O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238
9230 (2)

Maqsad: 
Talabalarda psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixi
haqida tushuncha hosil qilish.
Vazifa: 
1.Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida 
shakllanguncha bo‗lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyotini bayon etish. 
2.Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davrini 
asoslash.
3.Sobiq ittifoqda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining taqdirini yoritish.
4 Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixini bayon etish. 
5 O‘zbekistonda psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning rivojlanishini yoritish.
Tayanch tushunchalar: 
 
1.
Psixofizika
 
(Yunon. phisus – tabiat) - psixik xususiyat va qonuniyatlarining fiziologik 
asoslarini o‘rganadi.
2.
Psixofiziologiya

psixologiya va neyrofiziologiyannng psixikani, uni neyrofiziologik 
asoslari bilan birga o‘rganadigan sohasi.
3.
Psixologik laboratoriya
-inson ruhiy jarayonlarini o`rganish maqsadida jihozlangan 
maxsus tadqiqotlar olib boriladigan ilmiy muassasa. 
4.
 
Psixodiagnostika
 
(Yunon. diagnostikos - bilishga qodir) shaxsning individual psixologik 
xususiyatlarini aniqlovchi va o‘lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli.

5.
Kombinatsiya
– birlashtirilgan testlar degan ma`noni bildiradi. 
6.
Psixometrika
- bu psixologik o‘lchash degan ma`noni anglatadi.
 
 2.1.Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida 
shakllanguncha bo„lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyoti
Psixodiagnostikaning rivojlanish tarixi ko‘p asrlarga borib taqaladi. Individual psixologik
farqlarni aniqlashga mo‘ljallangan dastlabki testlar 4000 yil oldin ma`lum bo‘lgan. Qadimgi 
madaniyat tarixini o‘rganish bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Qadimgi Xitoyda Xristos 
tug`ilishidan 2200 yil oldin shasxning ko‘p xususiyatlarini qamrab olgan amaldorlarni tanlash 
tizimi yaratilgan. Bunda amaldorlarning ko‘pgina xislatlariga: jumladan, chiroyli yozuvdan - 
kundalik xulq-atvorigacha e`tibor berilgan. Platon insonlarni bir-biridan farqlaydigan tug`ma
layoqatlarning ahamiyatini yaxshi tushungan. 
Har uch yilda imperator huzurida olti yo‘nalish bo‘yicha: musiqa chalish, kamon otish, 
chavandozlik, yozish, o‘qish, marosimlarni bilish kabi sinov mashg`ulotlari amalga oshirib 
borilgan. 
Masalan, eramizdan avvalgi VI-V asr qadimgi YUnonistonda Pifagor o‘z maktabiga kelganlarni 
qabul qilishda ularga dastlab qiyin matematik masala bergan masalani echgan odam darhol 
o‘qishga qabul qilingan, masalani echa olmagan odamni esa maxsus zalga olib kirishgan. Bu erda 
esa sinov qoidasiga binoan bir guruh odamlar uning ustidan kulishni boshlaganlar, agar 
sinaluvchi o‘zini munosib tutib luqma tashlovchilarga o‘rinli javob bera olsa u ham maktabga 
qabul qilingan.
Qadimgi Misrda esa ruhoniylikka o‘qitilgan odamlarning tarjimai holi, ma`lumoti, suhbatlashishi, 
ko‘nikmasi tekshirilgach u qorong`u er to‘ladan bir o‘zi o‘tishi lozim bo‘lgan. 
XIX asrning birinchi yarmida psixologiyada o‘lchash g`oyasi ommalashadi. Bu davrda inson 
haqidagi empirik psixologik bilimlarni aniqlashda vrachlar katta rol o‘ynadilar. Vrach-psixiatrlar 


Evropa kasalxonalarida ruhiy kasallar va nevrozlarni doimiy kuzatib, o‘z kuzatish natijalarini 
yozib bordilar va bu yozuvlar tahlil qilindi. Bu vaqtda psixodiagnostikaning kuzatish,
so‘rovnoma, hujjatlarni tahlil qilish metodlari paydo bo‘ldi. Bu davrda psixodiagnostika qat`iy
bo‘lmagan, ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib, bir bemorni bir xil metod yordamida vrachlarning 
kuzatishlariga asoslangan. Bu davrda psixodiagnostika metodlari sifat xarakteriga ega bo‘ldi. 
Masalan, frantsuz shifokori J.Eskirol aqli zaiflikning har xil shakllarini o‘rganib, intellektni 
o‘lchashda nutqning rivojlanishiga e`tibor berish kerak degan xulosaga keldi (E.Segen aqli zaif 
bolalarni tashxis qilish testini ishlab chiqdi). XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya fani 
individual farqlarni miqdoriy ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayniqsa, bunga V.Vundt 
tomonidan dastlabki eksperimental laboraloriyaning ochilishi va Veber, Fexner ishlari turtki 
bo‘ldi. XX asrning 20-yillarida psixodiagnostika mustaqil fan sifatida rivojlanadi. Bunga quyidagi 
tarixiy hodisalar asosiy sabab bo‘lib 1884 yil Angliyada F.Galton tomonidan antropometrik 
laboratoriya tashkil etilishi xizmat qiladi. 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə