O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73

alomatlar  «stigmat»lar deb nomlanadi (yunon stigma dog` yoki chandiq degan 
ma’noni anglatadi). Qo`rqinch holati to`g`risida xayol obrazlari yaratilsa, odamga 
uchuq chiqishi, lablari yorilganday his etishi voqeliklari uchrab turadi. Masalan, 
chekish va ichishni mutloq tashlagan shaxs papiros yoki spirt ichimligi to`g`risida 
o`ylasa, uning og`iz bo`shlig`ida tamaki ta’mi, aroqning achchiqligi paydo 
bo`lishi mumkin. Inson juda suvga tashna bo`lsa yoki ochlik azobi qiynasa, ular 
to`g`risida o`ylasa, «shirin qoniqish» «lazzatlanish» hislari vujudga keladi. 
Psixologiyada ko`rqinch holati to`g`risida muayyan materiallar to`plangan va 
tahlil kilingan. Qo`rqinch yunon phobos «fobiya» deb nomlanadi. Fobiya 
muayyan sharoitlar va vaziyatlarda shaxsda vujudga keladigan kuchli asosga ega 
bo`lmagan qo`rqinch va tashvishlanishdan iborat, inson tomonidan yengish 
imkoniyat yo`q muttasil psixopatologik holati. Mazkur patologik holatning ba’zi 
birlariga tushuncha berishga harakat qilamiz: 1)agarafobiya - shaxsning gavjum 
maydonlardan, shoh ko`chalardan o`tishiga qo`rqishi; 2) kaustrofobiya- insonning 
eshigini qulflab yolg`iz o`tirishidan qo`rkishi; 3) monofobiya- shaxsning yakka-
yu yolg`iz, hech kimsiz qolishdan qo`rqishi; 4) atropofobiya-insonning ko`pchilik 
davrasidan, haloyikdan qo`rqishi; 5) nazofobiya-odamning kasal bo`lib qolishdan 
qo`rqishi; 6) eyrotrofobiya- shaxsning ko`pchilik davrasida izza bo`lishdan, 
o`zini yo`qotib qo`yishdan qo`rqishi; 7) didaktogen- o`quvchi yoki talabaning 
o`qituvchidan qo`rqishi; 8) yatrogen- bemorniig shifokordan qo`rqishi va 
hokazo. 
Xayolning organik jarayonlari bilan uzviy bog`liqligi haqidagi ma’lumotlar 
yana ideomotor (yunon idea- tushuncha, tasavvur, lotincha motor 
harakatlantiruvchi degan ma’noni bildiradi) aktlar (harakatlar)da 
mujassamlashgan bo`ladi. Inson u yoki bu harakatni tasavvur qilish bilanoq xuddi 
shu narsaning tabiiy ravishda bajarilishi boshlanadi. Masalan, shaxs qaysidir 
ashulani dildan o`tkazsa, uning xirgoyisi amalga oshiriladi yoki rubob 
to`g`risida tasavvur qilinsa, undagi barmoq harakati tasodifiy ijroga kirishadi va 
boshqalar. 
Xayolning asosiy shakli xayolot yoki fantaziya deb nomlanadi, lekin chet el 
psixologiyasida xayolning sinonimi sifatida qo`llaniladi. Fantaziya inson 
ongida in’ikos etila boshlaganda e’tiboran borliqning qiyofasini o`zgartirishga 
yo`nalgan bo`ladi, voqelikning unsurlarini o`rin almashtirish xususiyatiga ham 
egadir. Shuningdek, fantaziya insoniyat dunyosi uchun ma’lum bo`lgan omillarga 
nisbatan yangi nuqtai nazar topishga va shu yo`sinda yondashishga imkon 
beradi hamda badiiy, ilmiy bilish qadriyatlarni o`zida mujassamlashtiradi. 
Odatda bolaning asosiy faoliyati o`yinga aylana borgan sari bog`cha va 
kichik maktab yoshi davrida jadal rivojlanishi bilan tavsiflapadi. Ma’lumki, 
ta’kidlangan yosh davridagi bolalar uchun fantaziya obrazlari ularning o`yin 
faoliyati uchun dastur tariqasida vujudga keladi: a) bola o`zini kosmonavt 
sifatida his qiladi; b) konstruktor  rolini bajaradi;  v) o`zini  personaj xulq-
atvori bilan taqqoslaydi; g) rolli, syujetli o`yinlarda muayyai rollarga kirishadi 
va xokazo. 
Xayolning o`zi faoliyatning har xil turlarida tarkib topadi, uni amalga 
oshirish va uyushtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bolaning xayoli 
 
112


tashqi tayanchlarga (o`yinchoqlarga) asoslanuvchi faoliyatdan so`zlar bilan 
sodda hamda badiiy ijodiyotni amalga oshirishga sharoit tug`diradigan ichki 
faoliyatga o`sib o`tadi. Uning xayoli nutqni egallash munosabati bilan 
shaxslararo muomala ham taraqqiy etadi. Nutq faoliyatining yuksak ko`rsatkichi 
ko`rmagan, eshitmagan narsa va hodisalarni tasavvur qilish imkonini yaratadi. 
Xuddi shu bois bolalar cho`plardan ot obrazlarini, stuldan harakatlanuvchi tex-
nikani yaratish imkoniga ega bo`ladi. Shuning uchun fantaziya ijtimoiy 
tajribaning biri sifatida gavdalanadi.  
Orzu xayol shakllaridan biri hisoblanib, shaxsning o`zi uchun eng yoqimli 
istiqbol obrazlarini xayolida (tasavvurida) yaratishda gavdalanadi. Orzu 
insonning ehtiyojlari, xohish-istaklari, intilishlari bilan bevosita bog`liq bo`lib, 
uni kelajakda faoliyatni amalga oshirishga undaydi. 
Shaxsning ijodiy faoliyati mohiyatida fantaziya ishtirok etmasdan iloji 
yo`q, chunki hamisha ham uning amaliy xatti-harakatlarvda xayol jarayonlari 
ro`yobga chiqavermaydi. Aksariyat hollarda xayol jarayonlari shaxs amalga 
oshirishni istaydigan obrazlar shaklida mujassamlashadi hamda ichki faoliyat 
tusiga aylanadi. Kelajakka shaxsni undovchi, uning xohish-tilaklarini aks 
etgiruvchi obrazlar majmuasi orzu deyiladi. Orzu-shaxsning atrof muhitni,  
ijtimoiy vokelikni o`zgartirishga, o`rin almashtirishga yo`naltirilgan ijodiy 
kuchlari, ilhomlari va intilishlarini turmushga tatbiq etishning asosiy shartlaridan 
biridir. Shu bilan birga orzu shaxsiy va ijtimoiy hayotni ilmiy faraz qilishning 
unsurlaridan hisoblanadi. Mamlakatimizda taraqqiyotni oldindan ko`ra bilish, 
maqsad ko`zlash, kelajagi buyuk davlat g`oyalari, milliy istiklol mafkurasi va 
milliy istiqlol g`oyasi g`oyat muhim ahamiyagga ega. Shuning uchun orzu 
batamom tugallanishi ma’lum bir sabablarga ko`ra muvaqkat kechiktirilgan 
faoliyatga undovchi motiv (sabab) tariqasida yuzaga kelishi mumkin. Shuning 
uchun ham inson qo`li bilan bunyod etilgan narsa o`zining ijtimoiy tarixiy 
mohiyati jihatidan moddiylashtirilgan, tatbiqiy xususiyatli shaxsning orzusidir. 
Ana shu narsalarga nisbatan o`ta zarur ehtiyoj his qilgan ajdodlarimizning 
orzulari yaqqol ko`rinishda gavdalanganligining shohidi bo`lamiz: 1) uchar 
gilamlar; 2)oynai jahon; 3) elektr chirog`i; 4) o`zi yurar aravalar; 5) lip etib 
chiqish (lift); 6) dashtga suv chiqarish va hokazolar. 
Badiiy va ilmiy ijodida faitaziyaning o`rni to`g`risida muayyan darajada 
ishlar qilgan, chunki san’at va adabiyot ijodiy faoliyatining zaruriy unsuri sifatida 
xizmati baholangan. Ma’lumki, rassom hamda yozuvchining ijodiy faoliyatvda 
ishtirok etuvchi xayol obrazlarining muhim xususiyatlari-bu uning emotsional 
kechinmalar his-tuyg`ular bilan mujassamlashgandir. Hozirgi davrda: 1) badiiy 
ijodiyot 2) badiiy tarjima; 3) ilmiy ijodiyot psixologiyasi: 4) adabiy qobiliyat va 
iste’dod psixologiyasi singari maxsus sohalar xayol turlari, jarayonlari, shakllari 
kabilarga asoslangan holda tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
Mustaqil mamlakatimizning yoshlari (fuqarolari) yangiliklar yaratish va 
kashfiyotlar amalga oshirish, o`zlari yoqtirgan ishlar, muqaddas ijtimoiy xayol 
yo`llari, vatanga muhabbat, iftixor, sadoqat, sodiq do`stlik, qahramonlik, 
iymon-e’tiqod, baxt -tole to`g`risida uzluksiz ravishda orzu qiladilar. Shaxs 
tomonidan tasavvur etilayotgan orzular haqiqatdan ham go`zal, ezgu niyatli, 
 
113


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə