O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73

mantiqiy belgisiga asosan uch turga ajratiladi, Ko`chatlarning boqqa olib 
chiqib o`tkazilishi, sinf xonasidagi mebellarning bir tekis joylashtirilishi makoniy 
(fazoviy) tizim uchun misol bo`la oladi. Tarixiy voqealarning xronologik tartibda 
joylashtirilishi, kutubxonadagi kitoblarning xronologik jihatdan terib qo`yilishi 
voqealarni zamonga (vaqtga) qarab tizimga solishning namunasi deb atash 
mumkin. Matematika, falsafa, psixologiya va mantiqqa (logikaga) doir 
asarlarda ilmiy maqolalarning (ya’nn punkt, paragraf nazarda tutilmokda) 
joylashuvi mantiqiy tizimga solishning namunasidir. 
Maktab ta’limida o`zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga 
ega bo`lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab 
predmetning boblari, qismlari bo`yicha, so`ng yaxlit holda o`quvchi ongida 
tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-birga o`xshash 
predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchimchi bosqichda bir necha 
predmetlar yuzasidan to`plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning 
o`xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to`rtinchi bosqichida 
darsdan va maktabdan tashqari mashg`ulotlarda egallangan bilimlarni 
tizimlashtirish nazarda tutiladi. 
O’qituvchi darsda o`quvchilardan o`tilgan mavzularni so`rash, ularning 
to`garak ishlarida, olimpiada va konkurslarda qatnashuvini kuzatish, devoriy 
gazetaga yozgan maqolalarini tahrir qilish, ijodiy va yozma ishlarni tekshirish 
orqali ulardagi bilim-larning qanday tizimlashayotganini aniqlab berishi 
mumkin. 
Demak, insonning bilish faoliyatida «mavzulararo», «predmetlararo» 
bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin, bilimlarning tizimga 
solinishi  aqliy  rivojlanishning dastlabki pog`onasi hisoblanadi. 
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odatda 
nutq tafakkur jarayonida xukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida 
ifodalanib keladi. Shuning uchun xukm, xulosa chiqarish va tushunchalar 
tafakkurning spetsifik shakl-lari deb ataladi. 
Narsa va hodisalarda, voqelikda hakikatdan o`zaro bog`liq Bo`lgan 
belgilar hukmlarda ham bog`liq ravishda ko`rsatib berilsa yoki vokelikda bir-
biridan ajratilgan narsa hukmlarda ham ajratib ko`rsatilsa-bu chin hukm deb 
ataladi. Masalan, "Metallar-elektr tokini o`tkazuvchidir", "Metallar 
qizdirilgandan kengayadi" degan chin xukmlardir. Chunki elektr tokini o`tkazish, 
qizdirilganda kengayish metallarga xos xususiyatlardir, bu hukmda u yoki bu holat 
faqat tasdiqlanib aytilayotir. 
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor 
qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. 
Moddiy olamda haqikatdan bog`liq bo`lmagan narsa hukmda bog`liq qilib 
ko`rsatilsa, bunday hukm xato (yolg`on) hukm deb ataladi. Chunki bu hukmda aks 
ettirilgan sifatlar bu narsalarga aslo muvofiq kelmaydi. Masalan, "Atom-
moddaning bo`linmas zarrachasidir" degan noto`g`ri hukmdir. Atom murakkab 
moddiy tizimga ega bo`lib, u yadro va elektronlarga bo`linadi. Atomning yadrosi 
ham bo`linadi, bu yadro protonlardan va neytronlardan iboratdir, degan 
 
98


hukmlardir. "Yer quyosh atrofida aylanmaydi" degan mi-sol ham chin bo`lmagan 
hukmlar doirasiga kiradi. Allaqachonlar inson tomonidan kashf qilingan 
geliotsentr nazariyasi mavjud bo`lib, 
tiv tanqidiylik salbiy oqibatga olib keladi, shuningdek, insonlar o`rtasida 
«anglashilmovchilik g`ovi» ni vujudga keltiradi, ikki shaxs o`rtasida 
kutilmaganda ziddiyat paydo bo`ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona, 
ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi, deb atash 
mumkin. 
Maqsad, muammo va vazifalar o`zga shaxslar tomonidan qo`yilib, tayyor 
usul va vositalarga tayangan holda o`zga kishilarning bevosita yordami bilan 
amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan  tafakkur nomustaqil 
tafakkur deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli   kishilar   «tayyor   mahsulotlar   
quli»   ga  aylanadilar,  o`sishdan orqada qolish xavfi tug`iladi. Natijada aql-
zakovatli inson bo`lish o`rniga kaltabin, aqlan erinchoq, beqafsala odam bo`lib 
voyaga yetadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati jahon progressga to`siq 
bo`lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi eqtimoldan xoli emas. 
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog`langan. Agar 
inson tomonidan muayyan vaqt nchida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi 
fikrlar, g`oyalar, tavsiyanomapar yaratilgan xamda nazariy va amaliy vazifalar 
hal qilingan bo`lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. 
Demak, vaqt oralig`ida bajarilgan ish ko`lami va sifatiga oqilona baho berish - 
tafakkur mahsuldorligini o`lchash mezoni sifatida xizmat kiladi. 
Tafakkurning ixchamligi deganda, muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan 
rejasi (plani) mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, 
nomutanosiblik hosil bo`lsa, hech ikkilanmay elastik ravishda o`zgartishlar 
kiritishdap iborat fikr yuri-tish faoliyatini tasavvur qilmog`imiz shart. Fikrning 
operativ jihatdan, tezkorlik bilan o`zgartishdan va to`g`ri yo`nalishiga yo`llab 
yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi dsyiladi. Masalan, «Talaba 
imtihonda avval g`oyani noto`g`ri yoritayotib, o`z-o`zidan «birdaniga» xatosini 
anglab, to`g`ri javob bera boshlashi» kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati 
fikrlarni, informatsiyalarni tinglovchilarga xato va kamchiliksiz yetkazib berish 
garovidir. 
Tafakkurning tezligi qo`yilgan savolga va muammoga to`liq javob olingan 
vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator faktorlarga: jumladan, fikrlar uchun 
zarur materialni tez yodga tushira olishga muvaqqat bog`lanishlarning tezligi, 
turli hislarning mavjudligiga,   insonning   diqqatiga,   qiziqishiga   bog`liq   
bo`ladi.   Bundan tashqari, tafakkurning tezligi boshqa shartlarga: insonning bilim 
saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko`nikma va malakalariga ham bog`liq 
ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va 
jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan 
baholanadi. 
Fikrlarning tezligi talabalar va o`quvchilarga juda zarur psixologik qurol 
bo`lib xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg`ulotlarida faol ishtirok 
qilgan talaba hayajonlanib, egallagan bilimlariii vaqtincha unutib, o`zini yo`qotib 
qo`yadi. O’rinsiz, salbiy emotsiyalar (his-tuyg`ular) uning tafakkurini tormozlab, 
 
99


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə