Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə1/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
312 07.06.2022



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son va “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarorlariga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan yoshlar bilan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida intellektual sog‘lom raqobatni shakllantirish, talaba va yoshlarning bilim va salohiyatini yanada oshirish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman va shaharlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi) tashkil etish hamda ushbu jamg‘armalar mablag‘larini quyidagi manbalar hisobidan shakllantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining prognozi orttirib bajarilgan qismining kamida 15 foizi miqdorida har chorakda ajratiladigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari ushbu qarorda nazarda tutilgan manbalar hisobidan hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larini o‘z vaqtida va to‘liq shakllantirishga shaxsan mas’ul hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
yuridik shaxs bo‘lmagan hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasini tashkil etish tartibi;
hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish tartibi;
hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish va ulardan foydalanish;
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarini hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasining, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlarini tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi etib belgilash;
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik himoyaga muhtoj hamda iqtidorli va faol yoshlarga ko‘maklashish;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish orqali ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik loyihalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
yoshlarning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish hamda amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatish orqali yoshlarni “Yoshlar daftari”dan chiqarish tartibi.
5. Belgilansinki:
hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalarining daromadlar va xarajatlar parametrlarini, ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni, ish rejalarini tasdiqlash hamda mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlar tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari Vasiylik kengashlari tomonidan amalga oshiriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — tegishli hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi, tuman (shahar) hokimlari — tegishli tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisi hisoblanadi;
hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari Vasiylik kengashlari a’zolarining faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari daromadlarining barqaror shakllantirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini doimiy nazorat qilib borish tavsiya etilsin.
7. Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar “Onlayn mahalla” elektron platformasining “Yoshlar daftari” axborot tizimi bilan;
2022-yil 1-sentabrga qadar “Yoshlar daftari” axborot tizimini tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
8. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlar portali” axborot tizimi negizida yaratilgan “Yoshlar murojaati” elektron platformasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi bilan integratsiya qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
9. 2022-yil 1-iyuldan boshlab “Yoshlar murojaati” elektron platformasiga kelib tushgan murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga yuborilishi inobatga olinsin.
Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va hal etilishi bo‘yicha tizimli monitoring yuritilib, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, huquqiy baho berish uchun har chorak yakunida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot kiritib boriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarorining 6-bandiga muvofiq 2022-yildan boshlab har yili intellektual olimpiada tashkil etilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
11. Oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari o‘rtasida intellektual olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Tashkiliy qo‘mita (A. Sa’dullayev):
bir oy muddatda oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari o‘rtasida intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
amaliyotda to‘plangan tajribalarni inobatga olgan holda 2023-yil 31-yanvarga qadar oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda intellektual olimpiadani tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha barcha tashkiliy va ijodiy ishlarni muvofiqlashtirsin;
intellektual olimpiadaning respublika bosqichi o‘tkaziladigan joyni belgilasin hamda hakamlar hay’ati tarkibi, apellatsiya komissiyasi a’zolari ro‘yxatini shakllantirsin;
intellektual olimpiada materiallarining maxfiyligini, olimpiadaning belgilangan talablar asosida o‘tkazilishini ta’minlasin;
intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishi, sohasi, mutaxassisligidan qat’i nazar, respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalarini jalb etish choralarini ko‘rsin;
umumjamoa hisobida 1, 2 va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim tashkilotlarini mukofotlash turlarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asini belgilash hamda intellektual olimpiadaning g‘olib va sovrindorlariga topshirilishini ta’minlasin;
intellektual olimpiadaning g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga kiritish uchun ularning ro‘yxatini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etib borsin;
intellektual olimpiadaning tashkil etilishi, o‘tkazilishi va natijalarini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish choralarini ko‘rsin.
13. Quyidagilar:
intellektual olimpiada ishtirokchilarining yashash va transport xarajatlari — ushbu ishtirokchilar ta’lim olayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan;
g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarni rag‘batlantirish xarajatlari — Yoshlar ishlari agentligi orqali Davlat budjetidan “Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, O‘zbekiston shashka federatsiyasi bilan birgalikda intellektual olimpiada davomida shaxmat va shashka musobaqalarini o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda intellektual olimpiada tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlar va ularning atrofidagi hududlarda jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati, yong‘in va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati intellektual olimpiada o‘tkaziladigan hamda ishtirokchilar joylashgan turar joylarda tibbiy xizmat navbatchiligini tashkil etish, yuqori saviyada tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ularni zarur tibbiy anjomlar, dori vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə