yaratish imkoniyatiga ega bo`ladilar va hokazo.
Birinchi sinf bolasi o`z harf xaltasidagi kesilgan harflardan
foydalanib
bo`g`in, bo`g`inlardan so`z, so`zlardan gap, gaplardan qisqa informatsiya, undan
esa hikoya tuzadi.
Talabalar O’zbekiston tarixi fani xalqimiz, davlatchiligimiz, madaniyatimiz,
san’atimiz hamda bugungi kunimiz to`g`risida ma’lumot olinadi.
Ish-harakatlarni yaxlitlash tufayli bir butun moddiy narsa hosil bo`ladi, ish-
harakatlarda ham sintez operatsiyasini qo`llab bo`lar ekan. Tarixiy
qahramonlar, buyuk sarkardalar, arboblar to`g`risida ham xuddi shunday
fikr va
mulohazalar yuritish mumkin.
Takqoslash. Insonning ijtimoiy faoliyatida, bilimlarning o`zlashtirilishida,
voqelikni to`laroq aks ettirishida bir-biriga o`xshash jihatlar tafovutini,
shuningdek, bir-biridan farq qiladigan tomonlar o`rtasidagi o`xshashlikni
topishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi katta ahamiyatga ega. Taqqoslash-
shunday bir
tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan ob’ektiv
dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o`xshashligi va bir-biridan farqi
aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan allomalardan biri taqqoslashning psixologik
mexanizmi to`g`risida juda ilg`or fikrlarni ilgari surib, quyidagi mulohazalarni
bildiradi: «Agar siz tabiatning biror narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz,
uning o`ziga juda o`xshash bo`lgan narsalardan
tafovutini topingiz va uning
o`zidan juda uzoq bo`lgan narsalar bilan o`xshashlik topingiz. Ana shunda siz
shu narsaning eng muhim, hamma belgilarini payqab olasiz, demak, shu narsani
tushunib olasiz».
Kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, inson, ko`pincha, jamiyat formatsiyalarini
o`rganish davrida, ularning avvalgi mohiyatini keyingi formatsiyani o`rganish
paytida yanada chukurroq va puxtaroq egallab oladi.
Mazkur jarayon to`g`risida fikr yuritilganda, so`zning negizini
o`zlashtirishda o`zakning muhim belgilarini (xossalarini) to`laroq tushunib olish
kabi ko`pgina aqliy harakatlarni keltirib o`tish maqsadga muvofiqdir.
Bilish ob’ekti hisoblangan narsa va hodisalar o`rtasvdagi o`xshashlikni yoki
farqni,
tenglik yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat
bo`lgan fikr yuritish operatsiyasi bilishning dastlabki va earur vositasi bo`lib
hisoblanadi
Ajdodlarimiz takqoslashning ta’limdagi roli to`g`risida shunday fikrlarni
bildirgan edi: Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning
asosidir. Olamdagi narsalarning hammasiii taqqoslab ko`rish yo`li bilan bila
olmasak, boshqa yo`l bilan bila ol- maymiz, agar biz hech narsa bilan
solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo`lmagan biron bir narsaga
duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to`g`risida hech kanday fikr hosil qila
olmagan bo`lar edik.
Yuqoridagi muloqazalardan ko`rinib
turibdiki, taqqoslash fikr yuritish
operatsiyasi sezgilarimizda va idroklarimizda hali gavdalanmagan o`xshashlik va
tafovutni topish zaruriyati vujudga kelgain paytda namoyon bo`ladi.
91
Psixologiyada yana shu narsa ma’lumki, sezgi va idrokimizda dastavval
narsalarshshg va hodisalaripng o`xshash va farqlanuvchi tomoni ko`zga yaqqol
tashlanadi.
Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo`l bilai amalga oshishi mumkin: amaliy
(konkret narsalarni bevosita solishtirish) va nazariy (tasavvur qilinayotgan
obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash). Agar inson ikki boylam yukni
qo`l bilan ko`tarmb, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa, ikki paykal
paxtazor hosildorligini takqoslasa- bu amaliy taqqoslash bo`ladi.
Shuningdek,
o`kuvchilar ikki qalam yoki sterjenni, chizg`ichni yog`ochga yoki qog`ozga
solishtirsalar, u analogik holatdagi misol bo`la oladi. Bundan tashqari, metr bilan
masofani (gazlamani), tarozi bilan og`irlikni, termometr bilan haroratii, teleskop
bilan osmon jismlarini o`lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarnpng barchasinn bevosita aks
ettirish, qo`l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to`planadigan
bilimlarning aksariyati qo`l bilan ushlash, ko`z bilan kuzatish evaziga emas, balki
fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglashiladi. Ular o`rtasidagi o`xshash va
farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson
olayotgan keng ko`llamdagi informatsiyalar farqini fikran
taqqoslash yordamida
anglab yetadi. Jumladan, o`quvchilar dilda o`ylayotgan narsalarni fikran
solishtirib ko`radilar. Ba’zan turli yoshdagi kishilar o`z tengdoshlari xarakterida,
kiziqishida, yurish-turishida, muomalasida va boshqa xususiyatlarida o`xshashlik
va tafovut borligini topadilar.
Kishilar narsa va hodisalarni biron belgiga asoslanib taqqoslashda
qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun berilayotgan informatsiyalar
mohiyatiga diqqat-e’tibor qilish shart. Kishilar uchun taqqoslash printsipi
tushunarli va aniq bo`la bo`lsa, mavjud qiyinchiliklarni bartaraf qilish
imkoniyati tug`iladi Inson oldiga aniq maqsad qo`yilsa, yoinki o`rganilayotgan
ob’ekt mohiyatiga kirib borish uchun ustanovka berilsa, fikran takqoslashda
xatolar miqdori keskin kamayadi.
Shaxsiy kuzatishlarimizning ko`rsatishiga
qaraganda, taqkoslash
operatsiyasida katta yoshdagi kishilarda va o`quvchilarda uchraydigan asosiy
kamchilik bu jarayonni noto`g`ri tasavvur qilish yoki xato tushunishdir, ya’ni
taqqoslash deganda ikki va undan ortiq nar-salarni yonma-yon qo`yishlik deb,
faraz kilishlikdir. Inson shaxsiy faoliyatida, ta’lim jarayonida takqoslash ustida
qanchalik ko`p mashq qilsa, taqqoslash ko`nikmasi paydo bo`lsa, unda fikr
yuritish shunchalik samarali bo`ladi.
Abstraktsiya. Narsa va hodisalarning, konun
va qonuniyatlarning ayrim
belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr
ob’ektiga aylantirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi inson bilish faoliyatida
muhim ahamiyatga ega. Masalan, bilish jarayonida tabiat, jamiyat va ayrim
insonlarga xos bo`lgan «go`zallik» belgisini ayirilib olib, ularning go`zalligi
to`g`risida emas, balki umuman go`zallik, ya’ni estetik kategoriya mazmunidagi
tushuncha yuzasidan mulohaza bildiriladi.
Abstraktsiyalash shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya
yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini
92