qilingan.
Ijodiy tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo`lib
tadrijiy ravishda,
izchil o`zaro bog`langan jarayonlardan tashkil topadi: dastavval savollar
tug`iladi, vazifa aniqlanadi, masalann yechish yoki savollarga javob qidirish
jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala-bu
bajarilishi yoki hal qilinishi zarur bo`lgan savolning ifodasidir. Namoyon
bo`lgan vazifa (masala) ko`pincha ifodalanishi shart bo`lgan maqsadni ham
o`ziga aks ettirib keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni
topishga gumon va hayajon, shubha hislardan xorij etishga qaratilgan maylidir.
Tafakkurniig izlanish bosqichlarida vujudga kelgan masalaning ifodalanishi
har xil darajada bo`lishi mumkin.
Jumladan, voqelikning nimalari ma’lumki,
nimalari yana noma’lum, ularni aniqlash, qay holatda va qaysi yo`l bilan
yechilishi mumkin, uning turmush uchun qanday ahamiyati bor, singari
jihatlarini aniqlashga to`g`ri keladi.
Ijodiy tafakkurning navbatdagi komponentlari quyidagicha aks ettiriladi:
qo`yidagi
savollarga javob izlash, masalani yechishga yordam beradigan yo`llar,
usullar, vositalar, qoidalar va ko`nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda
mazkur faoliyatda ularni tatbiq qilish va boshqalar. Odam ushbu konkret
holdagi vazifani bajarish uchun qo`yilgan savollarga beriladigam javoblarni
ayrim paytlarda tevarak-muhitdagi ob’ektlardan topishlarga harakat qiladi.
Mazkur holatning samaradorligi ko`p jihatdan uning kuzatuvchanligi va
sinchkovlik sifatlariga bog`liq. Ayrim hollarda berilgan savollarga javoblarni
to`plangan tajriba va yig`ilgan bilim fondidan topish ko`zga tashlanadi Masalan,
sessiya topshirayotgan talabaniig fikr yuritishi, mulohazasi va xulosa chiqarishi
xuddi ana shunday tarzda namoyon bo`ladi.
Ijodiy tafakkur ijodiy hayol bilan uzviy aloqada bo`ladi. Shuning uchun
inson amaliy faoliyatida bir talay savollarga javoblarni xayol yordami bilan
topadi. Jumladan, har xil taxminlar, farazlar, ilmiy gipotezalar, kashfiyotlar,
texnika sohasidagi ixtirolar ham ana shu yo`sinda amalga oshadi, ya’ni xayol
yordami bilan zarur natijalarga erishiladi. Shuningdek, ijodiy tafakkur jarayoni
ba’zi bir vazifalarni hal qilish, bajarish,
muhokama yuritish, mulohaza qilish,
fikrlash, faraz qilish singari jarayonlar mantiqiy fikr yuritish usullari va
vositalarini qo`llash yo`li bilan nihoyasiga yetkaziladi. Masalan, matematika,
fizika kabi fan asoslarini o`zlashtirishda xuddi shunday holat ro`y beradi.
Ijodiy fikr yuritish jarayonida goho kamchilik va xatolarga yo`l qo`yiladi.
Natijada olingan javoblar yoki qo`llanilgan vositalarda shubhalanish hissi paydo
bo`ladi. Oqibatda natijalarni tanqidiy tekshirish masalani hal kilish bilan parallel
ravishda namoyon bo`lishi mumkin. Odatda, ushbu kezlarda fikr yuritishning
mantiqiy jihatlari hukm va xulosa chiqarish, isbotlash, dalillash, asoslash, rad
qilish, inkor etish kabilar ijodiy tafakkur yadrosini tashkil qiladi.
Ijodiy tafakkur jarayonida inson masalani hal qilishda o`zgalarning
yordamiga tayanib ish ko`radi. Ayrim hollarda masala yoki topshiriqni hal qilish,
yechish paytida ijodiy tafakkur shaxslararo munosabatda, muloqotdagi voqe
bo`ladi. Muloqot esa fikr almashish, suhbatlashish,
muhokama qilish, bahslashish,
isbotlash, dalillash kabi mantiqiy usullardan tashkil topadi. Fan va texnika
106
taraqqiyoti tarixiniig ko`rsatishiga qaraganda, yirik ilmiy kashfiyotlar, falsafiy
mushohadalar, ilmiy nazariyalar, konstruktiv ijodlarning aksariyati ulug` kishilar
tomonidan ijtimoiy tafakkurning mahsuli sifatida, kollektiv tafakkuri natijasi
tariqasida dunyo yuzini ko`rgan. Demak, ijodiy tafakkur avlodlarning aql-
zakovati durdonalarining tizimlashishi natijasida voqelikni yangilik elementi
bilan
boyitadi, xolos.
Ijodiy tafakkur bilan masala yechish o`zaro uzviy bog`langan bilish
jarayonlaridir. Lekin ijodiy tafakkurni masala vositasiga aylantirib yuborish
mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ularning nozik jihatlarini farqlab olish
maqsadga muvofiqdir. Jumladan, masalani hal qilish, yechish faqat tafakkur
yordami bilan amalga oshiriladi, chunki bunda hech qanday o`zgacha yo`l bo`lishi
mumkin emas va bo`lmaydi ham. O’z navbatida tafakkur masala yechish
vaqtidagina vujudga keladi. Shu boisdan yangi masala qo`yishda, yangi
muammolarni barpo qilishda, ularning inson tomonidan (o`zgalar)
anglab
yetishida va boshqa hollarda asosiy rolь o`ynaydi. Binobarin, ijodiy tafakkur
faqat masala (muammo) hal qilish bilangina bog`liq bo`lmasdan, balki bilimlarni
egallash, tekstlarni tushunish, narsa hamda hodisalarni tanqidiy jihatdan analiz
qilish va hokazolarda ham juda zarurdir.
Xo`sh, muammoli vaziyat bilan masala yechishning o`zaro tafovuti
bormi? Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam favqulodda hech
kutilmagan, notanish, tushunilishi murakkab bo`lgan, noma’lum narsa va
hodisalar bilan uchrashadi. Aqliy zo`r berish natijasida iroda sifatlarini ishga
solish orqali muammoli vaziyat anglashilgan masalaga aylanadi. Binobarin,
masala muammoli
vaziyatdan kelib chiqib, uning bilan mahkam aloqa qilib hukm
suradi. Tafakkur muammoli vaziyatni analiz qilish natijasida uni ravshanlashtirib,
yechish mumkin bo`lgan masalaga aylantiradi. Demak, bu yerda o`zaro
mustahkam bog`langan fikr yuritishning berk zanjiri vujudga keladi: Tafakkur —
muammo - masala. Zanjirning har bir zvenosi hamisha va beto`xtov bir-birlarini
taqozo etadi.
Masalaning yuzaga kelishi muammoli vaziyatdan o`zining spetsifik
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Odatda masala ifodalanganda, garchi oldindan
bo`lsa ham, ma’lum ma’lumotlar va noma’lumlar (qidirilishi zarur bo`lgan
narsalar) alohida mantiqiy bo`laklarga, qismlarga ajratilgan bo`ladi. Masala
nutq bilan bayon qilingan qismdan va shartli belgilar yoki abstrakt
tushunchalardap tashkil topadi. Masalaning verbal bo`lagida ma’lum ma’lumotlar
va noma’lum narsalarga bo`lish aks ettirilgan bo`ladi. Har qanday predmetlarga
oid o`quv masalasida uning asosiy shartlari yechuvchilar
ongiga borib yetadigan
darajada yaqqol shaklda bayon qilingan bo`ladi, shuningdek, uning oldiga
qo`yilgan talablar va savollar ham turli yoshdagi odamlarning yoshiga, saviyasiga
mos ravishda tuziladi. Qattiq izlanish, muhokama yuritish, vositalar tanlash va
ularni tatbiq etish natijasida qidirilgan noma’lum narsa topiladi.
Ijodiy tafakkur jarayoni mavjud bilimlarga, bog`liqdir. Shu narsani alohida
qayd qilib o`tish kerakki, o`zaro aloqa qilishda tafakkur muhimrok, mavqeliroq
o`rin tutadi. Hozirgi zamon ta’limi
oldida turgan asosiy maqsad, o`quvchi yoki
talaba shaxsini bilimlar bilan qurollantirish emas, balki ularni fikr yuritish
107