O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73

faoliyatining yangi pritsipi-abstraktsiyalash va bu bilan birga, oldingi tizimning 
behisob signashtarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o`z navbatida 
ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag`in  analiz va sintez qilinaveradi. 
Fikr yuritishning umumlashtirish operatsiyasi har xil asoslarga ko`ra turlarga 
bo`lib o`rganiladi. 
Umumlashtirish 
 
 
 
 
Mazmuniga ko`ra 
Elementar 
Empirik 
Tushunchali 
Nazariy 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fikrning yo`nalishiga ko`ra 
 
Xususiydan umumiyga 
 
 
►- 
Umumiydan xususiyga 
► 
---
 
Yakkadan umumiyga 
va undan xususiyga 
 
Umumiydan xususiyga 
va o`sha umumiydan 
yanada umumiyga 
 
Kamrok umumiydan 
yanada umumiyga 
 
Yagona umumiy 
holatdan yanada 
umumiyroqqa 
Umumlashtirishni mazmuniga ko`ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-
ko`rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. 
Tushunchali umumlashtirish orqali ob’ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari 
bo`yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar 
umumlashtirilib, ob’ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo`ladi. Yaqkol-
ko`rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yakqol 
belgilari bo`yicha umumlashtiriladi. 
 
95


Konkretlashtirish. Umumiy, mavhum belgi va xususiyatlarni yakka, yolg`iz 
ob’ektlarga tatbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning 
barcha faoliyatlarida aktiv ishtirok etadi. Voqelik qanchalik konkret (yaqqol) 
shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. O’zining genetik 
qilib chiqishiga qaraganda, kishilar dastavval tevarak-atrofni konkret belgilariga 
asoslanib, konkret holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib, tasavvur 
qilish imkoniyatiga ega bo`lganlar. Shu boisdan to hozirgi kunga qadar 
konkretlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo`lib hisoblanadi. 
Chunki konkret voqelik kishini aqliy zo`r berishlikdan, irodaviy tanglikdan va 
stress holatdan xolis  qiladi. Shuning uchun bo`lsa kerak, odam eng murakkab 
qonun hamda tushunchalarni konkretlik darajasiga aylantirishga harakat qiladi. 
Masalan, inson «qiymat» tushunchasini konkretlashtirib «odamning qadr-
qimmati», «tovarning qiymati» shaklida konkretlashtiradi va hokazo. 
Psixologiya fanida mazkur fikr yuritish operatsiyasiga quyidagicha ta’rif 
beriladi: Konkretlashtirish hodisalarni ichki bog`lanish va munosabatlardan qat’i 
nazar, bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir. 
Psixologlar tadqiqotlarining ko`rsatishiga qaraganda, konkretlashtirish 
odatda ikki xil vazifani (funktsiyani) bajaradi. Dastlabki funktsiyasiga taalluqli 
ko`pgina misollarni keltirish bilan uning psixologik mexanizmini ko`rsatishiga 
harakat qilamiz. Masalan, o`quvchilar «qora» degan so`zni ishlatgan paytlaridan 
ko`z oldida bitum, chaqich, asfalьt kabi qora rangdagi narsalar va hayvonlarni 
gavdalantirishlari mumkin. Shuningdek, ular «xarakat» degan iborani ishlatsalar, 
odamni, mashinani, hayvonlarni suv va samolyot kabilarni tasavvur qila oladilar. 
Keyinchalik esa harakat tushunchasining ko`lami kengayib boradi, biologik, 
ijtimoiy va hokazo harakatlarni nazarda tutadi. 
Konkretlashtirishning ikkinchi funktsiyasi quyidagi misollarda o`zining 
yorkin ifodasini topadi. Masalan, kishilar ketmon, belkurak, panshahani 
dehkonchilik asboblariga; igna, bigiz, angishvona va tikuv mashiiasini tikuv 
asboblariga; lola, atirgul, binafsha, bulьdanejni gulga; daftar, ruchka, chizg`ichni 
o`quv qurollariga kiritiladilar. Demak, bu misollarda konkretlashtirish 
operatsiyasi umumiy va yakka belgilari kam bo`lgan umumiylikni ochishda 
namoyon bo`ladi. Umuman konkretlashtirish abstraktsiyalashni kontrast xolati 
bo`lib, inson bilish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Klassifikatsiyalash. Insonning bilish faoliyatida muhim rolь o`ynovchi fikr 
yuritish operatsiyalaridan biri klassifikatsiyalash xisoblanadi. Bir turkum ichidagi 
narsalarning bir-biriga o`xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq 
qilishiga qarab, narsalarii turkumlarga ajratish tizimi klassifikatsiya deb ataladi. 
Fan olamida buyuk hissa bo`lib qo`shilgan D. I. Mendeleevning «Elementlarning 
davriy tizimi» jadvali  klassifikatsiya uchuts yorqin misoldir. Bunda olim 
elementlarni atom og`irligi ortib borishiga, kimyovim sifatlarining bir tipligiga va 
boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. 
Fanda narsa va hodisalarning tabiatni ifodalovchi muayyai belgi (alomat) 
asosida qilingan klassifikatsiya deb atash qabul qilingan. Tabiiy klassifikatsiyaga 
zoologiya fanidagi hayvonlar klassifikatsiyasi (sudralib yuruvchilar, sut 
 
96


emizuvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar, parrandalar, qushlar va hokazo), 
botanikadagi o`simliklar klassifikatsiyasi (bir yillik, ko`p yillik, butalar, daraxtlar, 
o`tlar, ildizdan ko`payuvchilar, igna barglilar, tikanli o`simliklar, dukkaklilar, 
poliz o`simliklari va boshqalar) kabi qator misollarni keltirib o`tish mumkin. 
Mabodo klassifikatsiya asos kilib olingan belgi narsa va hodisalarning tabiatini 
ifodalamasa, bunday klassifikatsiya sun’iy klassifikatsiya deb ataladi. Ijtimoiy 
hayotimizda klassifikatsiyaning mazkur turi doimi qo`llanib turadi. Masalan, 
kutubxonadagi kitoblar mazmuniga, shakliga, noyobligi va shunga o`xshash 
belgilarga qarab tokchalar va peshtoqchalarga teriladi. O’quvchilarning alifbe 
tartibi bilan tuzilpsh ro`yxati yoki xususiyatlari, jinsiy belgilari, ulgurishlarini, 
qiziqishlarini nazarda tutib turkumlarga ajratish ham sun’iy klassifikatsiyalashga 
misol bo`la oladi. 
Lekin ijtimoiy turmushda va fan olamida oddiy klassifikatsiyalash holatidan 
tez-tez foydalaniladi. Jumladan, adabiyot, tarix, geografiya, psixologiya-
gumanitar fanlari: falsafa, iqtisod, huquq, pedagogika, tarix, ijtimoiy fanlar: 
matematika, fizika, biologiya, kimyo, tabiiy-matematik tsikldagi fanlar. Xuddi 
shuningdek, asosga suyanib psixologiya sohalari ham klassifikatsiya qilinadi. 
Injenerlik, aviatsiya, kosmos psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, 
patopsixologiya, oligofrenopsixologiya, surdopsixologiya, tiflopsixologiya-
maxsus psixologiya; bolalar, o`smirlar, o`spirinlar, katta yoshdagilar 
psixologiyasi, gerantopsixologiya-yosh davrlary psixologiyasi; sud ishi 
psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar psixologiyasi, yuridik 
psixologiya va boshqalar. Psixologiya fanida psixik holatlar, bilish jarayonlari
shaxsning individual tipologik xususiyatlari ham klassifikatsiya kilinadi. Aks 
ettirish xarakteriga va retseptorlarning o`rniga qarab, sezgilar uch gruppaga 
bo`linadi: eksterotseptiv sezgilar, interotseptiv sezgilar, propriotseptiv sezgilar. 
Klassik bo`linishga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: ko`rish, 
eshitish, taktil, maza, hid, organik, harakat va hokazo. 
Maktab ta’lim tizimida murakkab bilimlar qulayroq yo`l bilan o`zlashtirish 
uchun klassifikatsiya operatsiyasidan keng ko`lamda foydalaniladi. Masalan, ot, 
sifat, fe’l, son-so`z turkumlari; ibtidoiy jamoa, quldorchilik, feodalizm, 
kapitalizm, ijtimoiyizm-kishilik formatsiyalari; proza, poeziya, drama, komediya, 
tragediya, adabiy janrlar; briz, musson, passat-shamollar va boshqalar. 
Shunday qilib, klassifikatsiya biz tekshiradigan ob’ektlarning muayyan 
tartibini topishda, o`rganishimizda zarur bo`lgan narsa va hodisalarni yaxlit 
holda tekshirishimizda, o`zlashtirmoqchi bo`lgan materiallarni puxta esda 
qoldirishimizda muhim rolь o`ynaydi. 
Sistemalashtirish. Fikr ob’ektiv hisoblangan narsa va hodisalarni zamon 
(vaqt), makon (fazo) va mantiqiy jihatdan ma’lum tartibda joylashtirishdan 
iborat fikr yuritish operatsiyasi bilimlarni o`zlashtirishda, ko`nikma va 
malakalarni tartibga solishda muhim rolь o`ynaydi. Odatda, sistemalashtirish 
operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va ob’ektlar 
makondagi, vaqtdagi egallagan o`rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi. 
Shuning uchun tizimga solish makoniy (fazoviy) xronologik belgi va 
 
97


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə