O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73

ma’qullangan narsalarni sezmaslik, ko`pchilik tomonidan qabul qilgan xatti –
harakat qoidalarni pisand qilmasliklarning qo`shilishida   nomayon bo`ladi. Boshqa 
bir odamlarda bu sistemaga qarama - qarshi xususiyatlari bilan qo`shilgan holda 
namoyon bo`ladi. Bunday odamlar o`zlariga ishonmaydilar, kamtarinligi, 
ko`ngilchanligi, iltifotligi, sabrligi, xar narsa yuzasidan o`zining ayiblashga 
mayilligi, yumshoqligi, dilkashligi, to`g`riligi bilan ajralib turadilar. Ko`pchilik 
tomonidan qabul qilingan xatti – harakat qoidalarini bajonu dildan bajaradilar. 
Kekkayishi, pismiqlik, jamoatchilik ma’qullagan narsalarni va ko`pchilik 
tomonidan qabul qilingan xatti - harakat qoidalarini sezmaslik kabi 
xususiyatlarning hammasi odamlarni nazar pisand qilmaslikni ifodalash orqali 
birlashganligini qo`shish qiyin emas. Xuddi shuningdek, bularga qarama - qarshi 
xususiyatlar gruppasi – dilkashlik, samimiylik, ko`pchilik tomonidan qabul 
qilingan xatti - harakat qoidalariga bo`ysunish, odamlarga nisbatan qarama - qarshi 
munosabatni ifodalaydi. Bu yerda o`z - o`zidan ravshanki, voqelikning ma’lum 
tomonlarga shaxsning aynan bir xil munosabatda bo`lishlari bilan bog`liq bo`lgan 
xarakterning bunday xususiyatlari bir – biriga o`zaro bog`liqdir. 
    Xarakter strukturasini xar tomonlama o`rganish, xulq atvorni hayotning turli 
vaziyatlarga tahlil qilish, yashash sharoiti va tarbiyani qanday yo`lga 
qo`yilganligini o`rganish asosida to`liq o`rganish mumkin. 
    Xarakter  strukturasida  birinchi  navbatda uning ikki tomoni: mazmuni va 
shakli farqlanadi. Xarakter mazmuni shaxsning hayotidagi yo`nalishini, ya’ni 
moddiy va ma’naviy extiyojlarini, qiziqishlarini, ideallarini tashkil qiladi. 
Shaxsning yo`nalishi uning maqsadini, hayotdagi aktivlik darajasini  belgilaydi. 
Xarakterning mazmuni bir individual o`ziga xos munosabatlar shaklida namoyon 
bo`ladi. Shaxsning xarakter mazmunida uning yashash tarzi, tarbiyaviy ta’sirlari va 
tashqi muhitning talabiga ko`ra, gox ehtiyojlari, gox boshqa ehtiyojlar ustunlik 
qiladi. Masalan: ba’zi odamlarda moddiy extiyojlar, boshqalardan estetik 
ehtiyojlar, ilmiy qiziqishlar ustunlik qiladi. 
    Odam  xarakterning  strukturasi  turli xususiyatlar va psixik protseslarning 
sintezidan iborat. Bular: 
1.
 
Ishonch. 
2.
 
Ehtiyoj va qiziqishlar 
3.
 
Intellekt tushunish, tushuncha, mulohaza. 
4.
 
Iroda 
5.
 
Hissiyot 
6.
 
Temperament 
      Xarakter  strukturasida  ishonchlar sistemasi yetakchi komponentlardan 
biridir. Biror bir narsaga ishonishining komilligi shaxsning printsipialligini, 
kelayotgan ishga butun kuchini safarbar qilishini ta’minlaydi. Ishonch maqsadga 
intiluvchanlik, printsipiallik, optimizm, boshqalarga va o`z - o`ziga talabchanlik 
kabi xarakter belgilarini shakllantiradi. Xarakterning o`zagini shaxsning ma’naviy 
– irodaviy sifatlari tashkil etadi. Kuchli odam o`zining maqsadining aniqligi va 
mustaqilligi bilan ajralib turadi. Irodali shaxs maqsadiga erishish yo`lida qat’iy va 
tirishqoq bo`ladi. Irodasi kuchsiz odamni xarakteri bo`sh odam deb qaraladi. 
Bunday odamlar bilimining va layoqatining yetarligiga qaramay o`z 
 
149


imkoniyatlarini to`la ishga sola olmaydilar. 
      Hissiyot xarakter strukturasida uning sifatida ko`rsatkichdir. Hayot tarzi va 
ijtimoiy muhit ta’siri ostida xarakter xususiyatlari yuqori darajada rivojlangan 
ma’naviy – siyosiy, estetik, intelektual hissiyotlar va aksincha hissiyotlarning kam 
rivojlangan spektrini asosida o`zini tuta olmaslik, qo`pollik, affektivlikni namoyon 
qiladi. Hissiyotlarning namoyon bo`lish xarakteri odamning o`z - o`zini irodaviy 
boshqarish darajasiga bog`liqdir. 
      Shaxsning 
turli 
munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter 
xususiyatlarining to`rta sistemasi farqlanadi. 
1.   Kollektivga va ayrim odamlarga bo`lgan munosabatlarni ifodalovchi 
xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik)          
2.  Mehnatga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, 
yalqovlik, mehnatga ma’sulyat yoki ma’sulyatsizlik bilan munosabatda bo`lish va 
shu kabilar). 
3.
 
Narsalarga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki 
ifloslik va h.k.). 
4.
 
Odamning o`z-o`ziga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (izzat-
nafslik, mag`rurlik, dimog`dorlik, kamtarinlik va h.k.). 
Shaxs turli munosabatlarining o`zaro bog`liqligi shaxs xarakteri strukturasining 
ayrim xususiyatlariga bog`liqdir. Ana shu o`zaro bog`liqlik tufayli shaxsning 
qandaydir bir yolg`iz munosabatiga bog`liq bo`lgan xarakter xususiyati 
topilmaydi. 
     Shaxs  munosabatlari  o`zaro  aloqasi tufayli aynan bir xil munosabatga 
masalan: odamlarga yoki mehnatga bo`lgan munosabatiga bog`liq bo`lgan 
xarakter xususiyatlarigagina o`zaro bog`liq bo`lmay, balki, ko`p yoki oz darajada 
turli munosabatlarga bog`liq bo`lgan xarakterning xususiyatlari o`zaro 
bog`liqdirlar. 
      Shaxs munosabatlarining o`zaro aloqasida markaziy, asosiy va ularga tobe 
bo`lgan munosabatlar bordir.  
    Xarakter strukturasi qonuniyatlaridan muhim pedagogik xulosalar chiqarish 
mumkin. Xarakterning ayrim kamchiliklarini, masalan: qo`pollikni, 
yolg`onchilikni bartaraf qilish hamda xarakterning ayrim ijobiy xususiyatlarini 
tarbiyalash faqat o`zaro bog`langan xususiyatlarning butun bir sistemasini 
tarbiyalash mumkin. Bunda bunday xususiyatlar sistemasini tarbiyalashning 
mhim shartlaridan biri shaxsning markaziy, asosiy munosabatlarini tarkib 
toptirishdan iboratdir. 
 Xarakter xususiyatlari jumlasiga quydagilar kiradi: 
1.
 
Chuqurlik darajasi. 
2.
 
Xarakter kuchi. 
3.
 
Barqarorlik-o`zgaruvchanlik darajasi. 
4.
 
Plastikligi. 
Shaxsning markaziy, asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini 
biz xarakterning bir muncha chuqurroq xususiyatlari deb aytamiz. Shuning uchun 
ular boshqa xususiyatlarning juda keng sistemasi bilan bog`langan bo`ladi. 
   Xarakter kuchli xarakter xususiyatlarning kishini biror narsaga undash kuchi 
 
150


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə