O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73

bilan bir qatorda har xil amaliy mehnat malakalari tarkib topishining asosini 
tashkil qiladi. Agar iisonda harakat xotirasi bo`lmaganda edi, u bironta xarakatni 
amalga oshirish uchun o`sha harakatning aynan o`zini har gal boshdan boshlar, 
o`rganar edi.  
His-tuyg`u yoki hissiy xotira. Bu xotira his-tuyg`ular, ruhiy kechinmalar, 
hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday 
qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga 
nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar 
berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va 
faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Voqelikdagi narsa va hodisalardan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni 
zsda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi xissiy xotira deb 
ataladi. Ular biz ruhiyatimizda kechirgan, xotiramizda saqlanib qolgan his-tuyg`u, 
ehtiros, alam, armon kabilar jonlanishga harakatga undovchi yoki o`tmishda 
salbiy kechinmalarga ega bo`lgan harakatlardan saqlab turuvchi signal tarzida 
namoyon bo`ladi.  
Hissiy xotira o`zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, 
davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. 
Har qaysi odamga o`z turmush tajribasidan  ma’lumki, ko`pincha qachonlardir 
o`qigan kitoblardan, tomosha qilgap kinofilьmlardan spektakllardan fakat 
taassurotlar  sifatida namoyon bo`ladi. 
Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning 
bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog`liq bo`lgan xotira 
turidir. Obraz xotirasi deb, yaqkol mazmunni, binobarin, narsa va hodisalarning 
aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog`lanishlarini esda qoldirish, ongda 
mustahkamlash hamda zaruriyat tug`ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga 
aytiladi. 
Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir nechta turlari ajratib ko`rsatiladi, 
biz ularning ayrimlariga tavsif beramiz. 
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo`la oladi. Ushbu 
ruhiy holatni ong bilan boshqarib bo`lmaydi, chunonchi xohishlarga qarab 
uzaytirish, ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil 
obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihati bilan farq qiladi. 
Izchil obrazlarni eshitish, teri orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu 
vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq nomoyon bo`lishi va qisqa muddat davom 
etishi kuzatiladi. 
Eydetik obrazlar. Psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni 
farqlanadi. Xotiraning bu turi, ya’ni eydetik obrazlar o`z vaqtida nemis 
psixologiya maktabining namoyondalari aka-uka Yenishlar tomonidan ta’riflab 
berilgan.  
Tajribalarning ko`rsatishiga qaraganda, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson 
ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning izlari  yo`qolib ketgan bo`lsa ham, 
lekin hech qanday qiyinchiliksiz uning siymosi qayta tiklanishi mumkin. 
Eydetik obrazlar harakatchanlik xususiyatiga ega bo`lib, subьektning oldiga 
qo`yilgan vazifa va uning tasavvurlari ta’siri ostida o`zgartirishi mumkin. 
 
85


Tasavvur obrazlari. Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi 
bo`lib xisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson 
daraxt, meva, gul to`g`risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko`rsatadiki, uning 
ilgarigi tajribalari sub’ektning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy 
tushunchalar talqin qilinganida tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda 
yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik taxlil shuni 
ko`rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo`lib, o`ziga xos 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan 
ajratuvchi farq - tasavvur obrazlarining polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy 
mohiyati tasavvur obrazlari ko`rish, eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy 
qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva to`g`risidagi tasavvur obrazi uning tashqi 
ko`rinishi (shakli, rangi), mazasi, og`irligi, vaznini o`zaro birlashtirib aks ettiradi. 
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan iboratki, u 
o`z tarkibiga narsa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni kiritadi va 
jismlarning asosiy xususiyatlarini ajratib, ma’lum bir kategoriyaga birlashtiradi. 
Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so`z yoki 
tushuncha bilan ataydi, nomlaydi xususiyatlarini ajratib ko`rsatadi, aniq bir 
kategoriya mohiyatiga kiritadi. 
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsaning 
izini sust ravishda saqlabgina qolmay, balki bir qator taassurotlar bilan boyitadi, 
narsa mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, u haqida o`z bilimlari, tushunchalari 
kabilarni taj-riba bilan bog`lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. 
Bularning barchasi irodaviy sifatlar, aqliy zo`riqish, asabiy taranglashuv natijasida 
ro`yobga chiqadi. 
So`z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda 
xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar 
yordamida ifodalanganligi tufayli, ularni ifodalash faqat o`zlashtirilayotgan 
materiallarning asosiy ma’nosini izoxlash, talqin qilib berish yoki ularni so`zma-
so`z ifodalanilishini aynan aytib berishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Agar 
ma’lumot, axborot, xabar, material ma’no jihatdan qayta ishlanmasa, u holda 
materialni so`zma so`z o`zlashtirish mantiqiy o`rganish bo`lmasdan, balki, 
aksincha, mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi. 
So`z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda 
ikkinchi signallar tizimi asosiyat kasb etadi. Chunki so`z mantiq xotirasi faqat 
insongagina xos bo`lgan xotiranig maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o`zining 
sodda shakllari bi lan hayvonlarga ham taalluqli bo`lgan harakat his-tuyg`u va 
obrazli xotiralardan ham sifat, ham miqdor, jihatidan keskin farq qiladi. Ana shu 
boisdan so`z mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari 
taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan, ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu 
bilan birga boshqa barcha turlarning rivojlanishi so`z-mantiq xotirasining 
takomillashuviga uzviy bog`liqdir. So`z-mantiq xotiraning o`sishi qolgan xotira 
turlarining barqarorlashuvini belgilaydi. 
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari uchraydi. 
Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni ro`yobga chiqarish uchun, 
muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirishdan iborat 
 
86


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə