari, konuniyatlarini o`rganish tushuniladi.
Boshqacha so`z bilan aytganda. inson ongidan tashqari, o`sha bog`liq bo`lmagan
9
holda hukm suruvchi ob’ektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisalar,
muhit, sharoit va boshqalarning
psixikada aks etishi
psixologik voqelik deb
ataladi.
Bugungi kunda psixologiya to`g`risidagina emas, balki uning sohalari
bo`yicha ham boy ilmiy materiallar to`plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan
mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli
dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya
psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim
psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus
psixologiya, iste’dod psixologiyasi) tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya,
psixogigiena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat
tuzatish,
sud psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi) harbiy psixologiya,
savdo va reklama psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy
psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.
Psixologiya predmet quyidagilarni qamrab olishi zarur:
1)
psixologik bilish jarayonlari (sezgi. idrok, xotira va hokazo)
2)
psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala),
3)
psixikanppg holatlari (kayfiyat, xayolparishonlnk kabilar),
4)
psixikaning hodisalari,
5)
psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari,
6)
psixikaning
qonuniyatlari,
7)
psixikaning mexanizmlari,
8)
psixik sharoit, muhit, vaziyat,
9)
o`zaro sababiy bog`lanishlar,
10)tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, printsiplari
va hakazo.
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida qadimgi odamlar tabiiy
hamda ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqkan holda ibtidoiy jamoa a’zolarining
psixologik xususiyatlarini aniqlash, ulardan shaxslararo munosabatlarda oqilona
foydalanish, o`zining xatti-harakati, shaxsiy faoliyati va muomalaga kirishishida
ularni hisobga olishga intilib yashab kelganlar. Ko`p ming yillik ijtimoiy hayot
tajribalariga asoslangan ravishda odamlar shaxsning
individual xususiyatlarini
jon bilan bog`lashga va uning ta’siri bilan izohlashga harakat qilishgan. Qadimgi
odamlarning tasavvurlariga qaraganda, inson tanasida jon joylashgan bo`lib, u
shaxsga oid xususiyatlar, xislatlarni vujudga keltirish imkoniyatiga ega emish.
Ijtimoiy xalqlariing tasavvurlarida rux insonning tanasi bilan uzviy bog`liq holda
xukm suradi, go`yoki yashaydi. Shuning uchun ijtimoiy hodisalar, hatto ong,
shuningdek, real voqeliklar (o`lim, uyqu, bexush bo`lish, betoblik) kabilarni sodda
tarzdagi moddiylik nuqtai nazaridan talqin qilishga uringanlar. Sodda tafakkur
shakllari bilan qurollangan qadimgi odamlar atrof-muhit to`g`risidagi rang-baraig
holatlar, hodisalar mohiyatini ilmiy jihatdan dalillash imkoniyatiga ega
bo`lmaganligi sababli idrok qilingan narsani uning
haqiqiy mohiyati tarzida aks
ettirishgan.
Ularning tasavvurlarida quyidagicha talqinlar keng o`rin egallagan:
10