tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash
uchun bolalar psixologiyasi, klinik patopsixologiya va
psixiatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachi bolalar
psixologiyasining akseleratsiya (tez etilish), pedagogik qarovsizlik
kabi muammolarini hal
qilishiga to‗g‗ri keladi.
O‗qituvchi ta'lim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nega va qanday paydo bo‗lishini tushunishi uchun,
avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarning
psixologik diagnostika metodlarini egallashi zarur. O‗qituvchi bolalar bilan ishlashda
psixodiagnostik tadqiqot doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalardan qanchalik to‗g‗ri
foydalana olishi ham muhim hisoblanadi.
Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi.
Xuddi shu
davrda psixologiyada o‗lchash g‗oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga
aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan
bog‗liq.
Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‗yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‗rsatkich va
tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyatlari haqidagi
xulosalardan iborat.
1.4. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya bilan shug„ullanuvchi psixologga
qo„yiladigan talablar
Har qanday psixodiagnostik metodika yo‗q joydan paydo bo‗lmaydi, balki (tashxislash)
o‗rganilayotgan ob'ektning psixologik nazariyasi asosida vujudga keladi va rivojlanadi. Masalan,
intellekt testlari, intellektning hayotiy voqeliklarda namoyon bo‗lishi, ahamiyati,
tuzilishi va
uning tabiati haqidagi ilmiy tasavvurlarga asoslanadi. Shaxs testlari, shaxsning tuzilishi,
shaxs
xususiyatlarining taraqqiyoti va tabiati, ilmiy ma'nosi haqidagi nazariyalarga asoslanadi.
Psixodiagnostik metodikalardan to‗g‗ri foydalana olish uchun albatta uning nazariy asoslarini
bilish shart, aks holda psixodiagnost tadqiqot natijalarining analizi,
sharhlash va xulosalarda
xatoliklarga yo‗l qo‗yishi mumkin.
Eksperimentator biron-bir psixologik testni mukammal o‗zlashtirib olmagan bo‗lsa va hech
bo‗lmaganda o‗zida boshqa bir odamda sinab ko‗rmagan bo‗lsa, uni qo‗llashga haqli emas.
Bundan tashqari, psixodiagnostik metodikalarni qo‗llashning shart-sharoitlariga qat'iy amal qilish
shart. Ammo har qanday voqelikda ham psixologik tashxis bilan kim shug‗ullanishidan qa'ti nazar
– mutaxassismi yoki qiziquvchimi,
quyidagi
Dostları ilə paylaş: