O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73

ma’lum darajada asos bo`lishi ham mumkin. 
   Bizga ma’lumki, har qanday odam boshqa odamdan o`zining individual -
psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan ma’lum bir odamga xos 
bo`lgan xislatlar nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs 
uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarida 
ko`rinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan 
individual psixik xususiyat yig`indisi tushuniladi. Xarakter termini fanga qadimgi 
yunon olim va faylasufi Teofrast tomonidan kiritilgan. Xarakter so`zi yunoncha 
«tamg`a», «xususiyat» ma’nosini anglatadi. Teofrast o`zining xarakterga 
bag`ishlangan «traktat»ida 30 xil xarakterni ko`rsatadi.  
  Shaxsning individual - psixik xususiyatlari turli-tumandir. Masalan: kamtarlik, 
mag`rurlik, xudbinlik, samimiylik, rostgo`ylik, bahillik, g`amho`rlik, tortinchoqlik, 
quvnoqlik va x.k. Shunday ekan xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter 
xislatlari deyiladi. Xarakter xislatlari 2 ta katta gruppaga bo`linadi: 
1.
 
Xarakterning ma’naviy sifatlari-mehnatsevarlik, halollik, rostgo`ylik, 
mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar; 
2.
 
Xarakterning irodaviy xislatlari-maqsadga intiluvchanlik, qat’iylik, jasurlik, 
mardlik, matonatlilik, o`z-o`zini tuta bilish kabilar. 
   Xarakter  tug`ma  o`zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot 
sharoitlarga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: 
maxsus sharoitda, maxsus ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xislatlarini 
bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Shaxs 
munosabatlari xarakter xislatlarining individual  o`ziga xos xususiyatni 2 xil 
tarzda aniqlaydi. Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon 
bo`ladigan har bir tipik vaziyat imotsional  kechilmalarining individual o`ziga xos 
xususiyati shaxs munosabatlariga bog`liq. Shu bilan bir qatorda, odam 
xarakterlarining usullari iroda xissiyot diqqat tafakkur xususiyatlariga ham 
bog`liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo`ladigan tirishqoqlik va puxtalik faqat 
mehnatga ijobiy munosabatda bo`lishi emas, balki diqqatning to`plashishiga 
harakatlarning aniqligi, irodaviy zo`r berishga va shu kabilarga bog`liqdir. Shu 
sababli harakat usullariga turli psixik jarayonlarning ustunlik qiluvchi tasiriga 
bog`liq holda xarakterning intektual, emotsional va irodaviy xislatlarni ajratish 
mumkin.  
      O’quvchilar  xarakter  xislatlarini bilish, ularga individual munosabatda 
bo`lishning asosidir. Odam xarakterik jamiyat uchun ham katta ahamiyatga 
ega. Kollektivning mehnat faoliyati va hayoti, undagi odamlarning xarakter 
sifatlari bilan belgilanadi. Ba’zi bir og`ir xarakterli o`quvchilar tufayli sinfdagi 
intizom, o`quvchilar o`rtasidagi munosabat sinfning psixologik muhiti 
buzilishi mumkin. Shu sababli har bir pedagog xarakter strukturasini, xarakter 
shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni, o`quvchilarda xarakterni tarbiyalash 
yo`llarini yaxshi bilishi lozim.  
Xarakterning fiziologik asosi 
    Bir  qancha  olimlarning  tadqiqotlarda odamlarning harakat usullari nerv 
sistemasi umumiy tipining xususiyatlari bilan aynan bir tipik vaziyatda va 
 
147


sharoitda bir xil ijobiy munosabatda bo`lish bilan solishtirib ko`rilgan. Bunda shu 
narsa aniqlangan-ki, nerv sistemasi umumiy tipining zid xususiyatlarga psixologik 
jihatidan zid bo`lgan xarakat usullari mos keladi. Masalan: sust nerv sistemasiga 
ega bo`lgan o`quvchilar yaxshi tanigan o`rtoqlarining tor doirasi bilan alohida 
qilishga loyiq bo`ladilar. Ular o`z tashabbuslari bilan o`zlari haqida kamdan-kam 
biror narsa aytadilar. Ular juda qiyinchilik bilan yangi tanish orttiradilar, ammo 
ular eski o`rtoqlari bilan uzoq vaqtga ajratayotgan bo`lsalar, ular bilan 
munosabatlarini uzushlari qiyin bo`ladi.  
     Aksincha,  harakatchan nerv jarayonlariga ega bo`lgan o`quvchilar odamlar 
bilan bo`ladigan munosabatlarida qarama-qarshi xususiyatlarning umumiy tipi ayni 
bir vaqtning o`zida temperamentning fiziologik asosi ham hisoblanadi. Bu esa ular 
o`rtasida mustahkam aloqa borishini bildiradi. Bundan temperament tipi 
xarakterning individual o`ziga xos xususiyatlarining paydo bo`lishidagi muhim 
psixologik sharoitdan biridir. 
      Tashqi  taassurotlar  natijasida  hosil bo`ladigan vaqtni aloqalar sistemasi 
xarakter fiziologik asosini ikkinchi tomonini tashkil qiladi. Dinamik stereotip  
(yunoncha  dinamikas – kuchga oid, o`zgaruvchanlik, harakatchanlik, stereos - 
qat’iy, tunos - iz). Bir xildagi tashqi taassurotlarning ko`p martalab takrorlanishi 
natijasida bosh miya yarim sharlari qobig`ida hosil bo`ladigan, ma’lum darajada 
qat’iy shartli reflektor yoki muvaqqat nerv bog`lanishlari sistemasi. D.S.ning hosil 
bo`lishi kishida muayyan malaka va odatlarning tartib topishini, kishining 
muayyan hayot sharoitlarga  moslashuvini taminlaydi. (B.M. Teplov, V.S. Merlin, 
Ye.A. Klimov laboratoriyadagi tadqiqotlar bo`yicha). Demak, xarakter 
xususiyatlari paydo bo`lishining boshqa fiziologik sharoiti nerv sistemasi umumiy 
tipining xususiyatlaridir. Vaholanki, nerv sistemaning umumiy tipi ayni bir 
vaqtning o`zida temperamentning fiziologik asosi ham hisoblanar ekan, bunday 
holda temperament o`rtasida mustahkam aloqa kelib chiqadi. Temperament tipi 
xarakterning individual o`ziga xos xususiyatlarining paydo bo`lishidagi muxim 
psixologik sharoitlaridan biridir. 
    Odam    xarakterining  strukturasi  bir – biri bilan ma’lum  munosabatlarda 
bo`lgan turli xususiyatlar va psixik protsesslarning o`zaro bog`liqligidan hamda 
yaxlit holda nomoyon bo`lishidan iborat. Biz xarakterning bir yoki necha 
xususiyatlari asosida bizga noma’lum bo`lgan boshqa xislatlarni ham aytib 
berishimiz mumkin. M: odamning takabbur va shuhratparastlikni bilsak, uning 
odamlarga nisbatan qora ko`ngilli ekanligi haqida taxmin qila olamiz. Agar odam 
kamtarin bo`lsa, uni ko`ngilchan deb tahmin qila olamiz. 
     Psixik xususiyatlarning o`zaro bog`langan sistemasini simptomokomplekslar 
yoki omillar deb ataladilar. Bu simtomokomplekslarni analiz qilish orqali xarakter 
srukturasining nima bilan belgilanishini aniqlay olamiz. Masalan: Shaxslararo 
munosabatlarda nomoyon bo`ladigan xarakter xususiyatlarining bir – biriga 
qarama - qarshi sistemasi ajratishi mumkin. (Shartli ravishda buni «shaxs – 
atrofidagi odamlar» sistemasi deb ataymiz). 
     Agar nihoyatda zid qarama - qarshi nazarda tutilsa, unda ayrim odamlarda bu 
sistema  o`ziga ishonish, o`zidan mag`rurlanish, o`zbilarmonlik, maxtanchoqlik, 
urishqoqlik, o`ch olishlik, kekayishi, pismiqlik, jamoatchilik tomonidan 
 
148


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə