O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix27.04.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#107206
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
bux. bmi.

1
 
Населенные пункты Бухарского эмирата. Конец XIX- нач. XX вв. //Материалы к исторической географии 
Средней Азии. – Ташкент: Университет. 1999. – С. 11. 


10 
me’morlarning yuksak xizmatlari bo’ldi. Bu ansambllar goxo o’n yillar mobaynida 
qurilar edi,biroq yangi inshoot qurilishida ustalar bazan binoning simmetrik 
qurilishiga tayangan holda, xuddi yaxshi o’ylangan kinokadrdek, tomoshabinga 
tasirchanlikning o’zgarib turishini xisobga olgan holda, ularni allaqachondan 
buyon mavjud qurilishlar bilan uzviy ravishda bog’laganlar. 
Buxoro amirligida XIX asr o'rtalarida memorchilikda turar joylar 
arxitekturasida mahalliy uslublar shakllangan. XIX asrda monumental binolarning, 
ayniqsa ichki qismlarini koshin, tosh, ganch, yog'och o'ymakorligi bilan bezatilgan. 
Naqqoshlikda ayniqsa islimiy naqshi rivoj topgan. O'ymakorlikda turli uslublar 
shakllangan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiyadan arzon mahsulotlarni 
keltirilishi, mahalliy sanoat va badiiy hunarmandchilik rivojiga salbiy ta'sir 
ko'rsatgan. O'zbekiston hududini Rossiyaga qo'shib olinishi 1860 – 1880-yillar 
mahalliy memorchilikda rus uslublari ta'sirini kuchaytirgan
1
.
Bizning kunlargacha yetib kelgan XIX asr boshlaridagi qurilishlar orasida 
turar joy uylari aloxida qimmatga ega. Taassufki, yillar o’tgan sari ular kamayib 
bormoqda, chunki uylar uzoq vaqtga chidamaydigan materialardan tiklangan
2

XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Buxoro va Xiva me’morchiligida binolar 
konstruksiyalari yanada takomillashtirilgan. Jome’ masjidlari saroy tipida 
serhasham qilib barpo etilgan, guzar-mahalla masjidlari qishlik va yozlik katta 
ayvonli qilib qurilgan. Bu davrda Buxoroda bunyod etilgan obidalardan biri Sitorai 
Mohi Xosa (forcha-yulduz oy makoni) – Buxorodan 4 km shimolda joylashgan 
mang’it sulolasi vakillari tomonidan bunyod etilgan saroy-bog’ Sitorai Mohi Xosa 
saroyi ikki qismdan, ya’ni eski va yangi saroy hamda g’isht to’shalgan 3 hovlidan 
iborat. Eski saroy Buxoro turar joylari ruhida barpo ctilgan bir-ikki qavatli 
uylardan iborat. An’anaviy uch qismi kompleks bo’lib, undagi dastlabki binolar 
Nasrulloxon (1826 – 1860) va Muzaffarxon (1860 – 1885) hukmronligi davrida 
qurilgan. Abulahadxon (1885 – 1910) tomonidan esa 1892-yilda qurilisb 
1
 
Vaxitov M., Mirzayev Sh. Memorchilik tarixi. – T., 2010. – B. 103. 
2
Галина Анатолеъевна. Очиқ осмон остидаги музей. – T., 1981. – Б.19. 


11 
yakunlanib, saroy va bog’ barpo etiladi. Eski saroy bir qancha vaqt Rossiyada rus 
me’morlari ishi bilan tanishgan usta Hoji Hofiz boshliq Buxoro mc’morlari 
tomonidan qurilgan bo’lib, slut tufayli Eski saroy tarixida Yevropa 
me’morchiligining elementlarini ham kuzatish mumkin. Eski saroyning sharqida 
Amir Sayyid Olimxon hukmronligi (1910 – 1920) davrida Yangi saroy barpo 
ctilgan. Bir qavatli bo’lgan ushbu saroy “T” shaklida qurilgan. Yangi saroy bir 
qator binolar-oqsaroy, oynavand ayvon, kutish xonasi, amirning qabulxonasi, 
haram, masjid, xazina, hayvonotxona va boshqa xo’jalik xonalaridan iborat. 
Yangi saroy Yevropa va mahalliy an’anaviy me’morchiligining 
aralashmasidan iborat bo’lib, ko’pgina xonalar rus muhandislari Sakovich va 
Margulislar rahbarligida bunyod etilgan. Faqatgina 1912 – 1914-yillarda qurilgan 
qabulxona va oqsaroy binolari Buxoro ustalari tomonidan bunyod etilgan. Amir 
qabulxonasi dahlizi devorlari to’liq ganchli naqshlar bilan bezatilgan. Xonaning 
namoyonlaridagi guldon va gullar shakli usta Xasanjon tomonidan ishlangan. 
Qabulxonadan oqsaroy xonasiga o’tilib, ushbu xona ikki yil davomida mashhur 
mc’mor usta Shirin Murodov rahbarligida (25-30 kishi) qurilib pardozlangan. 
Oqsaroyning ko’zgularidan iborat devoriga sharqning jimjimdor nafis naqshlari 
jozibador gullari oppoq kulrang bilan ishlangan
1

Chor-Bakr ansambli va unda joylashgan inshootlar Chor Bakr majmuasi 
Buxoroning Romiton mavzeyida joylashgan bo’lib, XVI – XIX asrlarda 
shakllangan. Majmuaning barpo etilishi IX – X asrlarda yashab o’tgan mashhur 
to’rt shayx (chor bakr) nomi bilan bog’liq bo’lib, ularga hunnat yuzasidan 1559-
yilda Buxoro xoni Abdullaxon II shayxlar qabristoni oldiga xonaqoh (8:1), masjid 
(8:2), madrasa (8:3) va katta bog’dan iborat me’moriy majmua bunyod ettiradi. 
Keyinchalik, majmua ro’parasida Haramsaroy tiklanadi. Yodgorlikning umumiy 
maydoni 40 gektar bo’lib, shundan 12 gektarini qabriston tashkil etadi. 
Haramsaroy maxsus oromgoh bo’lib. unda faqat xonning xos odamlari, ahli ayoli 
yashagan. Har hafta juma kuni Chor Bakr ziyoratgohiga kelgan xon ziyoratdan 
1
 
Yunusov M., Saidov M. O'zbekiston Arxitektura yodgorliklari tarixi. – T., 2011. – B.133. 


12 
so’ng xos Haramsaroyda dam olib, yana davlat ishlarini bajarishga kirishgan. 
Lekin keyinchalik, Haramsaroy binosi joyi va chorbog’lari yerli aholi tomonidan 
o’zlashtirilib, o’rniga uy- joy qurilib ketgani uchun bizga faqat uning qoldiqlari 
yetib kelgan. 
Xonaqoh gumbazli xona va peshtoqdan iborat. Peshtoq bezagida koshinkori 
naqshlar va oq ranglar bilan ko’k hoshiyada suls xatidagi yirik yozuvlar, ikki yon 
tomonida guldastalar bor. Xonaqoh peshtoqining balandligi 20 metr, poydevori yer 
ostida bo’lib, 12 metrni tashkil etadi. Eni esa 2 metr. Gumbaz balandligi 22 metr, 
aylanasi 17 metr bo’lib, aylana yuzasida Kalimai Toyyiba koshinkoriy bilan 
yozilgan, pastda esa rayxoniy rangda islomiy naqshlar berilgan. Peshtoq yuzasidagi 
yozuvlaming birida imoratning 1559 – 1563-yillarda bunyod etilganligi etilganligi 
qayd etilgan. Madrasa uch qavatli peshtoq hamda ko’plab hujralardan (8 ta ) iborat 
bo’lgan. Madrasaning old qismini esa namozgoh tashkil etgan. Chor Bakr 
madrasasi Buxoro madrasalarining oliy toifasiga kiritilgan. Madrasa peshtoqi uch 
qavatli bo’lib uchinchi qavatida ham hujralar bor. Peshtoqning balandligi 20 metr. 
Hofiz Tanish Buxoriyning malumot berishicha peshtoq katibasida qurondan 
oyatlar bitilgan. Lekin u bizgacha yetib kelgan emas. Madrasa peshtoqi 1950 – 
1971-yillarda tamirlangan. 1999-yilda esa Chor Bakr majmuasi, tamirlash 
jarayonida peshtoqni ham tiklash vazifasi qo’yiladi. Zero, 1999-yilgi tamirgacha 
peshtoqdan hech narsa qolmagan edi. Peshtoq saqlanib qolgan povdevoriga qarab 
ustalar tomomdan qayta tiklangan
1

Baland masjid –
 
Buxoroning janubiy qismida joylashgan. Bu masjid XVI asr 
boshida Buxoroning boy guzarida qurilgan. Masjid xarsang toshlar ustiga 
qurilganligi uchun shunday nomni olgan. Bu bino guzar masjidining namunasi 
xisoblanadi. Masjid ikki qismdan iborat yozgi va qishki qism. U murabba tarixli, 
pishiq gishtdan qurilgan.Masjid naqshin shiftli ayvon bilan o'ralgan. Ayvonning 
o'zi esa yozgi masjid xisoblanadi. Masjidning qishki qismini o'rab turadigan ayvon 
qismlari yog'ochdan qilingan va XIX asrga taalluqli bo'lib, beton poydevor orqali 
1
 
Yunusov M., Saidov M. O'zbekiston arxitektura yodgorliklari tarixi. – T., 2011. – B. 136. 


13 
maxkamlangan. Ichkari tomonidagi devor va mexrob sinkor sopolchalar bilan 
bezatilgan va tilla suvi yuritilgan, devorlarga muqarnaslar ishlangan, nozik islimiy 
naqshlar tushirilgan. Masjid xonaqoxi izorasiga olti burchakli tilla suvi yuritilgan 
ko'k sopol koshinlar terib chiqilgan. Memorlar baland masjid bezaklaridan 
namunalar ko'chirganlar. Xozirgi paytda masjidning yoshi 500 yildan oshgan. U 
YUNESKO butun jaxon merosi ro'yxatiga kiritilgan
1

XIX asrda Buxoro me’morchiligi va binokorligi gullab yashnagan. 
Shaharning bosh rejasi o’zgargan. Shahar qayta qurilgan.Ana shu rivojlangan 
davrning noyob arxitektura yodgorliklaridan biri Masjidi Kalondir. 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Mir Arab madrasasi yonida, Poyi Kalon 
ansambli tarkibida Amir Olimxon madrasasi ham bunyod etilgan. Uning peshtoqli 
darvozasidan ichkariga kiriladi. Madrasa ikki qavatli, to’rtburchak shaklidagi 
hujralar bilan o’ralgan. Katta xonasi gumbazli tom bilan yopilgan
2

Yuqorida 
qayd 
etilganidek, 
ansamblning 
shimoli-sharq 
tomonida 
Ko’kaldosh madrasasi barpo etilgan. Uni Buxoro amirining vaziri Qulbobo 
Ko’kaldosh qurdirgan. Bu madrasa Labi hovuz ansamblidagi eng katta imorat va 
Buxorodagi eng katta madrasa hisoblanadi. 
Ko’kaldosh madrasasi ochiq maydonda, to’g’ri to’rtburchak shaklida barpo 
etilgan. Arxitektorlar madrasaning uzoqdan ko’zga tashlanishini nazarda tutib, ikki 
qavat balandligida qator ravoqlar qurdirganlar. Umumlashtirib aytiladigan bo’lsa, 
Ko’kaldosh madrasasi o’zbek klassik me’morchiligidagi qadimiy an’analarni 
o’zida yaxshi aks ettirgan tarixiy inshoot hisoblanadi. 
Katta hovuz va xonaqoh qurilgandan keyin Labi hovuz kompleksi shakllana 
boshlagan. Hovuzning burchaklari qirqilgan, u yirik tosh bloklardan barpo etilgan. 
1
 
Атақулова К. Ўзбекистон шахарлар ва афсоналар. – Т., 2014. – Б. 98. 
2
Vaxitov M., Mirzayev Sh Me’morchilik..... – B. 189.



14 
Hovuz pastga qarab chuqurlashib va torayib boruvchi pog’onali (zinali) inshoot 
hisoblanadi. Hovuz qurilgandan keyin Nodir devonbegi madrasasi qurilgan

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə