O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73

porlok kelajakka qaratilgan bo`lsa, ular inson xislatiga aylanadi. 
 
 
Mavzu yuzasidan savollar 
1.Xayol turlari va xususiyatalri. 
2.Xayollarda analitik-sintetik faoliyat. 
3.Shirin xayollar va fantaziya. 
4. Xayol jarayonning fiziologik asoslari. 
Tayanch iboralar 
Passiv, aktiv, ijodiy, orzu, tush, fantaziya, agglyutinatsiya, giperbolizatsiya 
 
12 Mavzu: Diqqat. 
Reja: 
     1.Diqqat tushunchasi va mohiyati 
2. Diqqatning asosiy turlari va xususiyatlari 
3.Diqqatning nerv fiziologik  mexanizmlari 
4. Diqqatning  pedagogik psixologiyada o`rganilishi  
 
 
Diqkat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga 
oshirishning, ularning samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan-biridir. 
Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq 
muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar 
va talablar qo`yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, 
dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil 
sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, 
insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo`ladi 
  Psixologiya fanida dikqatga har xil ta’rif beriladi, uni yori-tishda psixologlar 
turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Dikkat deb ongni bir nuqtaga to`plab, 
muayyan bir ob’ektga aktiv  qaratilishiga aytiladi. Faoliyatimiz jarayonida idrok 
va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir xodisa, o`zimiz qilgan ishimiz, o`y 
va fikrlarimiz diqqatning ob’ekti bo`la oladi.  
F. Dobrinin,  F. N. Gonobolin va boshqalarning nuqtai nazaridan diqqatning 
vujudga kelishida ongning bir nuqtaga to`planishi ong doirasining torayishini 
bildiradi, go`yoki ong doirasi bir muncha tig`izlanadi. Bunday torayish va 
tigizlanish natijasida ong doirasi yanada yorqinlashadi. Ongning eng toraygan, 
tig`izlangan yorqin nuqtasi diqqatning markazi deb nomlanadi. Xuddi shu 
markazga tushgan idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o`y va fikrlar 
to`la, yorqin va anik ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz 
ravishda, muayyan darajada aktivlik xususiyatini saqlab turadi. Bunday aktivlik, 
ongning biron bir ob’ektga o`ynalishining kuchayishi va ma’lum vaqt davomida 
 
114


diqqat yo`naltirilgan narsaga ongning faol qaratilishini regulirovka qilib turadi 
hamda mazkur holatning saklanishini ta’minlaydi. 
Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, 
xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik 
jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu 
boisdan dikqat qaratilgan  ob’ektlar ong to`plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks 
ettiriladi. Demak, diqqat-aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va 
samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, 
u har kanday inson faoliyatining zaruriy shartidir. 
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlovchanlik va 
yo`nalganlik bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko`plab 
qo`zg`atuvchilari, ta’sirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi, 
allaqaysi narsa to`g`risidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi 
diqqat xususiyati bilan bog`liq ravishda namoyon bo`ladi. Diqqat bilish 
jarayonlari singari o`zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas, 
shuning uchun u barcha jarayonlarning jo`shqinligi, ildamligini ta’minlaydi. 
Demak, diqkat individning hissiy, aqliy yoki hara-katlantiruvchi faolligi 
darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va 
biror narsaga qaratilganligidir.  
Berilgan ta’rifga binoan, ushbu yo`naltirilganlish sub’ektning ehtiyojlariga, 
uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan ob’ektlarning 
tanlanganligida, ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda vujudga keladi. 
Diqqatning muayyan ob’ektlarga  ayni paytda boshqa jismlardan chalg`ishni yoki 
ularning vaqtincha (muvakqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omillarga 
ko`ra, aks ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohazalar faoliyat 
yakunlangunga qadar, qo`yilgan maqsadga erishguncha ongda sakdanadi. Ana 
shu yo`sinda diqqat faolashganini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. Shuning 
uchun ko`pgina psixologlar  diqqatni yuksak turini bilish jarayonlari, kishining 
xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlaydilar. 
Diqqatning biror ob’ektga yo`nalishiga ko`ra sensor, aqliy, harakatlantiruvchi  
shakllariga ajratish mumkin. 
Dikqat muayyan ob’ektga to`planishi ko`p jihatdan insonning his-tuyg`usi, 
irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog`liqdir. 
His-tuyg`ular va emotsional holatlar diqqatning ob’ekti bilan uzviy 
bog`langandagina uning uchun ijobiy axamiyat kasb etadi. His-tuyg`ular, 
emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko`tarinki tarzda namoyon bo`lsa, 
demak, diqqat ham shunchalik ob’ektga mustahkam qaratiladi. Hislar, 
emotsiyalar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo`raytiradi. 
Insonning amaliy va aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada 
yangi bilimlar ma’lumotlar bilan boyib borishi natijasida diqqat ham 
takomillashadi. Yangilikni payqash hissi odam aqliy faoliyatini faollashtiradi
shu bilan birga, diqqatning ob’ektga uzoqroq to`planishini ta’minlaydi. 
Insonning barqarorlashgan kayfiyati diqqatning kuchi va ildamligini oshiradi, 
tanlovchanligiga ijobiy ta’sir etadi. Stress, affekt singari emotsioial holatlar 
diqqatga salbiy ta’sir etib, uning tashqi ta’sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib 
 
115


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə