Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobot



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə4/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
312 07.06.2022

4-bob. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobot
18. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari hisobot bo‘limlari tomonidan har oyning 5-sanasiga qadar xarajatlar to‘g‘risida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) moliya bo‘limlari mahalliy budjetning orttirilgan qismi miqdori to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligiga ma’lumot berib boradi.
19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) moliya organlari tomonidan budjet ijrosi hisobotini shakllantirish davrida tegishlicha “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisoboti ham qabul qilinadi.
20. Vasiylik kengashi raisi har chorakda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga hisobot beradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalarining joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) mahalliy budjetiga olib qo‘yilmaydi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining hududiy boshqarmalari mazkur Nizom doirasida tuman (shahar)larda amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablag‘lar samarali va maqsadli ishlatilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatadi.
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari”jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə