O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73

xususiyati  bundan  iboratki, ko`zg`alishning yangi vujudga kelayotga 
markazlarining faoliyatini cheklash bilan qanoat hosil qilmasdan. balki zaif 
qo`zg`atuvchilarni o`ziga tortadi va ana shu yo`l bilan ularning hisobiga 
kuchayadi. muayyan darajada ustunlikka erishadi.  
Shunday qilib, diqqatning fiziologik asoslari to`g`risida mulohaza 
yuritilganda fan olamida ikkita ta’limotning mohiyatiga to`xtaladi. Ushbu 
ta’limotlarping birinchisi (I. P. Pavlov qalamiga mansub) diqqatning fiziologik 
asosi ko`zg`alish jarayonining bosh miya yarim sharlar qobig`ining ayrim 
uchastkalarida to`planishi natijasida optimal ko`zg`alish o`chog`ining hosil 
bo`lishi va ayni vaqtda manfiy induktsiya qonuniga binoan miya kobig`idagi 
boshqa nerv markazlarining ma’lum darajadagi tormozlanishidir.  Ikkinchisi  esa             
A.A Uxtomskiyning dominanta nazariyasining talqinidan iboratdir. Chunki 
dominanta muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo`zg`aluvchanlik qobiliyatiga 
ega bo`lgan qo`zg`alish markazidir. Dominanta mavjudligida undan boshqa nerv 
markazlari tormozlangan bo`ladi. U markaziy nerv tizimiga kelgan har qanday 
ko`zg`olish, impulьslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradida, shu 
tariqa boshqa markaz-larni tormozlash evaziga o`z faoliyatini yana kuchaytiradi. 
Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqkat deb psixik faoliyatning   
yo`naltirilishi   va   shaxs   uchun   ma’lum   darajada ahamiyatga ega bo`lgan 
ob’ektning ustida to`planishi tushuniladi. Diqqat shunday muhim bir psixik 
jarayonki, u insonning jamiki faoliyatlarida bevosita ishtirok etadi va ularning 
muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati 
haqidagi ta’limoti, A. A. Uxtomskiy  surgan dominantlik, printsipi va ularning 
zamondoshlari tadqikotlari diqqatning fiziologik asoslari va mexanizmlarini 
ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish imkonini yaratdi. 
Diqqat bilish jarayonlarini (sezgi, idrok. tasavvur, xotira, tafakkur, xayolva 
boshqalarni) vujudga kelish, rivojlanish va tako-millashishning zaruriy shartidnr. 
Bilish jarayonlarining birligi, barqarorligi. o`zaro ularning uyg`unligi, 
samaradorligi, mazmundor-ligi va tizimliligi bevosita diqqatga bog`liqdir. 
Insonning har bir bilish jarayoni faqat diqqat yordamidagina ro`yobga chiqa 
oladi (lekin qiziqish va irodaviy aktni e’tibordan chetda qoldirmaslik shart). 
Agarda diqqat passiv (faolsiz) qo`zgatuvchilar yordamida vujudga kelsa, u 
takdirda bilish jarayoni mahsuldorligi keskin kamayadi, hatto tormozlanishi ham 
mumkin. Diqqat kuchsiz, beqaror, ob’ektga to`planishi zaif bo`lsa, kishining 
diqqati uzoq vaqt muayyan vazifani bajarishga ongli ravishda yo`naltirilgan 
taqdirdagina biliig jarayoni maqsadga muvofiq amalga oshadi. 
Ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalar, sub’ektiv ruhiy kechinmalar, 
muayyan taassurotlar, insonning xulqi, faoliyati diqqatning ob’ekti bo`lib 
hisoblanadi. Diqqat jarayonida ongning voqelikka nisbatan tanlab munosabatda 
bo`lishi to`planish, qaratilish, yo`naltirish, mustahkamlanish xususiyati namoyon 
bo`ladi. Odamnin biron-bir ob’ektga e’tiborini yo`naltirar ekan, u ongida faqat 
xuddi shu obьektning o`zinigina aks ettirib qolmasdan, balki ayni bir davrda 
ko`rilgan narsalar va hodisalarni ong doirasidan chetda qoldirmaydi. Diqqatning 
qo`lami kanchalik keng doiraga yoyilsa, demak, u tanlangan ob’ektning mikdori 
shunchalik ko`p bo`ladi. 
 
118


 Diqqat qaratilgan tashqi ifodaga ega bo`lgan ob’ektni sezish, idrok qilish. 
A. N. Leontьev mulohazasiga ko`ra, bu orientir faoliyati emas, chunki 
ob’ektning paydo bo`lishi bilan diqqat ham namoyon bo`ladi, ob’ekt yo`q 
bo`lsa, demak diqqat ham bo`lmaydi, deb ta’kidlaydi. P. YA. Galьperin esa, 
ob’sktning paydo bo`lishi bilan dikqat yuzaga keladi. Ob’ekt yo`kolganidan 
keyin esa psixik qism bo`lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni boshlanadi. 
Demak, diqqat ongning bir ob’ektga yo`naltirilishi va ongli holatni nazorat 
qiluvchi jarayondan iboratdir. 
Shunga o`xshash g`oya L. S. Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida 
ham ko`zga tashlanadi. L. S. Vigotskiy diqqat bilan aloqador bo`lgan ikkita 
ustanovka turini ajratib ko`rsatadi: Sensor usganovka-tayyorgarlikda 
idrokning ustunligi qobiliyati. Motor ustanovka tayyorgarlikda harakatning 
ustunligi qobiliyati. 
P. P. Blonskiynipg mulohazasicha, diqqatning asosida kishining ijtimoiy 
qiziqishlari yotadi. Psixologlar orasida diqqatni tushuntirishda turli qarashlar, 
nazariyalar vujudga keladi, vaholanki  P. P. Blonskiy dikkat bilan qo`rquv, 
vahimani bir narsa deb qaradi. Qo`rquv-bu diqqatning intensivroq namoyon 
bo`lishi, ya’ni maksimal darajada aks etishi deb tushuntiradi. Bu yerda psixik 
faoliyatning ma’nosi butunlay yo`qotib ko`rsatilgan tuyuladi va diqqat biologik 
nuqtai nazardan qaralganga o`xshab ketadi. Biologik pozitsiyada diqkat bosh 
miya yarim sharlari faoliyati bilan emas, balki vegetativ nerv tizimi bilan 
bog`liqlikda tushuntiriladi. 
Ulug` rus pedagogi K. D. Ushinskiy ishlarida diqqat to`g`risida juda ko`p  
fikrlar aytilgan. Uning fikricha, diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona 
eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o`tib 
kiradi. Diqqat ob’ektni to`la va aniq idrok qilish qobiliyatiga ega. Ziyraklikning 
qator sabablariga oldin idrok qilingan ob’ekt izlarining ahamiyatidan tashqari, 
Ushinskiy «ta’sirotning kuchi va to`plangan aktlarni boshqara olishni 
ko`rsatadi. Bolaning rivojlanishi uning diqqatini to`g`ri yo`naltira bilishdaligini 
muallif ta’kidlaydi. Diqqatning to`laligi, barqarorligini ta’minlovchi to`planishning 
psixologik mexanizmlarini muhokama qilish ham Ushinskiyning asarlarida uch-
raydi. U diqqatning asosiy omili irodaviy boshqarish deb hisoblaydi. Shuning 
uchun diqqatni maqsadga yo`naltirib boshqara olish qiyin va murakkab 
jarayondir. K. D. Ushinskiyning ko`rsatishicha, kishi o`z hissiyotlarini diqqat 
orqali boshqaradi, bunda u ixtiyoriy yo`naltiriladi. Muallif diqqat turlarini 
ixtiyorsiz yoki passiv, ixtiyoriy yoki aktiv kabilarga ajratadi. Uningcha, ixtiyoriy 
diqqat bizning tomonimizdan zo`r berish orqali o`ziga predmet tanlaydi 
Ixtiyoriy diqqatni ob’ektivlashtirish aktiv xarakteridan biridir. 
K D. Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga 
ko`ra hosil bo`ladi. Tashqi sabablar, ko`zg`atuvchining kuchiga, organizmning 
ayni vaqtdagi holatiga bog`liq. Passiv diqqatning ichki sabablari bizning 
sezgilarimiz izlarini bog`lanishidir. Idrok qilingan ob’ektning yangiliklar 
bosqichini diqqatning istovchi omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat 
qaratilayotgan ob’ekt ma’lum o`lchovda bo`lishi kerak. 
Diqqatning psixologik tahlilini K. D. Ushinskiy tarbiya mu-ammosi bilan 
 
119


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə