Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə2/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
312 07.06.2022

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
312-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga
1-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi), shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi) tashkil etish, ularning mablag‘larini shakllantirish va ushbu mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga, shuningdek, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq belgilangan tartibda shakllantiriladi.
3. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasining mablag‘lari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar g‘aznachilik boshqarmalarida, shuningdek, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasining mablag‘lari tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlarida alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yig‘iladi.
2-bob. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish manbalari
4. Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari prognozining orttirib bajarilgan qismining kamida 15 foizi miqdorida har chorakda ajratiladigan mablag‘lar;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari prognozining orttirib bajarilgan qismining kamida 15 foizi miqdoridagi mablag‘lar har chorakda, birinchi navbatda, tegishli hududning qo‘shimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalariga o‘tkazib borish yuzasidan takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga kiritib borsin.
5. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan ajratmalar;
tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari prognozining orttirib bajarilgan qismining kamida 15 foizi miqdorida har chorakda ajratiladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandida belgilangan tushumlarning mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq miqdordagi mablag‘lar;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobidan hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larini o‘z vaqtida va to‘liq shakllantirishga shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə