Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə7/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
312 07.06.2022

“Yoshlar daftari”ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik va boshqa turdagi qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilib borish tizimi;
“Yoshlar daftari” elektron platformasi (elektron platforma) — yoshlarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni jamlash, tahlil qilish, qayta ishlash tizimini yaratish hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan raqamli ma’lumotlar almashuvini tashkil etish, yoshlarning murojaatlari bilan tizimli ishlash yuzasidan chora-tadbirlar samaradorligi monitoringini olib borish imkonini beruvchi maxsus elektron platforma;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi — “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)larda tashkil etilgan jamg‘arma;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari;
ishsiz yoshlar — haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli yoshlar (bundan ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotganlar mustasno);
nodavlat kasb-hunarga o‘qitish tashkilotlariyoshlarni kasb-hunar, tadbirkorlik, ta’lim, fan, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitish vakolatiga ega bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat ta’lim tashkilotlari;
sektorlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining kollegial ishchi tuzilmasi;

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə