O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73

berganlar. Ushbu holat bog`cha yoshidagi bolalarda ko`rgazmali- obrazli tafakkur 
bevosita va batamom ularning idrok jarayonlariga bog`liq ekanligini ko`rsatadi. 
Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va predmetlarning ko`zga 
yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e’tibor 
kiladilar. Lekin ularni ichki bog`lanishlari, o`zaro munosabatlarini bildirib 
keladigan muhim, asosiy sifatlariga axamiyat bermaydilar. Ob’ektlarni fazoda 
joylashgan o`rni, tashqi nomuhim belgisi ularning ko`rgazmali-obrazli tafakkurini 
vujudga keltira di. Masalan, ularning nazarida odamlar bo`yining baland va 
pastligi ularningyoshini (ulug`ligini) belgilaydi. 
Tafakkur aktivligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur 
turlariga ajratiladi. Intuitsiya deb, mantiqiy tafakkur yordamida ko`p vaqtlar 
davomida hal kilinmagan aqliy  vazifalarning to`satdan, kutilmaganda hal kilinib 
qolishi jarayoni ataladi. Shaxsning muayyan sohadagi hayotiy yoki ilmiy 
tajribalariga asoslangan intellektual sezgirligidan iborat faoliyatdir. 
Ko`pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muxokama, isbotlash, 
gipoteza qilish kabi shakllarda namoyon bo`ladi. Matematika, fizika, kimyo, 
psixologiya va boshqa fanlardagi muammo va masalalarni yechish jarayonlari 
bunga yorqin misol bo`la oladi. Bundan tashkari ixtiyoriy tafakkurga tanqidiy 
yoki nazorat (kontrol) tafakkur ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish 
fikr yuritishni tanqidiy va sinchkov bo`lishini taqozo etadi. Binobarin, narsa va 
hodisalarni atroflicha bilish uchun, ob’ektiv baho berish zaruriyati tug`iladi, bu 
esa o`z navbatida, fikr yuritish ko`lami keng, analitik-sintetik faoliyat doirasi 
mustahkam bo`lishni talab qiladi. 
Tafakkur jarayonlari ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular 
ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, 
maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo`lishi 
va ularga beixtiyor javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson 
fikr yurityaptimi yoki yo`qmi, buni bilish juda qiyin, vaholanki u o`zicha go`yo 
savollarga javob topganday, shirin his-tuyg`ularni boshdan kechiraetganday 
bo`ladi, shuning uchun ko`pincha «tilimning uchida turib-di» odamlar qandaydir 
tekst yoki muammo, masala ustida bosh qotirib o`tirganlarida (biror narsaning 
bevosita ta’siri natijasida) fikr yuritish mutlaqo beixtiyor o`y berib qoladi va 
ularni asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi. Ba’zan amalga oshirilishi 
maqsad qilib qo`yilgan topshiriqni ixtiyoriy ravishda bajarish jarayonimizda bu 
rejaga kiritilmagan (favqulodda vujudga kelgan) ayrim vazifalarni ham 
bajaramiz, bu jarayon biz uchun ixtiyorsiz ravishda o`tadi. 
Insoniyatning   tarixiy   taraqqiyoti   tarixidan   shu   narsalar ma’lumki, 
yirik ilmiy kashfiyotlar ham ko`pincha xuddi shunday beixtiyor fikr qilib 
turgan mahalda to`satdan ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed 
solishtirma og`irlik qonunini zo`r berib aqliy 
mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada 
cho`milib turgan paytida kashf etgan. Ulug` rus olimi D. I. Mendeleevning 
hikoya qilishicha, u elementlar davriy tizimsi jadvalini tuzish vaqtida uch 
kechayu uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga 
yetkaza olmagan. Undan so`ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan 
 
102


va tushida bu.elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko`rgan. Shunda D. I. 
Mendeleev uykudan uyg`onib, bir parcha kog`ozga tushida ayon bo`lgan jadvalni 
ko`chirib ko`ygan.Ko`pincha psixolog va fiziologlar ta’kidlashlaricha, 
muammoning bunday oson ravishda yechilishi hech kutilmagan yuqoridagi kabi 
beixtiyor  hal  qilinishi  shu  kashfiyotlar  olam  yuzini  ko`rganicha bo`lgan 
davr ichida oylab, yillab qilingan mehnatning yakuni, tugallanmay qolgan 
tafakkur jarayonining nihoyasiga yetishdir, deb baholamokdalar. 
Yirik        fiziolog        hamda    psixolog    V. M. Bexterevning izoxlashicha, 
bunday kutilmagan jarayonlarnipg ro`y berishiga asosiy sabab - bu 
o`rganilayotgan masala to`g`risidagi uxlashdan oldin zo`r berib bosh qotirish, 
o`ylash (fikr yuritish) va butun zehni, shuning bilan birga diqqat-e’tiborining 
tortilishi, kashf qilinishi zarur masalaga     to`la-to`kys     yo`nalishdan      iborat   
maqsadga     muvofiqlashtirilgan murakkab, barqaror psixik holatning hukm 
surishidir. Mazkur holat aniq ob’ektga qaratilgan aqliy zo`r berishning intensiv 
tarzda davom etishi natijasida vujudga kelgan mahsuldir va hokazo. 
Fikr yuritilishi lozim bo`lgan narsa va hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish 
mumkin bo`lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur  deb ataladi. U o`z navbatida 
yaqqol-predmetli tafakkur va yaqqol- obrazli tafakkur nomi bilan ikki gurga 
ajratiladi. Agar fikr yuritish   ob’ekti   bevosita  idrok   qilinsa,   bunday   
tafakkur   yakka-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgai narsa va 
hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur  deb 
ataladi. Tafakkurping bir turi xotira yoki xayol tasavvuriga asoslangan holda 
namoyon bo`ladi. 
Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so`zlarda 
ifodalovchi tushunchalarga tayanib, fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, 
fizika, chizma, geometriya, oliy matematika masalalarini yechish mahalida fikr 
yuritish, mulohaza bildirish  abstrakt tafakkurga xos misollardir. Algebraik 
miqdorlarini konkret nar-salarga taqqoslab, nisbat berib konkretlashtirilsa bo`ladi, 
lekin bu yerda bizning maqsadimiz konkret miqdor to`g`risida fikr yuritish emas, 
balki shu narsalar o`rtasida mavjud umumiy miqdor aloqalari ustida mulohaza 
yuritishdir. Chunonchi, bu holda biz faqat umumlashgan tushunchalarga tayanib 
fikr yuritamiz. 
Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g`oyat keng ma’no angalatishi bilan 
voqelikni chuqurroq bilishga olib borishi bilan farq qiladi. Shuning uchun biz 
yakka hukm vositasi bilan qator narsa va hodisalarga taalluqli ichki qonuniyatlar 
to`g`risida fikr yurita ola-miz. Idrok va tasavvur qilish mumkin bo`lmagan narsa 
va hodisalar to`g`risida abstrakt tafakkur yordamida mulohaza yuritsa bo`ladi. 
Shu sababli jamiyat va tabiat qonunlari haqida, borliq to`g`risida, chek sizlik, 
sifat, miqdor, tenglik to`g`risida, go`zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza 
yuritish mumkin, xolos. 
Biroq konkret tafakkur bilan abstrakt tafakkur o`zaro uzviy 
bog`langandagina bir butun inson tafakkurini vujudga keltiradi, chunki 
predmetning tashqi va ichki xususiyatlarini atroflicha ochish alohida olingan 
tafakkurning u yoki bu turi yordamida ifodalab berish ancha mushkuldir. 
Abstrakt tafakkur konkret tafakkur zamirida vujudga kelgan, uning poydevori 
 
103


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə